Duo qiling...  ( 306790 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 57 B


Muzayyana  13 Avgust 2009, 12:33:19

 :bs1:
O'zining cheksiz hikmati bilan islomni bandalaroga najot deya ko'rsatgan Olamlarning Robbisi Rahmon va Rahiym bo'lgan Zoptga Arshning ziynati qadar, mahluqotlarning adadi qadar hamdu sano bo'lsin. Islomni yer va osmon o'rtasida turib bashariyatga yoygan Rasulimiz  :sw: ga to qiyomatga qadar salotu salom yog'ilsin. Islom uchun jon berib jon olgan, sohobayi ikromga Allohning rahmati bo'lsin.
Allohim yolg'iz O'zingdangina so'raymiz, O'zing hojatlardan behojat yakkayu yagona Ilohsan.
"La ilaha illalloh" manas hu kalima umrining mazmuni bo'lgan, birovni sevsa mana shu kalima uchun sevgan, birovni yomon ko'rsa mana shu kalima uchun yomon ko'rgan  birodarlarga omonlik ber, O'zing sabr ber, ajr ber...
Allohim kofir qavmni aslo bizni ustimizdan hokim qilma!
Allohu akbar, ya Rabbil A'lamin.

Qayd etilgan


Ansora  08 Sentyabr 2009, 19:43:18

"Allohim! Menga O'z sevgingni va Sening yoningda sevgisi bilan menga foyda beradigan kishining sevgisini ber". Omin.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2009, 06:10:20

Ushbu Ramazon oyida Allohdan imon-e'tiqodli bandalarning ko'payishini so'rab duo qilamiz.
Bemorlarga shifo bersin.
Yurtimiz tinch bo'lsin.
Nafsimizning quli bo'lib qolishdan Alloh o'zi saqlasin.
Ammallarimizni xolis O'zi uchungina qilishlikni nasib aylasin.
Dunyo va oxiratimizni obod aylasin. Omin!!!

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Sentyabr 2009, 16:46:49

Allohim "Boshiga balolar" orttirishni xohlamagan muslimlarga bizdek ko'pxotinlikni TARG'IB QILUVCHI muslimalarni nasib qilma!

Hammaga o'zi xohlaganidek juft bilan yashashlikni nasib qilgin!

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  11 Sentyabr 2009, 16:57:51

Хақ Таоло ҳар бир солиҳ нистли срга дийнида собитқадам, аҳли аёлни насийб қилсин! Беҳикмат иш қилмайдиган, ссз ссзламайдиган итоаткор муслималарни сафлари кспайсин. Фақат сзи тсғри деган нарсада сзгаришсиз туриб олмай, биродарларининг ҳам фикрлари билан сртоқлашадиган кенг мулоҳазалик аёлларимиз кспайсин. Ўзида бслгани каби бошқаларда ҳам кснгил деган нарса борлигин хис қиладиган кенг тушунчалик кишилар кспайсин. Амийн!

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Sentyabr 2009, 17:09:56

Хақ Таоло ҳар бир солиҳ нистли срга дийнида собитқадам, аҳли аёлни насийб қилсин!
Беҳикмат иш қилмайдиган, ссз ссзламайдиган итоаткор муслималарни сафлари кспайсин. Фақат сзи тсғри деган нарсада сзгаришсиз туриб олмай, биродарларининг ҳам фикрлари билан сртоқлашадиган кенг мулоҳазалик аёлларимиз кспайсин. Ўзида бслгани каби бошқаларда ҳам кснгил деган нарса борлигин хис қиладиган кенг тушунчалик кишилар кспайсин. Амийн!


AMIN!

ALLOHIM SANI GAPING KELGANIDA HISSIYOTLARINI CHEKKAGA SURIB QO'YADIGAN, RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING HAYOTLARINI NAFAQAT SO'ZDA BALKI AMALDA HAM O'Z HAYOTIDA TADBIQ ETADIGAN MUSLIM VA MUSLIMALARNI SAFIMIZDA KO'PAYTIRGIN!

AMIN AMIN AMIN!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2009, 22:56:26

 :bs1:

Allohim, biz ojiza, zaifa, miskina qullaringmiz, bizni avf et!!!
Biz o'z nafsimizga ko'p zulm qildik, Seni yo'lingda o'z nafsimizdan kechib Haqni yetkazolmadik, bizni mag'firat qil!!!
Allohim,bizni sabrimiz yetmaydigan sinovlar bilan sinama,bizlarga rahm qil!!!
Allohim,O'zingni roziligingni topish uchun ojizona qilayotgan ammalarimiz O'zing qabul ayla, amallarimizni riyodan,qalblarimizni kibrdan saqla!!!
Allohim,Din dushmanlariga,O'zingni dushmanlaringga, Rasululloh SAV va u zotning ummatlarining dushmanlariga O'zing kifoya qil.Albatta Sen har narsaga Qodirsan!!!
Allohim, musulmonlarga bir joyga jamlanishlariga, ularni eng to'g'ri va haq yo'lga, O'zingni yo'lingda yurishlariga,insonlarni emas, faqat faqat Seni roziligingni istab amal qilishlariga ularga ilm, amal, taqvo, sabr, aql, farosat va salohiyat ato qil!!!Albatta, Sen rahmlilarni ramlisisan!!!
Allohim, biz mazlumlarga O'zing yodam ber!!!Sendan o'zga madadkorimiz, najotkorimiz, yordam berguvchimiz yo'q!!!Albatta,Sen har narsani ko'rguvchi va eshitguvchi Zotsan!!!
Bu duolarimiz ijobatini O'zingni Ulug'liging,Kalomingni Haqligi,Rasululloh SAV va u zotni ummatlariga bo'lgan mehribonliging va Ramazoni sharifni ulug'ligi haqqi hurmatidan so'rab qolamiz.
Allohim biz ojizalarni duolarini qabul qil, ularni ijobat qil!!!Bizni Vatanamizni ham haqiqiy Islomga xizmat qilguvchilar ,Islom uchun qayg'uradiganlar,Islom yo'lida jonlaridan ham,mollaridan ham kechadiganlar,har bir birodari uchun jonini ham ayamaydigan muslim va muslimalar Vatani qil!!!

Aamiyn!!!

Qayd etilgan


Hadija  12 Sentyabr 2009, 15:12:56

Allohim, Haq yo'qlida Sobit turgan musulmon muslim va muslimalaringni ushbu yo'lingdan adashtirma va shu yo'lingda sobit va qoyim qadam qil. Robbim, rizoligingni istab faqat O'zinggagina intiluvchi bu qalblarni yolg'iz O'zing iymon ila nurlantir va islom uchun keng qilgin. Zohiran va botinan yolg'iz O'zinggagina taqvo qilguvchilardan Qil. Robbim, Sani yo'lingda yurmoqlik istagan, ammo bandalaring zulmidan zulm ko'rib, nafs bilan kurash olib borayotgan mo'min va mo'minalaringga O'zing madadkor bo'l va O'zingni sevguvchi Haq yo'lingda yurguvchi bandalaring bilan qilgin Robbim...
Adashgan, nokas, gunohkor, munofiq, kofur bandalaringdan qilmagin va bilib-bilmay ulardek bo'lib qolishdan O'zing asra panoh ber.
Allohim barchasi senga oson barcha ish Saning izming ostida Ilohim huzuringga Pok iymon, chin ixlos, hayitli amallar va sof fitrat sohibalari bo'lgan holatimizda bormoqlikni nasib et!!!


P.S: Hurmatli, Abdujjabor, sizni postlaringizni o'qib, shayh bilan bo'lgan uchrashuv ko'z oldimga birma-bir keldi. O'shandagi najot kutishlik o'shandagi iltifotni esladim. Allohim sizdan rozi bo'lsin, Ilohim dini uchun haqiqat uchun kurashadiganlar hamisha bor bo'lsin.


Qayd etilgan


Muhseena  12 Sentyabr 2009, 15:51:01

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy s.a.v.:
" Har hafta odamlarning amallari ikki marta-dushanba va payshanba kuni arz qilinadi.O'shanda har bir mo'min bandani mag'firat qilinur.Illo,u bilan birodari orasida kin-adovat bandani mag'firat qilinmaydi.Balki:
"Bu ikkisini to (tog'rilikka) qaytgunlaricha,tark qilinglar yoki orqaga suringlar",deyiladi
",dedilar.(Muslim rivoyati).
Ya Alloh mag'firatingdan noumid bo'lib qolmasligimiz uchun O'zing bizlarga to'g'ri yo'lni ko'rsat,biz ojiz bandalaringga rahm qil.Chunki biz seni norizo bo'lib qolishingdan qo'rqamiz.Allohim hammamizdan rozi bo'l....

Qayd etilgan


Abdullоh  13 Sentyabr 2009, 11:40:56

Ya Allah!
Ikki birodarim boshiga musibat tushib turibdi. O'zing ularga sabr ber. Birining ishini o'ngidan keltir va niyatini amalga oshir. Ikkinchisining esa qo'lidan baht qushi ketdi. Allohim, bu do'stimga avvalgisidanda yaxshisini ber! Omin!

Birodarlar, iltimos sizlar ham bu ikki do'stimni duo qilinglar. Zero, ko'pchilikning duosi ijobat bo'ladi.

Katta hurmat va ehtirom bilan Abdulloh.

Qayd etilgan