Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608884 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 ... 116 B


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:23:44

583-oob. Chiroqni o'chirish haqida

1257.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilini-shicha, Rasululloh (s.a.v.): "(Kechqurun yotishdan oldin) eshiklarni berkitinglar, suv idish (mesh)ning og'zi-ni bog'langlar, tovoqdarni to'ntarib qo'yinglar, idish-larning ustini yopib qo'yinglar va chiroqni o'chiring-lar. Zero, shayton yopiq (eshik)ni ochmaydi, bog'liq (me-sh)ni yechmaydi, (og'zi yopiq) idishni ochmaydi. Sichqon bo'lsa, odamlarning uylarini yoqadi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:24:02

1258.  Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Bir sichqon ke-lib, chiroq piligini sudrab ketdi. Joriya uni hayda-moqchi bo'lib ketayotganda, Rasululloh (s.a.v.): "May-li, tegma unga", dedilar. Sichqon piligni sudrab ke-lib ul zot o'tirgan yopinchiq ustiga tashladi. Yopinchiq-ning tangaday joyi kuydi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Agar uxlashga yotsangiz, chiroqlaringizni o'chiring, chunki shayton shu sichqon kabilarni yo'naltirib, siz-larni kuydiradi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:24:11

1259.  Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: "Kunlardan bir kun Payg'ambarimiz (s.a.v.) kechasi uyg'onib ket-dilar. Qarasalar, bir sichqon chiroq piligini tortqi-lab, ularni yondirib yuborish uchun tomga ko'tarib ke-tayotgan ekan. Ul zot uni la'natladilar va mahramla-riga uni o'ldirishni halol qildilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:24:51

584-bob.

1260.  Solim otalaridan rivoyat qiddilar: Rasulul-loh (s.a.v.): "Uyquga ketishingizdan oldin uyingizda olov qoldirmang", deya marhamat qildilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:24:59

1261.  Ibn Umar (r.a.)day rivoyat qilinishicha, hz. Umar (r.a.): "Haqiqatda olov dushmandir, undan ehtiyot bo'ling", dedilar. Ibn Umar (r.a.) ahl-ayollariga olov yoqib berar, yotishdan oldin o'chirib yotardilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:25:12

1262.  Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.): "(Yotar chog'ingizda) uylaringizda olovni (yoniq hodtsa) qoldirmang, zero, u ham dush-manning bir xilidir", deb marhamat qildilar.

1263-hadis 1259-hadisning aynan takrori. Faqat u Abu Muso Lsha-riydan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:25:23

585-bob. Yomg'irda yaxshilik alomatini ko'rish haqida

1264.  Ibn Abbos (r.a.) yomg'ir yog'sa: "Ey, joriya, kiyimimni, egarimni olib chiq", derdilar, so'ng: "Biz osmondan barakotli suv (yomg'ir)ni yog'dirdik..." (50:9) oyatini o'qirdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:25:36

586-bob. Uyga qamchini osib qo'yish haqida

1265.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.)ddn rivoyat qilin-di: "Rasululloh (s.a.v.) uyga qamchi osib qo'yishni bu-yurdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:25:46

587-bob. Kechasi eshiklarni yopish haqida

1266.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasu-lulloh (s.a.v.): "Tongga yaqin paytdaga tun zulmatidan saqlaning, zero hech biringiz Alloh maqiuqotlarini qanday tarqatib tashlaganini bilmaysiz. Eshiklarin-gizni berkiting, suvdonlarinshzning og'zini mahkam-lang, idishlaringizni ustani yoping va chiroqyaarin-gizni o'chiring", deb buyurdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:26:01

588-bob. Tun payti bolalarni uydan chiqarmaslik haqida

1267.  Jobir (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Yosh bolalaringazni tun qoroshuligi ketgunicha olib o'girin-gaz, (chunki) bu shaygonlarga berilgan soatdir", dedilar".

Qayd etilgan