Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609810 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 ... 116 B


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:15:51

1216.  Imron ibn Muslim aytdi: "Men Anas ibn Molik (r.a.)ni mana bunday qilib - bir oyog'ini ikkinchisi ustiga qo'yib o'tirganini ko'rdim".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:16:20

563-bob. Kiyimga o'ralib olish haqida

1217-hadis. Sulaymon ibn Jobir Hujaymiy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga kelganimda, ul zot burdaga o'ralib olgan edilar, uning etaklari oyoqlarigacha tushib turardi. Men: "Ey, Allohning Rasuli, menga nasihat qiling", dedim. Ul zot: "Allohdan qo'rq, hech bir yaxshilikni arzimas sanama, suvsagan bir odamning idishini chelagingdagi suv bilan to'latib berish yoki birodaringga ochiq chehra bilan gapirish bilan bo'lsa-da yaxshilik qil. Ustki kiyiming (izor)ini uzun kiyishdan saqlan, chunki u Alloh yoqgirmaydigan ishlardandir. Bir kishi sendan biron kamchilik topib, tanbih bersa, sen uning ay-bini topib tanbih berma! Qo'y uni! Uning fikri o'zi-ga (zarariga)dir, savobi senga bo'ladi. Hech narsani so'kma", deya nasihat qildilar". Jobir (r.a.) aytdilar: "Shundan keyin men hech bir insonni ham, hayvonni ham so'kmadim".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:16:37

1218-hadis 546-bobdagi 1185-hadisning takrori, faqat bunda Abu Hurayra (r.a.) men Hasanni ko'rganimda ko'zlarim jiq yoshga to'ladi", deb boshlagan.

564-bob. Tiz cho'kib o'tirgan kishi haqida

1219. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) qavm bilan peshin namozini o'qidilar. Salom berilgach, minbarga chiqib qiyomat-ni va unda bo'ladigan buyuk ishlarni esladilar. So'ngra: "Kim nima haqda so'ramoqchi bo'lsa, marhamat, so'rasin. Allohga qasamki, mana shu o'rnimda ekanman, siz nima so'rasangiz ham javob beraman", dedilar". Anas (r.a.) (davom etib) aytdilar: "Odamlar Rasululloh (s.a.v.)dan buni eshitib, ho'ngrab yig'lay boshladilar. Rasululloh (s.a.v.) esa, "So'rang!" deya takrorladilar. Shunda hz. Umar (r.a.) tiz cho'kib: "Biz Allohni Parvardigor deb, Islomni din deb, Muhammadni Payg'ambar deb rozi bo'ldik", dedi. Ra-sululloh (s.a.v.) hz. Umar (r.a.) gapirayotganda jim turdilar. So'ng: "Juda yaxshi. Jonim qo'lida bo'lgan Zotga qasamki, namoz o'qiyotganimda jannat va do'zax mana shu devorning yuzida menga ko'rsatildi. Yaxshi-likni ham, yomonlikni ham bugungidayini ko'rma-dim", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:16:48

565-bob. Chalqancha yotish haqida

1220.  Abdulloh ibn Zayd ibn Osim Mozoniy (r.a.) aytdilar: "Men Rasuli akram (s.a.v.)ni bir oyoqlarini ikkinchisining ustiga qo'yib chalqancha yotganlarini ko'rdim".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:16:59

1221. Ummu Bakr binti Musavvirning otasi aytdi: "Men Abdurrahmon bin Avf (r.a.)ni bir oyog'ini ik-kinchisining ustiga ko'tarib chalqancha yotganlarini ko'rdim"

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:17:20

566-bob. Yuztuban yotish haqida

1222.  Ibn Tixfa G'iforiyning otasi ashobi suf-fadan edilar. U kishi aytdilar: "Men masjidda kechaning oxirgi qismida uxlayotgandim. Qornimni yerga berib uxlayotganimda kimdir kelib, oyog'i bilan meni turtib: "Tur, bunaqa yotish Allohning g'azabini keltiradi", dedi. Boshimni ko'tarib qarasam, tepamda Rasululloh (s.a.v.) turgan ekanlar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:17:26

1223.  Abu Umoma (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) masjidda yuzini yerga qilib (yuztuban) cho'zilib yotgan odamning yonidan o'tayotib: "Tur, (ey) jahannamiylarcha uxlayotgan odam!" - deb oyoqlari bilan turtdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:17:39

567-bob. Faqat o'ng qo'lda olib berish haqida

1224. Solimning otasi aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Hech biringiz chap qo'li bilan yeb-ichmasin, chunki shayton chap qo'lida yeb ichadi", dedilar. Nofi' (r.a.) bunga shunday qo'shimcha qildilar: "Ul zot yana: "Chap qo'l bilan olmangiz ham, bermangiz ham", degandilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:17:51

568-bob. O'tirmoqchi bo'lganda poyabzalini qaerga qo'yish kerakligi haqida

1225.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Kishi o'tirayotganda poyabzalini yechib, yoniga qo'yishi sunnatdir".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:17:59

569-bob. Shayton to'shakka kaltak va tosh tashlashi haqida

1226.  Abu Umoma (r.a.) aytdilar: "Sizlardan bi-ringiz ayolini o'ringa yotqizib, ko'nglini olayotganda shayton u odamni ayolidan g'azablantirish uchun uning to'shagiga kelib, kaltak, tosh va yo (shunga o'xshash) narsalarni tashlaydi. Agar shunday (narsa) topsa, ayoliga jahl qilmasin, zero u shaytonning amallaridandir".

Qayd etilgan