Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Allohim! Sendan shu ismlaringning haqqi uchun istab, senga yolvoraman:
1. Ey har turli nuqsonli sifatlardan uzoq, butun go'zal ismlarning, ulug'vor va azaliy sifatlarning sohibi va har narsaning haqiqiy ma'budi bo'lgan Allohim!
2. Ey dunyoda do'st va dushman ayirmasdan butun mahluqotni riziqlandirgan Rahmon!
3. Ey ohiratda, itoatkor qullariga mahsus ehson va shafqat ko'rsatadigan Rahim!
4. Ey bo'lganlarni, bo'layotganlarni va kelajakda bo'ladigan hamma narsani bilgan, O'zi'ga koinotda hech bir narsa yashirin qolmagan va ilmi katta-kichik, yashirin-ochiq hamma narsani qoplagan Olim!
5. Ey gunohkor qullarining isyonlariga qaramay, jazolantirishda shoshilmagan, juda sabrli bo’lgan Halim!
6. Ey hamma narsaning O’zi’ning yonida kichkina bo’lgan azomat (buyuklik, ulug’lik) sohibi Azim!
7. Ey hamma narsani joyi-joyida bajargan hikmat sohibi Hakim!
8. Ey borlig’ining boshlang’ichi bo’lmagan va azaldan beri bor bo’lgan Qadim!
9. Ey yolg’iz O’zi’gina boqiy va doimiy bo’lgan, borlig’i va borlig’ining davomiyligi uchun hech narsaga ehtiyoji bo’lmagan va har narsani oyoqda tutgan Muqim!
10. Ey hayr-ehsoni mo’l bo’lgan, sahovatli, har turli sharaf va fazilatni O’zi’da to’plagan, ishlari maqtovga loyiq, avf etuvchi Karim, Rabbimiz!
Subhonsan ya Rab! Sen’dan boshqa yo’qdir İloh!
Omon tilaymiz Sen’dan, Qo’ri bizni Jahannamdan!
Duolar "Javshani Kabir", Prof. Dr. Davut Ayduzning Arabchadan Turkchaga tarjimasidan O'zbekchaga tarafimdan ojizona tarjima qilindi. Davomi bor.