Duo qiling...  ( 306513 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 57 B


Ansora  13 Sentyabr 2009, 19:35:13

Allohim! Sen bizlarni eng muborak zot-inson qilib yaratding! Bu ismga jismimiz bilan loyiq bo'lishni nasib et!
Qarshimizga chiqqan sinov-imtihonlardan muvaffaqiyat bilan o'tishni, avvalambor o'z nafsimga qarshi kuchli bo'lishni nasib et yo Rabbim!
Ollohim, Payg'ambarimizning ahloqlari bilan ahloqlandir bizlarni!
Biz sening eshigingda tilanchilarmiz, duolarimizni orqaga qaytarma eyy Yaratguvchim!
Sen mening qo'limdan tutmazsang, sen menga yo'l ko'rsatmassang, bu moddiyatga burkangan, nafslarimizni bizni yo'naltirayotgan dunyoda yo'q bo'lib, sening eng sharafli inson, degan zotingga loyiq bo'lishlikdan uzoqlashishim mumkin eyyy SOHİBİM!
Duolari qabul bo'lgan qullaringdan ayla bizlarni ham Allohim!

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 20:24:27

Ey, yer-ko'kni yaratgan Rabbim. Sen bizlarni ham quling sifatida yaratding. Biz sendan so'ramaymizda kimdan so'raymiz. Sendan tilanmaymizda, kimdan tilanamiz. Rabbim, O'zingdan boshqasiga yolvorishdan, tilanishdan biz ojiz qullaringni qo'ri Yo Rabbim. Bizlardan duo kutgan, yuzlarini ko'rgan ko'rmagan barcha dindoshlarimiz haqlarida eng hayirlisini nasib et Yo Rabbim. Ularning Hastalariga shifo, dartlilariga davo, qarzdorlariga yengillik ber Yo Rabbim. Tilimiz va dilimiz bilan senga yo'nalishni nasib et Yo Rabbim. Sen qanchalar buyuksan, qodirsan, sen "bo'l" dedingmi har narsa bo'lar. Men esa sening yaratgan, hatto ojizgina shamolning uchirishga kuchi yetadigan hafif patdan ham hafifman. Nafasimni olishim, berishim ham senga bog'liq ekan, bu dunyoda sening marhamating bo'lmasdan qanday oyoqlarim ustida turay. Tilim va dilimning iplarini sen yech, toki senga yolvora yolvora duo etay, yer-ko'kning haqiqiy hukumdoridan ojiz quling holida sendan ehtiyojlarimni so'ray...

Qayd etilgan


Muhammadali  16 Sentyabr 2009, 02:23:52

Ey Allohim! Ozing Mo'min va Mo'mina birodarlarimizning gunohlarini kechirgin. Ojizonalik bilan san uchun ramazon oyida ibodat qilayotgan Siddiq va Siddiqa Bandalaringni ibodatlarini dargohinga qabul aylagin. Ibodat qilishga qodir bo'la turib dangasalik qilayotgan bandalaringning qalbida imon nurini ziyoda qilgin. Neki qilsak sani rizoligin uchun qilishimizni nasib aylagin.

Qayd etilgan


Muhammadali  16 Sentyabr 2009, 02:46:46

Ey Allohim O'zbekiston diyorida tugilib osdim, ulg'aydim. Ey Allohim! Ushbu Diyorni o'zbeklar uchun bergan tuzining haqqi hurmati, va ushbu diyordan o'tgan ulug' Aziz Avliyolaring hurmatidan barcha O'zbekiston halqini gunohlarini kechirgin. O'zbekistonni ichidagi va tashqarisidagi O'zbeklarni qiyomat kunida yuzlarini yorug qilgin. Fitnayu fasod kuchaygan bu asrda Ozbeklarimizni iymonini kuchli qilgin. Ey Allohim kimnidur kamsitish va ustidan kulishni sevuvchi bandalaringni o'zing hidoyatga boshlagin. Ey Allohim dil ozorlarga o'zing insof bergin. Ey Allohim Man ojiz bandangni ham faqat sani sevishimni va san uchungina hayrli ishlarda bardavom bolishimni nasib aylagin.

Qayd etilgan


Mahdiyah  16 Sentyabr 2009, 07:24:34

AMIN AMIN AMIN

Qayd etilgan


siddiqa  16 Sentyabr 2009, 07:34:57

Rabbim ,to'g'ri yo'lni ko'rsatgin .........
va adashgan bo'lsak avf et........

Qayd etilgan


Ansora  17 Sentyabr 2009, 07:28:45

Abu Musa al-Esh’ariyning rivoyatlariga ko’ra Rasuli Akram (S.A.V) shunday duo qilar ekanlar:


"œYo Rabb, mening hatolarimni, bilmasdan qilganlarimni, bazi ishlarimda oshirib yuborishimni va Sen’ing mendan juda yaxshi bilgan hollarimni mag’firat ayla. Allohim mening latifalashishlarimni, jiddiy hollarimni, hato va qastdan qilganlarimni, menda bo’lgan hamma narsamni mag’firat ayla".

Duoni o'qir ekanman, o'ylanib qoldim. Dunyolarga rahmat bo'lb yaratilgan va hatto butun koinot U'ning uchun yaratilgan Payg'ambarimiz "hatolarimni affet" deb duo etar ekanlar, men va menga o'hshagan bandalar nimalar deb, duo qilishimiz kerak ajabo???

Qayd etilgan


Ansora  19 Sentyabr 2009, 21:06:30

Rahmon va Rahim bo'lgan Ollohning ismi bilan...

Allohim, bu yilgi Ramazonning eng so'nggi kun iftoridamiz. Sen ro'zalarimizni qabul et, gunohlarimizni affet. Ro'zamizni Sen'ing uchun tuttik, Sen'ing rizong uchungina och qoldik, insholloh haqqi bilan tutgandurmiz. Keyingi yilgi Ramazonlarga sog'-salomat yetishni, iymonimizni yana ham mustahkam bo'lishini nasib ayla. Omin. 

Qayd etilgan


Ansora  23 Sentyabr 2009, 00:24:35

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Allohim! Sendan shu ismlaringning haqqi uchun istab, senga yolvoraman:

1. Ey har turli nuqsonli sifatlardan uzoq, butun go'zal ismlarning, ulug'vor va azaliy sifatlarning sohibi va har narsaning haqiqiy ma'budi bo'lgan Allohim!

2. Ey dunyoda do'st va dushman ayirmasdan butun mahluqotni riziqlandirgan Rahmon!

3. Ey ohiratda, itoatkor qullariga mahsus ehson va shafqat ko'rsatadigan Rahim!

4. Ey bo'lganlarni, bo'layotganlarni va kelajakda bo'ladigan hamma narsani bilgan, O'zi'ga koinotda hech bir narsa yashirin qolmagan va ilmi katta-kichik, yashirin-ochiq hamma narsani qoplagan Olim!

5. Ey gunohkor qullarining isyonlariga qaramay, jazolantirishda shoshilmagan, juda sabrli bo’lgan Halim!

6. Ey hamma narsaning O’zi’ning yonida kichkina bo’lgan azomat (buyuklik, ulug’lik) sohibi Azim!

7. Ey hamma narsani joyi-joyida bajargan hikmat sohibi Hakim!

8. Ey borlig’ining boshlang’ichi bo’lmagan va azaldan beri bor bo’lgan Qadim!

9. Ey yolg’iz O’zi’gina boqiy va doimiy bo’lgan, borlig’i va borlig’ining davomiyligi uchun hech narsaga ehtiyoji bo’lmagan va har narsani  oyoqda tutgan Muqim!

10. Ey hayr-ehsoni mo’l bo’lgan, sahovatli, har turli sharaf va fazilatni O’zi’da to’plagan, ishlari maqtovga loyiq, avf etuvchi Karim, Rabbimiz!

Subhonsan ya Rab! Sen’dan boshqa yo’qdir İloh!
Omon tilaymiz Sen’dan, Qo’ri bizni Jahannamdan!


Duolar "Javshani Kabir", Prof. Dr. Davut Ayduzning Arabchadan Turkchaga tarjimasidan O'zbekchaga tarafimdan ojizona tarjima qilindi.  Davomi bor.

Qayd etilgan


Ansora  23 Sentyabr 2009, 00:37:34

1.   Ey Sayyidlarning Sayyidi,
2.   Ey butun duolarga javob bergan,
3.   Ey butun foydali, nurli, savobli (hayirli) amallarni va butun go’zal ishlarni (hasenat) muhofaza etgan va haqqini bergan,
4.   Ey darajalarni, martabalarni, maqomlarni yuksaltgan,
5.   Ey ohiri yo’q rahmati bilan moddiy va ma’naviy ne’matlarga barakot ehson etib orttirgan,
6.   Ey xato va nuqsonlarni avf etgan,
7.   Ey butun balolarni uzoqlashtirgan,
8.   Ey butun mavjudotning katta-kichik, yashirin-ochiq butun ovozlarini bir-biriga aralashtirmasdan birdaniga eshitgan,
9.   Ey butun mahluqotning istaklarini bergan,
10.   Ey sirli va yashirin hamma narsani bilgan Rabbimiz!

Subhonsan ya Rab! Sen’dan boshqa yo’qdir İloh!
Omon tilaymiz Sen’dan, Qo’ri bizni Jahannamdan!
[/b]

Qayd etilgan