Duo qiling...  ( 306475 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 57 B


Mr.Twister  15 Noyabr 2009, 19:19:57

Alloh o`zingga o`zing bilagan adadingcha hamdalar bo`lsin, Payg`ambarimiz (s.a.v) ga salotu salovatlar bo`lsin.
Allohim, yagona qudrat sendadir. Qilgan duolarimizni, qilgan niyatlarimizni o`zing qabul et. Amin. Allohu akbar!

Qayd etilgan


lolo  16 Noyabr 2009, 07:58:01

Bu mavzuda bir-birimiz haqqimizga duolar qilaylik, chunki birodarlarni bir-biriga qiladigan duosi juda hayrli hisoblanadi. Biron duo qilishni so'rashlik, "Duo qiling!", "Duoizga muhtojman?!" deyishlik islom aqidasiga to'g'ri kelmaydi. Bir sahobiyni yonlariga bir tobe'in kelib so'raganakanla duo qilishini, shunda haligi sahobiy javob berganakanla: "Man payg'ambarmanmi, duo qilishimni so'rayapsan?!" Biz faqat Robbimizdangina so'raylik, muhtoj bo'lish ham faqatgina Robbimizdan bo'lsin. Zero faqat Allohgina hojatbaror Zot!

Alloh barchamizga foydali ilm, maqbul amal va halol rizq bersin!
  :amn:

Qayd etilgan


Arbuzchi  16 Noyabr 2009, 07:59:49

Insop bersin, omin... ;)

Qayd etilgan


lolo  16 Noyabr 2009, 08:14:46

Ha, nafaqat insof, tavfiqni ham so'rash kerak, chunki Alloh tavfiq bermasa hech qaysi banda hayrli ish qilolmaydi. Shuning uchun ham insof va tavfiq hamisha birga zikr qilinadi!
Insop bersin, omin... ;)
aaamiin (hammamizga)

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Noyabr 2009, 22:57:08

Bu mavzuda bir-birimiz haqqimizga duolar qilaylik, chunki birodarlarni bir-biriga qiladigan duosi juda hayrli hisoblanadi. Biron duo qilishni so'rashlik, "Duo qiling!", "Duoizga muhtojman?!" deyishlik islom aqidasiga to'g'ri kelmaydi. Bir sahobiyni yonlariga bir tobe'in kelib so'raganakanla duo qilishini, shunda haligi sahobiy javob berganakanla: "Man payg'ambarmanmi, duo qilishimni so'rayapsan?!" Biz faqat Robbimizdangina so'raylik, muhtoj bo'lish ham faqatgina Robbimizdan bo'lsin. Zero faqat Allohgina hojatbaror Zot!

Alloh barchamizga foydali ilm, maqbul amal va halol rizq bersin!
  :amn:

Assalamu alaykum.
lolo, sizni gaplaringizni tushunmay qoldim.
"ISLOM AQIDASIGA ZID...." deb nimani nazarda tutdingiz?
Agar men o'yalagn narsani nazarda tutgan bo'lsangiz, ya'ni, birodardan haqqimga duo qiling deb so'rashlik noto'g'ri degan ma'noda aytgan bo'lsangiz, bu gapingiz xato.
Birinchidan, dalil keltirganingizda uni sahih ekanligiga ahamiyat bering. Bir sahobiyni oldiga bir tobe'in kelib.... bu dalil bo'la olmaydi. Siz aniq manbaasini keltiring, bunaqa aqida masalasi haqida gap ketganda.
Ikkinchidan men sizga bir hadisni taqdim qilmoqchiman.
Imom Buxoriyning (Aloh u kishini rahmat qilsin) "Sahih"larida,19-bob;Alloh taoloning:"Ular (haqqi)ga duo qiling!"(TAvba surasi,103-oyat) degan so'zi xususida, hamda o'zini qo'yib, birodarning sh'aniga Alloh taolodan rahmat tilab duo qilgan kishi haqida"
Abu Muso rivoyat qiladilar:"Janob Rosululloh SAV:"Yo,Parvardigoro,Ubayd Abu Omirning gunohini kechirgin, yo Parvardigoro,Abdulloh ibn Qaysning gunohini kechirgin!" deb duo qildilar."
Yana 6331-6332-6333-6334-6335-6336-hadislarga qarang.
Agar bu yerda Rasululloh SAV duo qilganlar,degan fikr kelsa, Rasululloh SAV qilgan, gapirgan, buyurgan va boshqalarni qilayotganini ko'rib qarshilik qilmagan barcha narsalar SUNNAT amali ekanligini unutmang.
Rasululloh SAVdek zot birodarlarini haqqiga duo qilibdilarmi, demak biz ham bu amalda bardavom bo'lmoqligimiz lozim.
Hato va kamchiliklari uchun sizlarda uzr Allohdan esa mag'firat tilayman.

Qayd etilgan


Shokirbek  16 Noyabr 2009, 23:47:39

Munira xonim, siz loloni boshqacha tushunibsiz.
U musulmon musulmon haqiga hali so'ramasdan duo qilishini inkor qilayotgani yo'q.
Hozirgi masala - bir mo'min ikkinchi mo'minga xitob qilib "duo qiling mening haqimga" deyishi haqida. Bunda esa ba'zi sahobalardan bu ishni kareh ko'rganligi (yaxshi emas deganlari) rivoyat qilinadi. Sahobalardan Umar ibn Xattob, Sa'd ibn Abi Vaqqos, Huzayfa ibn Yamon, Zayd ibn Vahb Juhaniy raziyallohu anhumlar bunday qilishni xohlamas edilar, birovlar ularga shunday xitob qilishsa g'ashlari kelar edi. Mashhur tobeinlardan bo'lgan imom Ibrohim Naxaiy "Ular (ya'ni sahobalar) bir-birlari bilan suhbatlashib o'tirar edilar, birovlari ikkinchilariga "men haqimga istig'for ayting, duo qiling" demas edilar" deydilar.

Lekin, ba'zilar bu borada imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisga suyanishadi. Unda payg'ambarimizning hazrati Umarga qarab "Uka, duoingizda unutmang bizni" degan so'zlari naql etiladi. Lekin ulamolar sanadini zaif deyishgan, shuning uchun ko'pchilik ulamolar bu hadisni hujjat sifatida olishmaydi. Agar sobit bo'lganida hazrati Umarning o'zlari bu ishni yomon ko'rmas edilar, deyishadi.

Ko'pchilik ulamolar yuqorida kelgan dalillarni tahlil qilishib, "bu narsani odat qilib olish bo'lmaydi, aslida qilinmagani yaxshi, lekin birov shunday qiladigan bo'lsa, bundan o'sha "duo qiling" deyilayotgan odamni ham duo ibodatiga chorlayotgan bo'lsa, yaxshi. Unday bo'lmasa, sahobalar yoqtirmagan ishni qilipti" deyishadi.
Yuqoridagi man' (qaytariq)dan duosi ijobat ekani aniq dalil bilan sobit bo'lgan Uvays Qaraniy (imom Muslim sahehlarida kelgan) istisnodir, deydilar. Chunki, payg'ambarimiz u haqda gapirib, "qaysingiz uchrashib qolsangiz undan istig'for so'rang" dedilar.

Abu Dovudda kelgan hadisni hujjat qilib, duo so'rasa joiz degan ulamolar ham bor.



Qayd etilgan


Munira xonim  16 Noyabr 2009, 23:53:28

Assalamu alaykum.
Shokirbek, rahmat. Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Haqiqatan men boshqacha tushunibman, siz ko'rgan tomonlarni ko'rmabman.
lolo, sizdan uzr so'rayman.

Qayd etilgan


Chustiy  20 Noyabr 2009, 17:10:56

 :as:

Duo va iftorlik mahalda kamina haqqigayam duo qilsangiz, shoyadki sizlaning duolari ijobati O'ziga yaqinlik qurbat hosil qilguvchilar safidan joy olishni nasib etsa...

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  20 Noyabr 2009, 17:24:38

Bu mavzuda bir-birimiz haqqimizga duolar qilaylik, chunki birodarlarni bir-biriga qiladigan duosi juda hayrli hisoblanadi. Biron duo qilishni so'rashlik, "Duo qiling!", "Duoizga muhtojman?!" deyishlik islom aqidasiga to'g'ri kelmaydi. Bir sahobiyni yonlariga bir tobe'in kelib so'raganakanla duo qilishini, shunda haligi sahobiy javob berganakanla: "Man payg'ambarmanmi, duo qilishimni so'rayapsan?!" Biz faqat Robbimizdangina so'raylik, muhtoj bo'lish ham faqatgina Robbimizdan bo'lsin. Zero faqat Allohgina hojatbaror Zot!

Alloh barchamizga foydali ilm, maqbul amal va halol rizq bersin!
  :amn:

Олаа!
Гап акидага караб кетиб колибди-ку! Хаа, сиз шу кадар дуо килишга хасис булсангиз, шу акидангизга пакат узингиз амал килаверинг. Узи шундок хам одамлар жудааа бир-бирига мехрибон смас. Сиз булса шу озгина мехрга сабаб булиб турган катта омилдан мусулмонларни айирасиз-а!

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  20 Noyabr 2009, 17:26:31

:as:

Duo va iftorlik mahalda kamina haqqigayam duo qilsangiz, shoyadki sizlaning duolari ijobati O'ziga yaqinlik qurbat hosil qilguvchilar safidan joy olishni nasib etsa...

Аллох сизни узи севган бандалар каторига олиб, мусулмон уммати учун снг буюк бахт булган Жаннати ато стсин.
Хар икки дунё саодатига гузал лутф билан етиштириб куйсин! Амийн

Qayd etilgan