Duo qiling...  ( 306437 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 57 B


AbdulAziz  23 Fevral 2009, 14:56:27

Va alaykum assalom!

Qodir Allohim, Egam, Xo'jam, Qiyomat kuning mutlaq Xojasi, Mehribon, Rahim bo'lgan zot!
Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina o'tinib so'raymiz.

Allohim, barcha mo'min-muslimalaringga o'zing madad bergin!
Muslimalarning qalbidagi Sengagina bo'lgan oliy muhabbatni orttirib, sabrlarini bardavom aylagin! O'zing madad bermasang, boshqa madadkorimiz yo'q, Allohim.
O'zing ishimizni o'nglamasang, boshqa o'nglaguvchimiz yo'q, Egam.
O'zing bizlarga Rahmatingni yubor! G'arib bbo'lgan ummatga O'zing xotirjamlik ato et!

 :bs1:

رَبَّنَا لا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ إِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً إِنَّكَ أَنْتَ الْوَهَّابُ

Parvardigoro, bizni hidoyat qilganingdan keyin endi dillarimizni haq yo‘ldan og‘dirma va bizga O’z huzuringdan rahmat ato et! Albatta Sengina barcha yaxshiliklarni ato etguvchisan! (Oli-Imron surasi, 8-oyat)

وَمَا تَنْقِمُ مِنَّا إِلا أَنْ آمَنَّا بِآيَاتِ رَبِّنَا لَمَّا جَاءَتْنَا رَبَّنَا أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًا وَتَوَفَّنَا مُسْلِمِينَ

Parvardigoro, ustimizdan sabru toqatni yog‘dirgaysan va bizlarni faqat musulmon bo‘lgan holimizda o‘ldirgaysan! (A’rof surasi, 126-oyat)

الَّذِينَ يَحْمِلُونَ الْعَرْشَ وَمَنْ حَوْلَهُ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَيُؤْمِنُونَ بِهِ وَيَسْتَغْفِرُونَ لِلَّذِينَ آمَنُوا رَبَّنَا وَسِعْتَ كُلَّ شَيْءٍ رَحْمَةً وَعِلْمًا فَاغْفِرْ لِلَّذِينَ تَابُوا وَاتَّبَعُوا سَبِيلَكَ وَقِهِمْ عَذَابَ الْجَحِيمِ


Parvardigoro, O’zing rahmat-mehribonlik va ilm jihatidan barcha narsadan kengdirsan. Bas tavba-tazarru’ qilgan va Sening yo‘lingga ergashgan kishilarni O’zing mag‘firat qilgin va ularni do‘zax azobidan saqlagin. (G’ofir surasi, 7-oyat)

Qayd etilgan


Muhseena  23 Fevral 2009, 15:18:28

"Mo'minun" surasi 118-oyat:
 (Ey Muhammad alayhissalom),ayting:"Parvardigorim,O'zing gunohlarimizni mag'firat qilgin va holimizga rahm ayla.Sen O'zing rahm qilguvchilarning Yaxshirog'idirsan".
Rabbim gunohlarimizni mag'firat qil!

Qayd etilgan


Mr.Twister  23 Fevral 2009, 18:27:04

Assalamu alaykum

Allohim, Rabbim, Egam. Sendan Har bir mo`min - mo`minadan rozi bo`lishingni tilayman. Zero sen eng mehribon zotsan.
Parvardigoro, Alloh deb ikki qo`lini duoga ochguvchi bandalaringni xor qilma, duolarini qabul qilgin. Amin. Alloh sen eng mehribon va Rahim zotsen

Qayd etilgan


Munavvara  31 Mart 2009, 15:26:53

Аллохим!!!
А­й , еру осмонни нурлантирувчи! А­й рахмати ва илми хамма нарсадан кенг булган зот! Юзумизни хаё билан калбимизни хикмат билан , онгимизни маърифат билан тулдиргингин. Катта-кичик , махфий-ошкор , билиб-билмай содир килган барча гунохларимизни магфират кил. Охириги нафасимизда иймон кетишимизни насиб айла!
Кабрдаги сурок-саволларини бизлар учун осон кил.
Аллохим!!!
Сен бутун кусурлардан , нуксон камчиликлардан поксан , муназзахсан. Сендан бошка илох йук бизга мадад бергани. Бизни жаханнам аобидан куткар У кундаги омонсиз оловдан омонлик бер . Зеро , олов хам Сенинг амринг билангина куйдирур.
Узингдан узга илох йуклигига гувохлик берамиз Мухаммад (с.а.в) Сенинг банданг ва А асулингдир.
Аллохим!!!
А­й , еру осмонни нурлантирувчи! А­й рахмати ва илми хамма нарсадан кенг булган зот! Юзумизни хаё билан калбимизни хикмат билан , онгимизни маърифат билан тулдиргингин. Катта-кичик , махфий-ошкор , билиб-билмай содир килган барча гунохларимизни магфират кил. Охириги нафасимизда иймон кетишимизни насиб айла!
Кабрдаги сурок-саволларини бизлар учун осон кил.
Аллохим!!!
Сен бутун кусурлардан , нуксон камчиликлардан поксан , муназзахсан. Сендан бошка илох йук бизга мадад бергани. Бизни жаханнам аобидан куткар У кундаги омонсиз оловдан омонлик бер . Зеро , олов хам Сенинг амринг билангина куйдирур.
Узингдан узга илох йуклигига гувохлик берамиз Мухаммад (с.а.в) Сенинг банданг ва А асулингдир.Бисмиллахир А охманир А охийм!!!Аихостда шафкатли ва мехрибон Аллохнинг номи билан бошлайман!!!Алгизим Кодир Аллохим!Ас-Саламу алайкум ва рахматуллохи ва барокатуху ва магфиратуху!Аллох бизнинг хаёлимизга келган ва тасавуримизга сигмайдиган нарсалардан покдир.Унинг поклиги шу даражадаки буни ашрафи махлукот онгига сигдиролмайди.А оббимизнинг кудрати шу даражада каттаки буни хеч бир тасаввур англолмайди.Факат А оббимнинг Узи ва юзигина бокийдир.Аллох жаннатни муъминларнинг мол ва жонлари свазига тухфа килган зотдир.Унинг мархамати шу даражада кенгки унинг поёни Узининг химматидадир.Аллох жалла-жалоллоху халийм ва мехрибон зотдир.Диндош Биродар Аллохдан факат чиройли такво ва сабр сурайман.аввал Узимга кейин Диндош биродарларимга.Аллох тавбаларни кабул Килгувчидир!Мехри кузидан,схшилиги юзидан Билиниб туради.Аллох улар кунглига Мухаббат билан нурланган калблари акс стган ойнадир.Сизла душманлар дустга мусибатлар саодатга айланади.Дунё инсон атаган нарсасини топадиган жой смас.Бир хайрли ишни бажармок истаб,унга имкони булмаса,шу нистиучун хам савоб оларкан.Сиз Аллохни унутмасангиз,Аллох хам сизни унутмайди!Утмишдаги ёмонликларни факат тавба килиш учун сслайлик!Кимки Аллох билан коим булса Хар бир иш Аллох кулидадир.Аллохнинг тоатида нажот бордур,Саодат йулида тикондан кутилишига илож йук.Барча хато килади Хато килганларнинг снг хайрлиси сса Хатоларидан кайтган ва Аллохга тавба стганлар!
Аллох Сизни Узининг нури жамолига назар солмокликга мусссар айласин! Аллох Ишки ила Диндошингиз!!!!!

Nargizahon Begjanova

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Mart 2009, 15:36:31

Va alaykum assalom!
Go'zal munojot.

Munavvara singlim. Ushbu ko'chirmaning muallifi va qayerdan olinganligini ham yozib qo'ying. Aks holda birovning yozganini o'z nomingizdan berib yuborgan kabi odobsizlik bo'ladi. Qolgan postlaringizda ham bu qoidaga qat'iy amal qiling.

Qayd etilgan


Muzayyana  06 Aprel 2009, 11:45:54

Allohim, O'zingga saltaningni buyukligi qadar hamd bo'lsin!
Sen O'zingni buyukliging tarifini keltirganing qadar men seni ulug'lashga ojizman!
O'zingning do'sting, ummatlariga zulmat ko'chalarida ziyo sochgan, Robbisiga Duo qilishni o'rgatgan Ulug' muallim(s.a.v.)ga salot va durudlar bo'lsin, U zotning ahli baytlaridan Alloh rozi bo'lsin!
Robbim o'zingdangina so'raymiz, o'zing har narsaga qodir zotsan, o'zingga xammasi oson, o'zing istamsanh bir ish bo'lmaydi, Robbim!
Allohim, o'zing mo'min-mo'minalarni hibzu-himoyangga ol!
Allohim, o'zingga toza qalb bilan yo'liqishlikni va tog'ri so'z tilini so'raymiz!
Zero, Shuaro surasining 88-89 oyatida aytiladi:"U ku8nda na bola va na mol dunyo foyda berar. Magar Alloh xuxuriga toza dil(qalb) bilan kelgalargagina foyda berar!"
Allohim, inshaAlloh Jannatul Firdavslaringda ham mana shunday diydorlashishni, suhbatlashishni nasibi ro'z ayla, Biz O'zingni rizoliging yo'lida dos'tlashganlardanmiz,Robbim! Zero, "U kunda do'stlar, dushmandirlar, faqat Alloh yo'lida do'stlashganlargina abadiy do'stlardir!"
Duo qilamiz, o'zing amal daftarimizni o'ng tomonimizdan bergin, faqat o'zingni debgina ko'z yosh to'kadigan, kechalari faqatm o'zingni debgina sel-sel yig'laydigan va faqat o'zingdangina hayiqadiganlardan qil!
Allohim, shayton bizni ustimizdan ma'lum onlargina g'olib kelganida, biz sendan uning ustidan asriy onlar to qiyomatga qadar g'oliblikni so'raymiz!
O'zing bizni ikki dunyo saodatiga yetkaz, Allohu akbar, ya Robbil A'lamiyn!

Qayd etilgan


Chustiy  07 Aprel 2009, 01:31:16

 :bs2:

 :as:

Menga tanish bo'lgan, bir sobiq missioner singlimiz bo'lardi, ba'zan missionerlar bilan bahslashib qolganda, u kishi yosh bo'lganliklari uchunmi, yoki boshqa sababmi, qo'shilmasdan faqatgina tinglovchi sifatida jim o'tirar edilar.

Bilmadim, yaqinlarining va musulmonlarning haqlariga qilgan duolarin ijobati sabablimi, yoki musulmonlarning o'zga dinni taftishlash natijasimi, yoki boshqa bir sababmi, Alloh o'sha singlimiz qalblarini Hidoyatga moyil qilib qo'yibti, bugun u kishini o'zlaridan Namoz o'qishni o'rganayotganlarini eshitib, ko'zlar beihtiyor namlandi.

Birodarlar, hadis mazmunida: "Banda, Alloh uchun bir qadam qo'ysa, Alloh u uchun o'n qadam qo'yishini".
Boshqa rivoyatda esa: "Banda Alloh uchun yurib kelsa Alloh u uchun yugurib kelishini" aytilgan edi, iltimos ibodat va duo mahalda "Alloh haq yo'ldan adashmastirligini va haq yo'lda bardavom bo'lishini" so'rab shu singlimizni haqlariga duo qilsangiz,.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Aprel 2009, 06:08:16

Birodarlar, hadis mazmunida: "Banda, Alloh uchun bir qadam qo'ysa, Alloh u uchun o'n qadam qo'yishini".
Boshqa rivoyatda esa: "Banda Alloh uchun yurib kelsa Alloh u uchun yugurib kelishini" aytilgan edi, iltimos ibodat va duo mahalda "Alloh haq yo'ldan adashmastirligini va haq yo'lda bardavom bo'lishini" so'rab shu singlimizni haqlariga duo qilsangiz,.

Omiyn!
Haq yo'lida sobitqadam qilsin!
O'zi hidoyatidan begona qilmasin!

Qayd etilgan


Hadija  22 Aprel 2009, 16:53:16

 :as:

Hurmatli forumdosh birodarlar, bilmadim hush habar deyishga arziydimi, ammo mani juda hayajonlantirib, suyuntirgani uchun ayni shu yerga yozishni ixtiyor etdim.
Kuni kecha, "Novza" masjidida Umra safariga borishni niyat qilib kelgan bir qator birodarlarimizni kutib oldik va safarga yorug' yuz ila kuzatib ham qo'ydig ertasiga. Butun Uzbning 12 viloyatidan, imkon qilib, Allohning baytini va pyg'ambarimiz  :sw: ning qabrlari joylashgan tuproqni ziyorat qilish maqsadida yo'l olgan, musulmon birodarlarimizni qo'l ochib duo qilsak. Ilohim, Hayirli maqsad ila boshlagan safarlarini Alloh  :jl: hayirli qilib, o'zi ziyorat va amallarini dargohida qabul qilsin. Bundanda ulug', Haj ziyoratlarini ularga va bizga nasib qilsin. :amn:

Qayd etilgan


Muhseena  27 May 2009, 07:35:50

:bsm:
Allohim o'zing bizga tinchlik va hotirjamlikni bergin,turli fisq-u fasod ishlardan saqlagin,oxirimizni xayrli yakun topishini nasib qilgin...Buzg'unchi kimsalarning niyatlarini bekor qilgin,bizlarga rahm shavqat qil.Kofir qavmlarga kulgi qilmagin,bizni Haq dining bilan g'olib qilgin.. :amn:

Qayd etilgan