Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608776 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 ... 116 B


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:18:10

570-bob. Ochiqlikda hech bir to'siqsiz uxlagan kishi haqida

1227. Abdurrahmon ibn Ali otasqdan rivoyat qiddi: Rasululloh (s.a.v.): "Kimki uyidan tashqarida uxla-sa-yu, ustida hech bir parda (to'siq) bo'lmasa, undan himoya soqit bo'libdi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:18:17

1228.  Ali ibn Amora aytdilar: "Abu Ayub Ansoriy (r.a.) bilan tep-tekis bir maydonga ko'tarildim. Abu Ayub (r.a.)tushib: "Kechqurun hech bir himoyasiz yotib qolay debman", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:18:24

1229.  Rasululloh shunday deb marhamat qilshanlar: "Atrofi ochiq joyda uxlab qolgan kishiga hech kim mas'ul emas. Dengiz to'lqinlanib turgan paytda kema-ga mingan odam uchun ham hech kim mas'ul emas".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:18:55

571-bob. Oyoqni osiltirib o'tirish haqida

1230.  Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Payg'ambar (s.a.v.) devor(li bir joy)da, quduq og'zi-da, oyoqlarini quduq ichiga osiltirib olgan edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:19:06

572-bob. Uydan chiqishda nima deyilishi haqida

1231.  Ibn Umar (r.a.) uylaridan chiqishda: "Allo-him, meni o'zing asragin va (har turli balolardan) saqlagin", der edilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:19:18

1232. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) uylaridan chiqsalar: "Bismillahi, attuyutanu 'alal-lohi, La havla va la quvvata illa billahi", der edilar.

Tarjimasi: Bismilloh, tavakkul Allohgadir, barcha kuch-qudrat Allohnikidir .

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:19:58

573-bob. Kishi do'stlari oldvda oyog'ini uzatishi yoki yonboshlashi haqida

1233.  Shihob bin Ibod Asriy aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga yaqinlashib qolganimizda (tepalik-ka) ko'tarildik, yo'lda ulovini tezlatab, bizga yaqinla-shib kelayotgan odam bilan uchrashdik, u odam salom ber-di, biz alik oddik. So'ngra to'xtatib: "Qaysi qabiladan-siz?" - deb so'radi. "Abulqays (qabilasi) elchilarimiz", deb javob berdik. U kishi: "Marhabo, xush kelibsiz, men sizlarni poylayotgan edim. Sizlarga xushxabar berish uchun keldim. Kecha Rasululloh (s.a.v.) Mashriq tomonga qarab: "Mana shu tarafdan ertaga arablarning eng yaxshi elchi-lari keladi", degandilar, shuning uchun bu yerda sizlarni kutib turgandim. Tong ottach, yuklarimni tuyamga ortib, kun chiqquncha yo'l yurdim. Qaytmoqchi bo'lib turgandim, tuyalaringazning boshlari ko'rindi". Keyin u odam tuyasining jilovini burib, tezlatab ortiga qaygib, Ra-sululloh (s.a.v.)ning huzurlariga borgach to'xtadi. Ul zot-ning atroflarini muhojirlar va ansorlar o'rab olgan-dilar. Hz. Umar (r.a.): "Ota-onam sizga fido bo'lsin, siz-ga Abulqays qabilasining elchilari xabarini keltir-dim", dedi. Ul zot: "Sen ularni qaerda (ko'rding), yo, Umar?" - deb so'radilar. Umar (r.a.): "Ana ular, izimdan kelib qolishdi", dedi. Umar (r.a.) shu gapni aytgach, Ra-sululloh (s.a.v.): "Alloh seni ham yaxshi xabar bilan xur-savd qilsii!" - deb duo qildilar. Rasululloh (s.a.v.) ridolari etagini qo'llari tagiga tashlib, yonboshlab, oyoklarini uzatib olgandilar. Elchilar kelishdi. Bundan muhojirlar ham, ansorlar ham xursand bo'ldilar. Elchi-lar Rasululloh (s.a.v.) va sahobiylarini ko'rib behad shod bo'lib, tezda yaqinlashdilar. Qavm kengaydi. Ashaj kech qoddi, uning asl ismi Munzir ibn Oiz ibn Munzir ibn Horis ibn Numon ibn Ziyod ibn Asar edi. U tuyalar-ni to'plab, cho'ktirib, ustidan yuklarini tushirdi va nar-salarini yig'di. So'ng yukdonini chiqardi, ustidan safar kiyimini yechib, (boshqa) libos kiydi. So'ngra ohista yurib keldi. Rasululloh (s.a.v.): "Sizlarning ulug'ingaz va boshlig'ingaz kim?" - deb so'radilar. Hammalari baro-bariga u (Ashaj)ni ko'rsatishdi. Ul zot: "U sayyidingiz-ning o'g'limi?" - deb so'radilar. Ular: "Uning ota-bobo-lari johiliyatda bizning sayyidlarimiz, ulug'larimiz bo'lishgan, uning o'zi esa Islomga boshlovchimizdir", deyishdi. Ashaj ishini tugatib, chetroqtsa o'tirmoqchi bo'lgan edi, Rasululloh (s.a.v.) to'g'ri o'tirib olib: "Bu yoqqa (kel), ey, Ashaj", dedi-lar. U o'sha kundan e'tiboran "Ashaj", deb atala boshlandi. Uni go'dakligida eshak te-pib yuborib, yuzida oyga o'xshash izi qojandi. U kelib ul zotning yoshgariga o'tirdi. Ul zot uni (sheriklaridan) fazilatliroq ekanligini bdlib, unga iltifot ko'rsat-dilar. Qavm ul zotga yaqin kelib (ba'zi narsalarni) so'ra-dilar. Ul zot ular so'ragan narsalarni bildira turib, so'zlarining oxirida "Yemishlaringizdan biron narsa qol-ganmi?" - deb so'radilar. Ular: "Ha", deb shoshilib o'rin-laridan turdilar. Ulardan har biri yuklaridan bor xur-molarini hovuch-hovuch qilib ul zot oldidaridagi matoga to'kdilar. Ul zotning ko'llarida ikki gazdan kaltaroq, bir gazdan uzunroq bir xurmoning bargsiz navdasi bor bo'lib, yurganlarida unga tayanardilar, goho-goho uni tash-lab ham ketardilar. Rasululloh (s.a.v.) ana shu tayoq bilan xurmo uyumiga ishorat qildilar va: "Buni azuz (shirin, qora xurmo) deysizlarmi?" - dedilar. "Ha", deyishdi. Ul zot: "Buni sarafon (yaxpt xurmo) deb ataysizlarmi?" - dedilar. "Ha", deyishdi. "Bunisini barzaniy (toza xur-mo), deysizmi?" - so'radilar yana. "Ha", deb javob be-rishdi. Ul zot: "Bu xurmozorlaringizning eng yaxshisi va eng pishganidir", dedilar". Ba'zi mahalliy oqsoqollar-dan biri bu hadisga shunday ilova qiladilar: "Baraka-lilik borasida eng a'losidir", dedilar". Biz sifatsiz xurmolarni tuya va hayvonlarimizga yedirardik. Ushbu safardan qaytganimizdan keyin bu xurmolarga nisbatan buyuk rag'bat tuydik. So'ng bu xurmoning navdalarini ek-dik. Hatgo bu xurmolarimiz o'shandan yuzaga keldi, Biz undan baraka topdik.

Ashaj -peshonasida tirtig'i bor, degani .

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:20:30

574-bob. Ertalab turganda nima deyilishi haqida

1234-hadis 272-bobdagi 619-hadis, 1235-hadis 291-bobdagi 7.19-hadis-larning takrori bo'lib kelgan.

1236. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Kimki ertalab turgan paytda: "Ey, Allohim, Sening shohidligingda, Arshingni ko'tarib turadigan (farishtalar), maloikalar va barcha mahluqotning shohidligida tong ottirdik. Albatta, Sen Allohdirsan, sendan boshqa hech qanday iloh yo'q. Sen yolg'izdirsan, Sening hech qanday sheriging yo'q. Muhammad (s.a.v.) bandang va elchingdir" - deb ayt-sa, Alloh taolo uning o'sha kuni 1/4 qismini do'zaxdan ozod qiladi. Kimki 2 marta aytsa, Alloh uning yarmini do'zahdan ozod qiladi. Kimki 4 marta aytsa, Alloh o'sha kuni uni do'zax olovidan ozod qiladi.

575-bobdagi 1237, 1238, 1239-hadislar 293-bobdagi 727-hadisning takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:20:39

576-bob. O'ringa kirayotganda nima deyilishi haqida

1240.  Huzayfa (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) uxlamoqchi bo'lsalar: "Allohim, Sening isming bilan o'lib-tirilurman", der edilar. Uyg'onganlarida: "Bizga o'ddirganidan so'ng takror hayot bergan Alloh taologa hamd bo'lsin, qaytishimiz faqat Ungadir", der edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:20:47

1241. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) o'rinlariga kirganlarida: "Bizni yedirib-ichirgan, kifoyat etgan va panoh bo'lgan Alloh taologa hamd bo'lsin. Kifoya qiluvchisi va panohi bo'lmaganlar qan-chadan qanchadir", der edilar.

Qayd etilgan