haqsiz Hadijaxon man do'stlarimga ichim achishib turib bu hadisni saxix yoki zaifligini oy'lamay yozvorgandim, xato ketgan bo'lsam Allohim kechirsin, quyida shu hadis haqida ma'lumot beraman.
Shayx Abdulaziz Mnasur mas'ul muharrirligi ostida "Movaraunnahr"nashriyotida 2003 yili Rahmatulloh qori Obidov va Dilfuza Sarvarovalar muallifligida chop etigan "Muqaddas oylar va mustajob duolar" kitobi 100 bet.
Rasulluloh s.a.w. shunday buyuradilar:
"Ey sahobalarim!Sizlar gunohsiz og'izlaringiz bilan duo qiling"
Shunda sahobalar:
-Yo Rasululloh (s.a.w.) gunohsiz og'iz qanday bo'ladi?" -deb so'radilar.Rasululloh s.a.w. shunday javob beradilar:
-Hammaning og'zi o'zi uchun gunohkor,faqat boshqa uchun gunohkor emas"
Bu muborak hadisi sharifning ma'nosi shuki,Alloh roziligi uchun bir-birimizni duo qilsak, shubxasiz,Alloh taolo qabul qiladi.
Janobi Haq Muso a.s.ga:
"Ey Muso! Bir din birodaringga yaxshilik qilginki, u sening haqqingga duo qilsin.O'zi gunohkor bo'lsa ham gunohi o'zi uchundir.Uning duosini qabul qilaman" deb buyurgan.
Albatta odamzot xatolardan xoli emas,Allohning rahmati,marhamati, mag'firati bizning gunohlarimizdan kengdir, hamisha, hammavaqt marhamati, mag'firati, rahmatidan umidvorman,Allohim o'zgartirigan,yoki yangilik kiritilgan Qur'on va Hadis kitoblarini o'qishimizdan o'zi saqlasin.
Aytgancha duolarni bu yerga yozishlaringiz shartmas, faqat musulmonning musulmon birodari haqqiga qilgan g'oyibona duosi qabul bo'ladi, duolaringizda shu uch oila haqqiga qo'shib duo qilsangizlar deb yozgandim, Allohim barchamizga qabul bo'ladigan amal, pokiza rizq, foydali ilm bersin, omiyn.