Eyyy qullariga shukr etishni amr etgan Allohim!
Ota-onalarimizga yaxshilik qilishni buyurgan Rabbim!
Meni 9 oy qornida toshigan onamni, hayotga kelishimga sababi vasila bo'lgan otamni mag'firat ayla!
Meni ularga yaxsiliklar qilib, haqlarini ado etishim uchun tabassum to'la yuz, shirin til bilan qalblarini eritishni nasib ayla Yo Rabbim!
Ona quchog'idan, ota o'chog'idan, hayirli duo va niyozlardan mahrum etma Yo Rabbim!
Ota-onamga qarshi kelishdan, hurmat va izzatda qusur ko'rsatishdan Sen'gagina sig'inaman Yo Rabbim!
Huzuringda mendan shikoyatlariga sabab bo'lib qolishdan, shu yorug' olamda ko'ngillarni og'ritishdan faqat Sen'gagina sig'inaman Yo Rabbim!
Jannatim- ota-onamning oyoqlarining ostida, baxt-saodatim esa- rizoliklaridadir,men ularning rizosini qozonmoq istayman Yo Rabbim!
Menga bu yo'lda yor va yordamchi bo'lishingni tilayman, Sen qabul ayla Yo Rabbim!
Ularni har ikki jahonda aziz ayla, hayir duolarini esa bizlardan yiroq etma Yo Rabbim!
(Ota-onamni juda sog'indim, ular uchun qilgan barcha duolarimizni Alloh qabul aylasin insholloh)