Umumiy bo'lim > Islom

Duo qiling...

<< < (2/113) > >>

Laylo:
Abdurahmonqizi:

Assalamu alaykum va rahmatullohu va barakatuh!
Allohdan so'riymanki, U zot o'ziga hojati tushgan bandalarining qo'lini quruq qaytarmasin. UNING O'ZI HOJATBAROR VA MEHRIBONDIR!
Rabbim, o'zing atrofimizga singib ketgan jaholatdan, bosh-bodoqchilikdan, ilmda dunyo ne'matini talab qiluvchi olimlardan, amalsiz ilmdan o'zim chun, bandalaring uchun panoh so'riyman.
Bizlarni to'g'ri yo'lingda sobitqadam qilgin, Allohim, mehribomin!
Ameeen!

Laylo:
Assalom:

Assalamu alaykum!
Allohim, avvalo musulmon qilib yaratganing, iymon ne'matini ato etganing uchun shukronalar aytaman.
Allohim, to qiyomat qadara mana shu iymoninmizni mustahkam ayla. Islomga quvvat ber. Islomni aziz qil!
Allohim, gunohlarimizni kechir, biz ko'p xato qilguvchimiz!
Allohim, birodarlarimizning ham qalblaridagi ezgu niyatlarini o'zing bilasan. Shularga ham najot ber!
Allohim, menga o'zingni muhabbatingni ber! Ishq sol qalbimga!
Allohim, to'g'ri yo'lingdan adashtirma!
Allohim, payg'ambaring yo'lidan adashtirma!
O'zing duolarni eshitguvchi, Qodir Zotsan!
Alloh Ulug'dir!

Laylo:
Mubashshir:

Yo, Parvardigoro!!! Sen aziz va qudratlisan biz esa xor va haqirdirmiz bizlarni O'zingni huzuringdagi izzat ila aziz ayla. Sening quvvating cheksiz biz esa zaifmiz bizga rahm qil.Sen butun olam ishlarini tasarruf qilasan bizlani ishlarimizni ham O'zing rozi bo'ladigan tomonga bulgil. Ya Robbil A'lamiyn!!! Sening ilming jamiki narsani qamrab olgan G'ayblar Senga oshkora, sirlar ayondir.Bizlarni ham oshkor va yashrin ma'siyat - gunohlarimzni bilasan, Sen mag'firat qilishni yahshi ko'rasan bizlarni ham mag'firat qil.Sen adashganni hidoyat qilasan bizlarni ham Haq yo'lga boshla.Sen ochni to'ydirasan, qayg'uga botganni shod qilasan, Yalang'ochni kiydirasan, kasalga shifo berasan, ayblarni berkitasan, zolimlardan o'ch olaan, mazlumlarga yordam berasan bizlarni ham O'zingdan boshqaga muhtoj qilib qo'ymagin.Sen hohlagan ishingni qilishga qodirsan, biz ojiz bandalaring esa o'z nafsimizni ham jilovlashga qodir emasmiz.Biz o'z jonimizga ko'p zulm qildik,gunohga botdik bizlarni mag'firat daryosiga oqqizgin va bizlarni avf qil.Aslida biz sendan biror narsa so'rashga loyiq emasmiz, bizni gunohlarimiz qum zarralaridan ham ko'p,lekin Sening Rahmat va Mag'firatingdan umidvormiz Ya Robbil A'lamiyn.Sen barcha ovozlarni eshitishga qodirsan,mahluqlaringni ovozlarii turlicha bo'lishi Seni adashtirib yubormaydi, Sen birortasini eshitmay qolish nuqsonidan poksan,bizning iltijolarimizni-da eshitib turibsan O'zing qabul qil,ijobat et,Amiyn, Amiyn,Amiyn, Ya Robbil A'lamiyn.

Tilla:
Ja'far Sodiq deydi: "Olloh taolo 3 ta narsani  3 ta narsa ichiga yashirdi:
  -roziligini toatning ichiga yshirdi.Shunday ekan,ibodatlardan birortasini arzimas deb qaramaslik lozim.Balki ,Olohning roziligi siz arzimas deb qarayotgan osha ibodatdadur:
  -g'azabni gunohlar ichiga yshirdi.Shuning uchun,qandayligidan qat'iy nazar,gunohni kichik deb  bilmaslik kerak.Balki, Ollohning g'azabi aynan o'sha siz kichik sanayotgan gunohda yashirindir;
  -do'stligini (valoyatini) bandalar ichra yashirdi.Ollohning bandasini haqir ko'rma.Balki,sen taxqirlayotgan banda Ollohning do'sti - valiyulloxdir".
---------------------------------------------------------------------

 "Olloh ta'olo ijobatni duoga yashirdi.Bas, duoni tark etmanglar!Balki, ijobat siz tark etgan duodadur"..

Abdullox:
Ey Qodir O L L O H , barcha ezgu duolarimizni qabul ayla,ularni mustajob qilgin !!! Omin !!!

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version