Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda birodarlarimiz haqlariga birgalashib duo qilaylik.
Allohim, musulmonlarga g'alaba bergin!
Allohim, Livan musulmonlariga o'zing najot ber!
Allohim, kofirlar ustidan g'oliblikni nasib ayla!
Avval Senga so’z berib, so’ngra badnafsimga ergashib, so’zimda turmagan har vafosizligim, qilgan gunohlarim uchun sendan mag’firat so’rayman, Sening roziligingni maqsad qilib, ishga kirishar ekanman, o’zgalardan ham yordam so’raganim uchun, har xayr va yaxshilik uchun Sendan mag’firat tilayman!
Ey maxfiy va oshkor har narsani bilguvchi Allohim! Kun yorug’ida, tun qorong’usida, anjumanda va tanho, yashirin va ochiq qilgan har gunohim uchun sendan mag’firat tilayman! Ey halim! (£ilgan ayblari uchun quliga shoshilinch jazo bermaydigan) Allohim! £ur’oni Karim hurmatidan menga rahmat ayla, £ur’onni menga rahmat, imon, nur, hidoyat, shifo qil, Allohim £ur’ondan unutganlarim bo’lsa xotirlat, tushunmaganlarim bo’lsa anglat, kechayu kunduzda £ur’on o’qishni menga nasib et, £ur’onni menga qiyomat kunida shafoatchi, hujjat, nur qil. Allohim, manfaatsiz ilmdan, maqbul bo’lib huzuringa ko’tarilmaydigan amaldan va qabul qilinmaydigan duodan o’zing asra. Rabbim, Senga kofir bo’lishdan qabr azobidan asra, sendan boshqa iloh yo’q. Rabbim. Sendan pokiza hayotu, rohatli o’lim berishingni so’rayman, oxiratda xor va sharmanda bo’lmaslikni so’rayman. Ey Rabbim, menga hidoyat va taqvo, qalb pokligi va behojatlik ato et. Ilohim, meni ilmga boy qil, halimlik bilan beza. Taqvodorlik bilan hurmatli qil va tan-sihatlik bilan chiroyli qil, dushmanga yengilishdan, ustimdan kuladigan ishni qilishdan o’zing asra. Allohim, Sendan jannating va jamolingni ko’rsatishingni, do’zax azobidan panoh berishingni so’rayman, meni amali solihlardan qil, £ur’on xulqi bilan xulqlantirgin va Firdavs jannati vorislaridan qilgin. Omin!!!
"œEy Allohim! Sen mening Rabbimsan, Sendan boshqa iloh yo’q, meni sen yaratding, men Sening qulingning va joriyangning farzandiman, Sening (qudrat) hovuchingdaman, kokilim Sening (qudrat) qo’lingdadir".
Men kuchim yetguncha sening ahding va va’dang (senga bergan so’zim) uchun harakat qildim. £ilgan amallarimning sharridan (xato gunohlarimdan) Senga sig’inaman, menga ato etgan yaxshiliklaringni iqror etib, mening Senga qarshi gunohlarimni e’tirof etaman, u holda gunohlarimni kechir, chunki, gunohlarni faqat Sen afv etuvchi, faqat Sen kechiruvchisan!
"œEy Rahmlilar rahmlisi, mehribonlar mehriboni! Meni, ota-onamni, iymon keltirgan barcha erkak va ayollarni mag’firat et! Shubhasiz, Sen har narsaga va har ishga qodirsan!".