Oybek qalamiga mansub "Qutlug' qon" romanini o'qiganmisiz, fikrlaringiz qanday?  ( 9372 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  26 Aprel 2011, 14:01:35

Assalomu alaykum Ziyo olib, Ziyo tarqatayotganlar.

Shu kunlarda "Qutlug' qon" romanini qardosh Turk tiliga tarjima qilyabman. İlgari (hali sovet payti edi) bu romanni bir marta o'qigandim, roman asosida teatrni necha marta tomosha qilgandim. Bir postda aytganimday Yo'lchining "Haqqimni bering, boy ota" deb hayqirishi haligacha quloqlarimda...

Romanni bu safar yana ham diqqat bilan o'qishga to'g'ri keldi, sababi tarjimasini qo'ldan kelgunicha asliga bog'liq holda qilish, bu yerda
Oybekni tanitish va hokazo ma'suliyat...

Bir xalqqa oid bo'lgan asarlarni tarjima qilish ham oson, ham qiyin. Bu xalqni urf odatini siz faqat so'zlar bilangina ta'rif etib, ko'rsatishingiz kerak.
Rahmatli Oybek domla bu ishni juda maroimiga yetkazib bajarganlar.

Romanni siyosiy tarafini hech o'ylamadim, yani xozirgi kunda asar qanchalik targ'ib qilinadiyu boshqasi meni qiziqtirmaydi, lekin asarning kuchli "tili" meni lol qoldirdi.

Vaqti bilan bu mavzuda fikrlarimni yozib boraman inshalloh (albatta bu mavzu adminstrator janoblari tarafidan xush ko'rilsa)  : )

Siz bu romanni o'qiganmisiz, fikrlaringizni baham ko'rasizmi, aziz o'quvchi? 

Qayd etilgan


Ansora  06 May 2011, 13:14:54

 :as:

Nihoyat kecha roman tarjimasini tugatdim, alhamdulillah.

Kecha roman bilan bog'liq ancha fikr yozmoqchi edim, faqat vaqt bo'lmadi, xozir esa boshim juda yomon og'riyabdi:(

Balki tarjima stresidan bo'lgandir, balki o'g'limni 3-4 kundab beri injiqliklari sababdir.

Romanni hali sovet paytida o'qiganimda, voqealar jarayoniga hech qanday e'tirozim bo'lmagandi. Asarni uslubi, tiliga yuqorida yozganimday mahliyo bo'ldim.
Lekin kecha o'qib tugatganimdan keyin Yo'lchini qamoqqa tushib, Petrov bilan tanishuvi va romanni ohirigacha bo'lgan qismi xuddi yarashmagan yamoqday edi. Voqealar xuddi majburlab rivojlantirilganday, edi nazarimda.

Aslida roman to Petrov bilan tanishguncha xuddi o'sha paytdagi voqealarni tasvirlagan ishq romaniga o'hshardi.

Keyin Jadidchilar haqida ham yetarlicha fikr bildirilmagan, Abdishukurni esa umuman Jadidlar bilan aloqasi yo'q.

Qani endi Oybek domla hayotda bo'lsalar edi, romanni yozilish jarayonini biz bilan baham ko'rsalar.

O'sha paytdagi yozuvchilarimizni tushunaman, chunki bir Rus qahramon albatta kiritilib, Ruslar boshdan oyoq maqtalishi kerak ekan.

Xozircha shu...

Qayd etilgan


Ansora  07 May 2011, 13:59:45

Roman sovet davrida yozilgan bo'lishiga qaramay, kun vaqtlarini namoz vaqtlari bilan belgilanishi juda yoqdi.

Undan tashqari, qahramonlar chin yurakdan Allohga duo qiladilar, dindan, diyonatdan bahs etadilar. Roman ohirida Yo'lchi o'lgandan keyin unga yashirincha bo'lsa ham 3 kishi janoza namozi o'qishadi, shu taraflari ham yoqdi.

Yozuvchi Mirzakarimboyni shu darajada yomon ko'rsatishga tirishganki, uni Ramazonda zakot berish uchun hiyla ishlatgani menimcha judayam bo'rttirib berilgan. Bu darajada bo'lishi mumkin emas, deb o'yladim o'zimcha...

Qayd etilgan


Ansora  22 Iyun 2011, 14:47:35

Lekin Gulnorni zaharlanish sahnasi judayam mudhish tasvirlangan. Insonni ko'z o'ngida jon talvasasidagi Gulnor jonlanadi. Ayniqsa onasini zinalardan dumalab tushishi, bolasini qutqarish uchun o'zini o'tdan cho'qqa urishi judamay ezib yuboradi insonni...

Qayd etilgan


Muxsiya  06 Mart 2013, 11:21:57

men bu asarni maktabda o'qib yurgan kezlarimda o'qiganman shunchalik berilib ketibmanki, darslarda o'qituvchi turgizib savol bersa hayolim asarda boshqa narsalarni aytib yuborar edim. Bu asarni ikki kunda o'qib chiqqanman. Asardagi zamon va odamlar sharoitini to'la to'kis tasvirlab bera olgan. Mirzakarimboy mavzusiga kelsak bunday odamlar hozir ham oramizda yo'q emas. Mana masalan, hokimyatdan chin yetimlarga homiylik sifatida xayriya uyushtirilganda mahallamizdagi bir boyvuchcha bir yetim bolalar bor xonadonga sigir olib borib, sigirning yonidagi xursand yetimlar suratini olib(xuddi men ularga sigir sovg'a qildim ular shundan baxtiyor degandek) keyin sigirini yetaklab chiqib ketibdi. Hokimyatga esa o'sha suratlarni olib borib, o'zini "hotamtoy"ligini ko'z-ko'z qilibdi

Qayd etilgan