Duo qiling...  ( 306271 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 57 B


AbdulAziz  14 Sentyabr 2007, 17:58:29

Assalamu alaykum wa rahmatulloh!
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun...
Muhammad Amin qori ukamizni Alloh shu kunlarning hurmatidan o'z rahmatiga olsin!
Allohim, o'zing birodarimizga eng yaxshi joylar nasib qilgin!
Qabrlarini o'zlari yod olgan Qur'on nuri bilan pinur qilgin!
Ota-onalariga sabr bergin!

Qayd etilgan


Muslimа  17 Sentyabr 2007, 12:38:35

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun...
Alloh ularni O'z rahmatiga olsin!
Hammaga ham bunday ulug' oyda va ulug' kunda hayotni tark qilish nasib qilmaydi. Shu oyning hurmati va fayzi haqqi Alloh taolo ularga O'z rahmati va mag'firatini nasib aylagan bo'lsin! Omin!

Qayd etilgan


Muslimа  17 Sentyabr 2007, 12:39:23

Assalomu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!
Muborak oydagi barcha ibodat va duolaringizni Alloh taolo maqbul aylasin!
Aziz forumdoshlar! Bugun sizlarga duo talabida murojat qilmoqchi edim. Zero forumda barchamiz bir-birimizga birodarmiz, musulmonni musulmon birodari haqqiga qilgan duosi ijobat bo’ladi.
Alloh taolo O’zi suygan bandalariga iymon beradi va Unga ibodat qilishni shu bandasiga yengil va sevimli qilib qo’yadi.
Oramizda ibodatni boshlashni qalblariga tugib qo’ygan, ammo qandaydur sababga ko’ra boshlay olmayotgan birodarlarimiz bor. Shularni haqqiga duo qilaylik, mani muslima birodarlarim orasida ham shunaqa muslimalar bor.
Yo Robbim! O’zing cheksiz rahmat va mag’firat Egasisan! Sandan o’zga so’raguvchimiz va suyanguvchimiz yo’q! Duolarimiz ijobatini faqat O’zing berishga qodirsan!
Allohim bizlarni doim O’zinga ibodat qiladiganlardan qilgin! To’g’ri yo’ldan adashgan bandalaringga O’zin hidoyat bergin! Barchamizni qalblarimiz O’zingni qo’lingda, qalblarimizni doim hidoyatga boshla, zalolatga botib ketishidan O’zing saqla! Allohim ibodatni boshlashni niyat qilgan barcha muslimonlar qatorida muslima birodarlarim va ukamdek ko’radigan bir insonga ham O’zing hidoyat bergin! Ularni qalblarini Islomga burgin. Qalblaridagi zarracha yaxshi niyatlari tufayli ularga to’g’ri yo’lni tanlashlarida yordam bergin! Tafiq va hidoyat yolg’iz O’zingdan! Senga duo talabida ko’targan qo’llarni quruq qaytarma! Darhaqiqat Sen ulakan rahmat va mag’firat Sohibisian!

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Sentyabr 2007, 22:06:34

Assalamu alaykum.
Bu duolarga biz ham albatta Amiyyn, deb qo'shilamiz.
Alloh taolo haqiqiy mo'min mo'minalarni saflarni kengaytirsin.
Har bir insonga nafsini yengib Allohning Xaq yo'liga qaytish nasib etsin.
Bu yo'lda ularga ulkan Hikmat Sohibi Allohning O'zi madadkor bo'lsin.
Shaytonni va nafslarini yengishda ularga mukammal Iymon va haqiqiy do'stlarni tilab qolaman.
Tavfiq Allohdan!!!

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Sentyabr 2007, 05:31:16

Assalamu alaykum!
Allohim, ushbu Oying hurmatidan barcha mo'minlarning sidqidil ila qilayotgan ibodatlarini, duolarini dargohingda maqbul aylagil!
O'zing Qudrat va Hikmat sohibidirsan.
Sendan o'ziga yordam so'raydiganimiz yo'q.
Allohim o'zing bizga madad bergin!

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Sentyabr 2007, 23:55:31

Assalomu-alaykum bu duo meni qattiq ta'sirlantirdi sizlar ham eshitib ko'ringlar..http://www.youtube.com/watch?v=He_iPRtyenc&mode=related&search=

Qayd etilgan


Muslimа  25 Sentyabr 2007, 12:55:26

Allohim! Sening borligingga iymon keltirdim. Payg’ambarlarni vositasida nozil qilgan kitoblaringga iymon keltirdim. Qadarga, yaxshilik va yomonlikning O’zingdan ekaniga iymon keltirdim!
Allohim! Biz nafsimizga zulm qilib qo’ydik. Katta-kichik gunohlarimizni O’zing mag’firat qil. Zero Sendan boshqa hech kimsa mag’firat qila olmaydi. Faqat Sen mag’firat qiluvchi kechirishni sevuvchi, avf tilaganni hish ko’ruvchisan. MEN HIDOYATINGGA ERGASHGANIMDAN BAHTIYOR, MAG’FIRATINGDAN UMIDVORMAN!
Allohim! Taqvoni biz uchun rizq va yo’l ozig’i qilgin. O’lguncha bor kuch g’ayratimiz bilan toatingda bo’lishmizni muyassar qil, TOATINGDAN TOYILTIRMA!
Allohim! Payg’ambarimiz, Sevganimiz va yo’lboshchimiz Muhammad sallalohu alayhi vassallamga qancha salovatu salomga loyiq ersalar o’shancha salotu salomlar bo’lsin, oilalariga, ashoblariga salotu salomlar bo’lsin!
Ashhadu an la ilaha illalloh, va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh.
"œMunojot"
"œIrfon taqvimi" 2007/1428 (IV).

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Oktyabr 2007, 20:33:17

Bismillahir rohmanir rohiym!

Allohim, ushbu muborak kechada sendan umid bilan qo'lini Omiynga ochib turgan har bir sendan qo'rquvchi mo'min va muslimlar qatori bizning ham duolarimizni qabul qilgin!

Allohim, O'zingdan o'zga madad, yordam so'raguvchimiz yo'q! O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin! Har birlarimizning dillarimizdagi shar'iy maqsadlarimiz, orzu-niyatlarimizga erishishlkikni nasib ayla!

Allohim, qalbimizni O'zingning muhabbating bilan to'ldir! O'zingdan hech qachon begona qilib qo'yma! Allohim, dunyoda shunday iymon, islom ne'matlarini mo'l-ko'l berki, Qiyomatda yuzimiz yorug' bo'lsin!

Allohim, Alloh uchun do'st bo'lgan birodarlarning qalblarini ochiq qil. Duolarini mustajob ayla!
Islomga quvvat ber! Islomni, musulmonlarni aziz qil!

Ey duolarni eshitguvchi, holimizni ko'rib turguvchi zot! bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, oxiratda ham yaxshilik ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin!

PS. Bugungi muborak kechada bir-birimizni duo qilaylik...

Qayd etilgan


Foniy  08 Oktyabr 2007, 21:16:04

Assalomu alaykum!

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan!
Albatta, Biz u(Qur'on)ni Laylatul Qadr da tushirdik.
Laylatul Qadr qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi?
Laylatul Qadr ming oydin yaxshiroqdir.
Unda farishtalar va Ruh Robbilari izni bilan barcha ishlar uchun tushadir.
U to tong otguncha salom bo‘lib turadir.


Ollohumma innaka afuvvun, tuxibbul-afva, fa'fu anniy. Yo Olloh, darhaqiqat Sen afv etuvchisan. Afv etishni yaxshi ko'rasan. Bas, meni afv et.
Ollohim bu ulug' kechaning barokotidan barcha mo'min-musulmon birodarlarimizning bu kungi ibodatlarini, bandachilik bilan, bilib-bilmay qilib qo'ygan gunohlari uchun mag'firat tilab qilgan duolarini o'z dargohingda qabul aylagin, ularga ikki dunyo saodatini nasib etgin, payg'ambarimizga (s.a.v.), ul zotning ahliyalariga, sahobai kiromlariga salovotu salomlar yetkazgin, bizlarni o'z saodat yo'lingdan adashtirmagin, Omin!

Qayd etilgan


mansur_bek  09 Oktyabr 2007, 00:54:36

Ohho birodarlar duo tilash va birodarni haqqiga duo qilish yaxshiku,lekin avval amallarimizni va niyatlarimizni hatolardan poklasak undada yaxshi bo'larmidi???? ???Lekin nima bo'lganda ham duo ibodatdir inshaallah ibodatlarni afzali bo'lgan farz ibodatlar qatorida duo qilish va Allahdan sorash yahshilk!!

Qayd etilgan