Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610283 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 ... 116 B


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:03:08

547-bob. Birov joyini bo'shatib bersa, u yerga o'tirmasligi haqida

1186. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Raeululloh (s.a.v.) bir kishini o'rnidan turg'azib, uning joyiga o'tirish-dan qaytarganlar". Ibn Umar (r.a.)ga biron kishi joy-ini bo'shatib bersa, u yerga o'tirmas edilar".

548-bobdagi 1187-hadis 537-bobdagi 1172-hadisning takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:03:19

549-bob. Birov chaqirganda qanday tarzda qarash haqida

1188. Abu Hurayra (r.a.) Raeululloh (s.a.v.)ni shunday tavsif qildilar: "Ul zot o'rta bo'ydan novcharoq, badanlari (qizg'ish) oq, soch-soqollari qora, (oldi) tishlari chiroyli va zich, kipriklari uzun, yelkalari keng va orasi uzoq, yuzlarida butun chiziqlari ko'ri-nar, oyoqlarini to'la bosar edilar (ya'ni yassi oyoq emasdilar). Agar yuzlansalar, butun vujudlari bilan yuzlanar, ortlariga qarasalar, butun gavdalari bilan burilardilar. Men u kishiday insonni oldin ham, keyin ham ko'rmadim".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:03:45

550-bob. Yumush bilan yuborilgan odam unga maqsadini aytsin

1189. Zayd ibn Aslamning bobosi aytdilar: "Hz. Umar (r.a.) menga: "Seni bir kshpi oddiga yuborsam, unga g' sha uchun yuborganimni aytab ma'lum qiyamasang, shu asnsu shayton unga yolg'on xabarni hozirlaydi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:05:29

551-bob. "Qayerdan keldingiz", desa bo'ladimi

1190.  Lays aytdilar: "Mujohid kishi oldidan ke-tayotgan birodariga ko'zini qadashi va yoki uni ko'zi bilan ta'qib qilishini yoqtirmas edilar. Yoki "Qaerdan keddingiz?" "Qaerga ketayapsiz?" - deb so'rashlarini ham yomon ko'rardilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:05:37

1191. Molik ibn Zubayd aytdilar: "Rabazada Abu Zarr (r.a.)ning oldilariga bordik. Abu Zarr (r.a.): "Qaerdan keddingiz?" - deb so'radilar. "Makkadan yoki Baytul atiq (ko'hna uy)dan", deb javob berdik. Abu Zarr (r.a.): "Ishingiz shumi?" - deb so'radi. Biz: "Ha", dedik. Abu Zarr (r.a.): "Bu ish bilan birga tijorat, oldi-sotti ham bormi?" - dedi. "Yo'q", dedik. Shunda Abu Zarr (r.a.): "Unda yangidan ish boshlang", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:05:49

552-bob. Bir qavmning yashirin so'zlariga quloq solish haqida

1192.  Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) dedilar: "Kimki biror surat chizsa, unga jon kirgizishga majbur qilinadi, azoblanadi, jon kirgiza olmaydi; kimki ko'rmagan tushini ko'rdim, desa, ikki dona arpani bir-biriga bog'lab berishga majbur qilinadi, azoblanadi, bog'lolmaydi; kimki biror qavmning utstsan yashirincha gapini eshitsa, quloq-lariga qalay (qurg'oshin) quyiladi".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:06:01

553-bob. So'rida o'tirish haqida

1193.  Uryon ibn Haysam aytdilar: "Otam Muoviyaning oldiga keldilar. Men yosh bola edim. Otam Muoviya huzuriga kirgach, u: "Xush keldingiz, marhabo!" - dedi. U bilan so'rida o'tirgan kishi: "Ey, mo'minlar amiri, siz "marhabo!" deya kutib olgan bu odam kim?" - deb so'radi. Muoviya: "Bu odam Mashriq ahlining sayyidi va bu - Haysam ibn Asvad", dedi. Men: "Bu odam kim?" - deb so'radim. "Bu Abdulloh ibn Amr ibn Oss", deb javob berishdi. Men undan: "Ey, Abu Fu-lon, Dajjol qaerdan chiqadi?" - deb so'radim. U: "Men sening xalqingdek uzoqdagi narsani ko'rib, burun-ning tagidagini ko'rmagan bir xalqni bilmayman", deb, orqasidan "(Dajjol) daraxtlari va xurmozorlari bor Iroq yerlaridan chiqadi", dedi.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:06:07

1194.  Abul-Oliya aytdilar: "Ibn Abbos (r.a.) bilan so'rida o'tirdik".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:06:14

1195.  Abu Jumra dedilar: "Men Ibn Abbos (r.a.) bilan birga o'tirgan edim. U meni o'zi o'tiradigan kursiga o'tqazgan edi. "Men ham sening kursingda ikki oy o'tirgan edim", dedi u menga.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:06:22

1196.  Xolid ibn Dinor aytdilar: "Anas ibn Mo-lik (r.a.) Basra amiri Hakam bilan so'rida o'tirib, shunday deganlarini eshitdim: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) issiq paytlari namozni kech o'qir, sovuq pay-tlarida esa erta o'qirdilar".

Qayd etilgan