Duo qiling...  ( 306663 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 57 B


Muhyiddin  20 Noyabr 2009, 18:56:37

Alloh taolo gunohlarimizni mag'firat etsin, oralarimizni yaxshi tomonga isloh qilsin, zarracha bo'lsa ham kibrdan xalos etsin, badgumonlikdan yiroqlashtirib, o'zaro samimiyatimizni ziyoda aylasin! Omin...

Qayd etilgan


Ansora  21 Noyabr 2009, 14:08:14

Bizni oyoqda tutgan narsalardan biri bir-birimizga qilgan duolarimizdir.

Chiroyli Duolarda bir-birimizni eslash niyati ila....

Bir inson duosida "shu insonga shuni ato qilgin", deb do'sti-birodari uchun duo qilar ekan, farishtalar ham "senga ham bo'lsin, senga ham bo'lsin" deb turishar ekan.....

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  23 Noyabr 2009, 17:29:36

 :as:А­ртага нуфузли бир танловда "œимтиҳон"дан стаман. Дуо қилиб туринглар, услиб қолмайдиган даражада топшириб чиқай!

Qayd etilgan


Ziyovuddin  23 Noyabr 2009, 18:00:01

Alloh mushkulingizni oson qilsin.

Qayd etilgan


Ansora  23 Noyabr 2009, 18:49:28

:as:А­ртага нуфузли бир танловда "œимтиҳон"дан стаман. Дуо қилиб туринглар, услиб қолмайдиган даражада топшириб чиқай!


Alloh qulog'ingizga "pichirlagan" farishtalari bilan yordam etsin inshalloh....

Qayd etilgan


Ansora  24 Noyabr 2009, 13:16:24

Eyyy qullariga shukr etishni amr etgan Allohim!

Ota-onalarimizga yaxshilik qilishni buyurgan Rabbim!

Meni 9 oy qornida toshigan onamni, hayotga kelishimga sababi vasila bo'lgan otamni mag'firat ayla!

Meni ularga yaxsiliklar qilib, haqlarini ado etishim uchun tabassum to'la yuz, shirin til bilan qalblarini eritishni nasib ayla Yo Rabbim!

Ona quchog'idan, ota o'chog'idan, hayirli duo va niyozlardan mahrum etma Yo Rabbim!

Ota-onamga qarshi kelishdan, hurmat va izzatda qusur ko'rsatishdan Sen'gagina sig'inaman Yo Rabbim!

Huzuringda mendan shikoyatlariga sabab bo'lib qolishdan, shu yorug' olamda ko'ngillarni og'ritishdan faqat Sen'gagina sig'inaman Yo Rabbim!

Jannatim- ota-onamning oyoqlarining ostida, baxt-saodatim esa- rizoliklaridadir,men ularning rizosini qozonmoq istayman Yo Rabbim!

Menga bu yo'lda yor va yordamchi bo'lishingni tilayman, Sen qabul ayla Yo Rabbim!

Ularni har ikki jahonda aziz ayla, hayir duolarini esa bizlardan yiroq etma Yo Rabbim!
 


(Ota-onamni juda sog'indim, ular uchun qilgan barcha duolarimizni Alloh qabul aylasin insholloh)


Qayd etilgan


Munira xonim  24 Noyabr 2009, 22:23:48

"Birodaring haqqiga begunoh til bilan duo qil, rad bo'lmaydi. Ya'ni sening tiling uning haqqiga gunoh qilmagan, uning tili sening haqqinga gunoh qilmagan bo'lsin. Birodarning birodarga duosi shu tarzda bo'lishi kerak".

Xoja Ali Romitaniy.

Qayd etilgan


Ansora  25 Noyabr 2009, 13:32:08

Rabbim, yaqinlashayotgan Qurbon Bayramimizni qalb huzuri bilan to'la holda, yaqinimizdagi Mo'min-Musulmon qardoshlarimiz bilan xush kayfiyat ichida qutlashni nasib et!

Yordamga ehtiyoji bo'lgan birodarlarimizga moddiy-ma'naviy yordam berib, senga yana ham yaqinlashishni bizlarga ham nasib et Yo Rabbim!

Bu Qurbonni faqat sening rizong uchun so'yib, mukofotini yana faqat sendangina kutishni nasib ayla Yo Rabbim....

Umlarida Qurbon kesmaganlarga haloli bilan so'yishni, so'yayotganlarga esa davomini nasib ayla Yo Rabbim!

Qayd etilgan


Muhyiddin  05 Dekabr 2009, 20:06:53


Iymon uchun qayg’urayotganlarga Alloh nusrat bersin!
Vatan uchun qayg’urayotganlarga Alloh zafar bersin!
Qiyin ahvolda qolganlarga Alloh chiqarga yo’l bersin!
Zolimlarga Alloh insof bersin!
Ko’ngil uchun, muhabbat uchun qayg’urayotganlarga Alloh rahm qilsin
va istaganlarini bersin...
Omin...

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  06 Dekabr 2009, 00:11:10

Juma kuni edi... Imom namozdan avval maveza qilayotgan edi. Imomga birlari xat olib keldi. Undagi murojaatni imom jamoatga eshittirdi. Xatda Allohning yölida toatda yurgan farzand otasi uchun duo qilinishini jamoatdan sörabdi... Ya'ni "BIRODARLAR DUO QILING, OTAMIZNI ALLOH NAMOZGA EGIB QÖYSIN"... Jamoatdagilar yig'ladi...va duo qildilar...    Birodarlar duo qilaylik keksaygan otalarning ma'siyatdagi achinarlik holatlari uchun kuyinib farzandlar emas, yoshligan Xaqqa tobe jigargösha bölishini suyunib otalar Allohdan iltijo ila sörasinlar. Mehribon Robbimiz uziga iymon keltirgan har jonni hidoyatidan mahrum qilib qöymasin. Amiyn!

Qayd etilgan