Bir hakimdan so'rashgan ekan: "Bizlar duo qilamiz, lekin duolarimiz ijobat bo'lmaydi. Alloh taolo: "Menga iltijo-duo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman", deb aytgan-ku?" deb. Hakim aytibdi: "Sizlarda yetti xislat duolaringizning ijobatini man' qiladi". "Qaysi xislatlar?" deb so'rashdi. Aytdi:
"Sizlar Rabbingizni g'azablantirasizlar, ammo Uning rizosini talab qilmaysizlar, ya'ni, Allohning g'azabi vojib bo'ladigan ishlaringga pushaymon qilmaysizlar.
Bizlar Allohning bandalarimiz, deysizlar. Ammo bandaning ishini qilmaysizlar, ya'ni, banda xo'jasi buyurganni bajaradi va Uning amridan chiqmaydi.
Sizlar Qur'onni o'qiysizlar, lekin unga ergashmaysizlar, ya'ni, tafakkur va ta'zim bilan o'qimaysizlar, buyruqlariga amal qilmaysizlar.
Biz Muhammad (S.A.V.)ning ummatlarimiz, deysizlar-u, u kishining sunnatiga amal qilmaysizlar, ya'ni, sizlar odatlarga va rasm-rusumlarga amal qilib, sunnatga ergashmaysizlar.
Sizlar dunyoni yalang'och deb aytasizlar, ammo unga ishonib qolgansizlar.
Sizlar harom va shubhali luqma yeysizlar. U ikkovidan qaytmaysizlar.
Oxirat dunyodan yaxshiroq, deysizlar, lekin oxirat talabida harakat qilmaysizlar va oxiratdan ko'ra dunyoni ko'proq xohlaysizlar".