Duo qiling...  ( 197180 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 57 B


Munira xonim  14 Iyun 2007, 22:08:07

Va alaykum assalam, Fazilat.
ALbatta duo qilamiz.
Avvalo akangizga va u kishini oilalariga sabru jamiyyl tilaymiz.
Alloh taolo O'zi dardni beradi, agar hohlasa O'zi shifosini ham baeradi,Inshaalloh.
Alloh taolo O'zi buyuk Tabib bo'lgan zot. Hamma bemorlarga shifoyi komil ato qilsin, shularni qatorida shu shiringizna Zilola qizchamizga ham O'zi shifo ato qilsin. Amiyn.

Boshqa birodarlarimizni ham hammalarini qalblaridagi hoh oshkor hoh maxfiy, hoh diniy hoh dunyoviy bo'lgan barcha niyatlari Alloh taoloni O'zi yetkazsin. Amiyn.
Duolaringizda bizni ham yod etib turing...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyun 2007, 16:03:44

Va alaykum assalam, Fazilat.
ALbatta duo qilamiz.
Avvalo akangizga va u kishini oilalariga sabru jamiyyl tilaymiz.
Alloh taolo O'zi dardni beradi, agar hohlasa O'zi shifosini ham baeradi,Inshaalloh.
Alloh taolo O'zi buyuk Tabib bo'lgan zot. Hamma bemorlarga shifoyi komil ato qilsin, shularni qatorida shu shiringizna Zilola qizchamizga ham O'zi shifo ato qilsin. Amiyn.

Boshqa birodarlarimizni ham hammalarini qalblaridagi hoh oshkor hoh maxfiy, hoh diniy hoh dunyoviy bo'lgan barcha niyatlari Alloh taoloni O'zi yetkazsin. Amiyn.
Duolaringizda bizni ham yod etib turing...

Omin.
Allohim o'zi Duolarni qabul qilguvchi zot!
O'zi Eshitguvchi zot.
Duolaringizni qabul qilsin!

Qayd etilgan


Muslimа  06 Iyul 2007, 09:14:47

    Assalomu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!!!
Aziz musulmon va muslima birodarlar! Hammangizga Sayyidul ayyom — Juma muborak bo’lsin!

    Bugun duolar qabul bo’lajak kunda sizlardan duo qilishingizni so’ramoqchiman!
Bir muslima birodarim hozirda og’ir betobliklari tufayli yura olmay qoldilar. Sizlardan iltimos duoga qo’l ochib shu birodarim haqqiga duo qilsangiz! Alloh taolodan ularga shifo va sabr so’raylik! Oilalarini va endigina dunyoga kelgan qizaloqlarini baxtiga sog’-salomat bo’lishlarini duo qilaylik!
   Yo Allohim bizlarini dard va musibatlar bilan sinaysan. Sinovlaringdan iymonimiz zaiflashmagan holda o’tishimizni O’zing nasib qil! Yolg’iz O’zing duolarni qabul qilguvchi va ularni ijobatini berguvchi Zotsan! Bandalaringga Sendanda mehribonroq biror Zot yo’q! Barcha bemorlar qatorida shu muslima birodarimga ham shifo ato et, yo Robbim!!!
Allohim bizlarga ikki dunyo saodatini nasib qilgin!!! Omin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Iyul 2007, 17:06:06

Va alaykum assalom wa rahmatulloh!

KASALLIKDAN SHIFO ISTAB O‘QILADIGAN DUO

Biror kasallikka yo‘liqqan kishi, bu kasallikdan xalos bo‘lishi uchun hech vaqt o‘tkazmay, mutaxassis shifokorlarga murojaat qilishi, uning tavsiyalariga amal qilib, ayni paytda duodan ham foydalanmog‘i lozim. Bu duolarni bemorning o‘zi o‘qishi yoki birov unga o‘qishi mumkin.

Tahoratli holda avvalo Fotiha surasi, so‘ngra Qur’oni karimdan shifo oyatlari o‘qiladi.
Bismill`ahir rohm`anir roh`iym. Va yashfi sud`uro qovmin mu’min`iyna va yuzhib g‘oyzo qul`ubihim.
«Alloh mo‘minlar qavmi siynalariga shifo beradi va dillaridagi alamni ketkazadi» (Tavba, 14-15).

Y`a ayyuhan-n`asu qod jaatkum mav’izotun min Robbikum va shif`aun lim`a fis-sud`uri va hudan va rohmatan lil-mu’min`iyn.
«Ey odamlar! Sizlarga Robbingizdan va’z (nasihat), dillardagi narsa (shirk illati)ga shifo va mo‘minlarga hidoyat va rahmat keldi» (Yunus, 57).

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Iyul 2007, 17:06:57

Va nunazzilu minal Qur’`ani m`a huva shif`a’un va rohmatun lil-mu’min`iyn.
«(Biz) Qur’onda(n) mo‘’minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan (oyat)larni nozil qilurmiz» (Al-Isro, 82).

Qul huva lil-laz`iyna `amanu hudan va shif`aun
«Ayting: «(Ushbu Qur’on) imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va shifodir».

Bu oyatlar o‘qilgach, bunday duo etiladi: «All`ohumma Robban-n`asi azhibil-ba’sa, ishfi Antash-sh`af`iy l`a shif`a’a ill`a shif`a’uka, shif`a’an l`a yug‘`odiru saq`oman».
«Allohim, ey insonlarning Rabbi, kasallikni mahv etuvchi! Ortda kasallikni qoldirmaydigan shifo ber. Shifo berguvchi faqat O‘zingsan. Sendan o‘zga shifo berguvchi yo‘qdir» (Abu Dovud. «Janoiz», 3107-hadis).

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Iyul 2007, 17:07:29

All`ohumma ishfi ‘abdaka yanka’laka ‘aduvvan av yamshi laka il`a sol`atin.
«Allohim, shu bandangga shifo berginki, Sening bir dushmaningga ziyon yetkazsin yoxud Sening rizoligingga erishmoq uchun namoz o‘qishga yurib borsin».

Bismill`ahi arq`ika min kulli shay’in yu’zika min sharri kulli nafsin av ‘aynu h`asid`iyn. All`ohumma yashf`iyka, bismill`ahi arq`ika.
«Senga iztirob beruvchi hamma narsadan, har hasadgo‘y nafsdan yoxud ko‘zdan Allohning nomi ila senga shifo so‘rayman. Alloh nomi ila senga shifo so‘rayman» (Termiziy. «Janoiz», 972-hadis).

Qayd etilgan


Laylo  09 Iyul 2007, 02:40:04

Assalamu alaykum wa rahmatulloh!
Allohim, O'zing Qodir, O'zing Duolarni eshitguvchi zotsan!
Allohim, birodarlarimizning qalblaridagi so'rovlarini, tilaklarini-da, O'zing bilguvchisan!
Allohim, birodarlarimizning oshkora va xufyona duolarini qabul ayla!
Allohim, O'zing bemorlarga shifo ato et!
Allohim, O'zing qalblarimizga Iymon halovatini manguga joyla!

Ey, duolarni qabul qilguvchi zot! Bizning ham duolarimizni ijobat ayla!

Qayd etilgan


AbdurRohman  01 Avgust 2007, 11:28:04

Assalomu aleykum.
bugun abiturientla uchun sinov kuni.
mashshaqqat chekib imtihonlarga tayyorlangan, o'z mehnati bilan o'qishga kirishga bel bog'lagan abiturientlarimizzi Alloh qo'llasin. Amiyn!

Qayd etilgan


Muslimа  10 Avgust 2007, 11:13:18

Assalomu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!
Alloh taolga cheksiz hamdu sanolar, Payg’ambarimiz Rasululloh sallohu alayhi vassallamga salovatlar va salomlar yog’ilsin! Ul zotning sahobalaridan Alloh taolo rozi bo’lsin!
Yo Rabbim, bugun duolar ijobat bo’ladigan kunda, faqat O’zingdan so’rayman! Bugungi kunni har bir musulmon va muslima bandangga hayrli qilgin! Juma kunini har birimizga muborak aylagin! Bugun Juma namozini jamoat bilan birga ado qiluvchi bandalaringga O’zingni rahmatlaringni yog’dir! Masjid tomon qo’ygan har bir qadamlariga O’zing ajr bergin. Namozda duoda bemor, muhtoj, safarda bo’lgan birodarlari haqqiga duo qilgan har bir bandangga barcha musulmonlarni savobi miqdorida savob bergin! Ibodat va duolarini O’z dargohingda qabul aylab, ularni maqbul amallardan qilgin!
Barchamizga ikki dunyo saodatini nasib qilgin! Omin!

P.S. Duolaringizda muslimalarni unutmang!


Qayd etilgan


Farida  10 Avgust 2007, 11:24:03

Assalamu alaykum!
Allohim qilayotgan duolaringini maqbul aylasin!
Har birimizning qalbimizdagi duolarimizni Allohim o'zi biladi. Shu duolaringiz qabul bo'lishini tilayman.

Qayd etilgan