Assalamu alaykum.
Men butun Muslim va Muslimalarga murojaat qilmoqchiman.
Bu forum ishtirokchilariga ham, ishtirok etmaydiganlarga ham murojaat qilmoqchiman.
Bu forumning har bir a'zosiga bu omonat bo'lsin, kirmaydigan har bir muslim va muslimaga yetkashingizni o'tinib iltimos qilaman....
Dinimiz haqqiga, muslim va muslimalar haqqiga tinmay duoda bo'lishingizni iltimos qilaman.
Tunlari namozlaringizda, yig'lab-yig'lab duo qilishingizni, dinimizni muslim va muslimalarimizni g'ariblikdan qutulishini Allohdan so'rashingizni iltimos qilaman.
Bugunki maktablarda qizlarimizga ichki ishlar xodimlari tomonidan qilingan muomalani ko'rib larzaga keldim, qizlarni ko'zidan oqqan yoshlarga tosh ham erib ketardi, lekin bu insonlar....
Iltimos sizlardan duoda bo'linglar...
O'zingiz uchun, ishingizni o'nglanishi uchun, dasturxoningizni barakasi uchun qanday duoda bo'lsangiz, din uchun, birodarlaringiz haqqi uchun ham shunday duoda bo'linglar.Iltimos.
Allohim Dinimizni g'ariblikdan, muslima va muslimalarimizni g'ariblikdan qutqar.
O'zing har narsaga Qodirsan, Ulug' Diningni dushmanlariga O'zing kifoya qil. Albatta, Sen buyuk Qudrat egasisan!!! Amiyn!!!