Assalamu alaykum,aziz birodarlar va forumdoshlar!!!
Sizlardan duo tilash niyatida bu postni qildim!!!
Bu mavzuda juda ko'p tilga olingan, hozirda bemor holida,Allohning katta sinovini boshidan o'tkazayotgan birodarmiz haqqiga holis duoda bo'lsangizlar.
Sizlardan iltimos, namozni o'qiydigan birodarlarimizdan alohida iltimos qilmoqchiman.
Alloh rizosi uchun ikki rakaat nafl namozini o'qib, bu birodarimiz haqqiga holis duo qilinglar.
Duolaringizni ayamang. U kishiga ALloh taolo sabru bardosh va shifoyi komil ato qilsin!!!
Tez orada bizni safimizga qaytib, bizni ko'zlarimizni yana quvonchga to'ldirishlarini Alloh taolo nasib qilsin!!!
Barcha narsaga Qodir, Rahmon,Rahiym, Salam kabi go'zal sifat va ismlar Sohibi bo'lgan Allohim!!!
Sendan o'tinib duo qilaman, barcha bemor musulmonlarga, shular qatori bizni aziz birodarimizga faqat O'zingni dargohingdan beriladigan shifoyi Komil ato qil!!!
Albatta Sen har bir narsani ko'rguvchi va ehsitguvchisan!!!
Bizdan iltijo, Sendan esa Ijobat!!!
Duolarimizni ijobat qilishingga ishonamiz!!!
Amiyyn.
Aziz forumdoshlar, duolaringizni ayamang!!!