Duo qiling...  ( 306485 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 57 B


Muslimа  26 Fevral 2007, 09:13:13

Barcha duolarni qamragan duo.

   Qastaloniyning Imom Buxoriy "œSahih"lariga yozgan sharhlarida bir hadis keltirilgan:
   Abu Umoma (r. a.) Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: "œEy Rasululloh, siz ko’p duo qilsaiz, ammo ularning hammasi bizning hofizamizda qolmaydi", dedilar. shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam: "œSizlarga bugun duolarni jamlaganbir duoni o’rgataman, uni o’qib yuringlar", deb ushbu duoni o’rgatdilar: "œAllohim, men Sendan nabiying Muhammad sallallohu alayhi va sallam so’ragan narsalarning yaxshisini so’rayman va Sendan nabiying Muhammad sallallohu alayhi va sallam panoh so’ragan narsalarning yomonligidan panoh tilayman. Madad beruvchi va tilakka etkazuvchi Sensan. Mutlaq kuch va quvvat qudratli va buyuk Allohdan o’zga iloh yo’qdir" (Allohuma inniy as’aluka min xoyri ma sa’alaka minhu nabiyyuka Muhammad sallallohu alayhi va sallam va na’uzu bika min sharri masta’azaka minhu nabiyyuka Muhammadun sallallohu ‘alayhi va sallama va anta musta’anu va ‘alaykal balag’u va la havla va la quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘aziym).
      "œMusulmonlar taqvim kitobi" 2002 yil III — chorak

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 11:03:50

Alloh taologa duo qilasiz-u, lekin ijobat bo‘lmaydi, buning sababi shuki, sizlarning qalbingiz o‘nta narsa bilan o‘lgan:
- Allohni taniysizlar-u haqqini ado etmaysizlar.
- Alloh kitobini o‘qiysizlar-u unga amal qilmaysizlar.
- Shaytonni dushman, deb da’vo qilasizlar-u, lekin uni do‘st tutasizlar.
- Rasulullohni yaxshi ko‘ramiz, deb da’vo qilasizlar-u, ammo ul zotning yo‘llaridan yurmaysizlar va sunnatlarini bajarmaysizlar.
- Jannatni yaxshi ko‘rasizlar-u, biroq unga olib borguvchi amallarni qilmaysizlar.
- Jahannamdan qo‘rqasizlar-u gunohlardan tiyilmaysizlar.
- O’lim haq, deb da’voda bo‘lasizlar-u, ammo unga tayyorgarlik ko‘rmaysizlar.
- Birovlarning ayblarini ko‘rasizlar-u o‘z ayblaringizni ko‘rmaysizlar.
- Alloh bergan rizqni yeysizlar-u, lekin shukronasini qilmaysiz.
- O’liklaringizni dafn etasiz-u, ammo bundan ibrat olmaysiz. O’lik yer samar bermaganidek, o‘lik qalbdan chiqqan duo ham ijobat topolmaydi.

Ibrohim Adham

Qayd etilgan


Laylo  15 Mart 2007, 13:06:18

Assalamu alaykum!
Bir muslima birpdarimizning onalari kasalxonaga tushibdilar!
Alloh yo'lida ular uchun duo qilaylik.
Tezroq shifo topib, yaqinlari bag'riga qaytsinlar!
Allohim, O'zing ularga shifo bergin!
Sendan o'zga yalinguvchimiz yo'q.
Allohim, ularni O'zing asra!

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Mart 2007, 20:45:38

Assalamu alaykum!
Mehribon Allohdan birodarimizning onalariga shifoi komil so'rab qolamiz.
Parvardigoro, ularga O'zing dardni berding, davosini ham bergin!
Ularning dardlarini yengil qilgin!
Umrlarini uzoq qilgin!

Rahmatingdan umidvormiz, ey duolarni qabul qilguvchi zot!

Qayd etilgan


ikbaljohn  15 Mart 2007, 21:08:57

Assalomu alaykum!
Alloh o'zi shifo bersin.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Mart 2007, 08:57:17

Assalamu alaykum.
Alloh taolo barcha bemor musulmonlarga shifoyi komil ato qilsin.
Ular qatorida bu birodarimizning onajonlariga ham.
Albatta Alloh taolo O'zi har narsaga Qodir.
Dardni ham, uning shifosini ham beruvchi eng Ulug' Tabib Uning O'zidir.
Inshaalloh, bu darddan qutulib, uzoq umr ko'rib, farzandlarini rohatini ko'radilar...

Qayd etilgan


Muslimа  23 Mart 2007, 20:54:41

ASSALOMU ALAYKUM AZIZLAR!
FORUMIMIZNING A'ZOSI BIR MUSLIMA SINGLIMIZ BETOB EKANLAR!
ULARNI HAQQILARIGA DUO QILAYLIK!
ALLOH TEZ ORADA ULARGA SHIFO BERSIN!
YANA SAFIMIZGA QAYTSINLAR!
ALLOHIM O'ZING RAHIMLI VA BUYUK ZOTSAN, SANDAN O'ZGA YALINGUVCHIMIZ YO'Q!
YOLG'IZ O'ZINGDAN MADAD SO'RAYMIZ! SINGLIMIZNI O'Z PANOHINGDA ASRAGIN!
DARDLARIGA O'ZING SHIFO BERGIN! DUOLARIMIZNI QABUL QILGIN! OMIN!

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Mart 2007, 08:33:51

Assalamu alaykum!
Muslima birodarimizga Allohdan shifoi komil tilab qolamiz.
Allohim, O'zing duolarimizni eshitfuvchi zotsan. Ularga shifo bergin!

Qayd etilgan


Muslimа  13 Aprel 2007, 08:16:43

ASSALOMU ALAYKUM!
AZIZ FORUMDOSHLAR!
BUGUNGI DUOLAR QABUL QILINADIGAN KUNDA BIR MUSLIMA SINGLIMIZNI HAQQILARIGA DUO QILAYLIK! YAQIN KUNLARDA ULAR UCHUN SINOVLI KUN!
ALLOH TAOLO RAHMLI VA MEHRIBON ZOT! BANDALARINI DUOGA OCHILGAN QO'LLARINI HECH QACHON QURUQ QAYTARMAYDI!
MUSULMONNI BIRODARIGA QILGAN DUOSI IJOBAT BO'LADI!
SHUNDAY EKAN SINGILJONIMIZNI HAQQILARIGA DUO QILAYLIK! ALLOH ULARGA TEZ ORADA SHIFO BERSIN! YANA SAFIMIZGA QAYTSINLAR!
YO RABBIM SANDAN O'ZGA YALINGUVCHIMIZ YO'Q! DUOLARIMIZNI QABUL AYLA VA ULARNI IJOBATINI BER! OMIN!
DUO QILING BIRODARLAR!

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Aprel 2007, 16:11:05

Assalomu alaykum.
Man sizlarni har bir yozgan postlaringizni diqqat bilan uqib chiqyapman.
Man juda hursandman shu forumga kirganimdan, sizlardan kup narsalarni urganyapman.

Sizlardan iltimos mani bir singillarizdek kurib duo qilinglar.

Sizlardek ilmli bulishni juda-juda hohlayman,bu uchun sizlarni duolaringiz kerak.
Hammalarizdan Olloh rozi bulsin!
 

Va alaykum assalam.
Nozli, singiljonim, avvalo safimizga hush kelibsiz.
Alloh taolo sizdan ham rozi bo'lsin.
Biz sizni albatta duo qilamiz.
Siz ham bizni duolaringizda yod qilib turing.
Ilmingizni Alloh taolo ziyoda etsin.
Va bu ilmga amal qilmoqlik baxtini nasib etsin.
Sizga ikki dunyo baxtini tilayman.

Qayd etilgan