Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609733 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 ... 116 B


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:29:40

596-bob. Erkaklarni xatna qildirish haqida

1280. Abu Hurayra aytdilar (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.): "Ibrohim (a.s.) 80 yoshlaridan keyin Qaddum degan joyda o'roq-randa (ga o'xshash tig') bilan xatna qilinganlar", dedilar".

Qaddum Xalaf yaqinidagi bir joyning nomi. Madina yaqinidagi tog'ni ham shunday deyisharli, deguvchilar ham bor.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:29:59

597-bob. Ayollarni xatna qilish haqida

1281. Ummu-l-Muhojir aytdilar: "Men Rum yaqini-da asirga tushdim. hz. Usmon (r.a.) bizga Islomga ki-rishni taklif qidtsilar. Men va yana bir kishidan boshqa hech kim musulmon bo'lmadi. Hz. Usmon (r.a.) (yonidagilarga): "Bu ikkovini xatna qildirib, tozalang", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:30:11

598-bob. Xatna ziyofatiga chaqirish haqida

1282. Solim aytdilar: "Ibn Umar (r.a.) men va Nu'-aymni xatna qildilar va bizga qo'chqor so'ydilar. Biz uchun qo'y so'yilganiga bolalarcha suyunganimizni ko'rsangiz edi!"

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:30:32

599-bob. Xatna marosimida xursandchilik qilish haqida

1283. Hz. Oyisha (r.a.) akasining qizlari xataa qil-dirilgan edi. Oyisha onamizga shu munosabat bilan "Ularni xursand qilish uchun birortasini chaqirmay-mizmi?" - deyishdi. Hz, Oyisha (r.a.): "Mayli", deb Adiyga odam yubordilar, u keddi. Oyisha onamiz uy-larining yonidan o'ta turib Adiyning boshini tebra-tib, zavq bilan xonish qilayotganini ko'rdyutar. U ser-tuk odam edi. Oyisha (r.a.): "Bay-bay, chiqarib yubo-ringlar shaytonni, chiqaringlar uni!" - dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:31:26

600-bob. Zimmiylar ziyofatga chaqirsa...

1284.  Hz. Umar (r.a.)ning mavlosi Aslamdan rivoyat qilindi: "Biz hz. Umar (r.a.) bilan Shomga kelgani-mizda, Umar (r.a.)ning oldilariga qishloq oqsoqoli kelib: "Ey, mo'minlar amiri, sizga bir taom hozirlagandim, o'zingiz bilan hurmatli (hamroh)laringizni olib borsangiz, xursand bo'lardim, zero bu amal-larning eng taqvolisi va men uchun eng sharafli ish-dir!" - dedi. Hz. Umar: "Biz cherkovlaringizda surat-lar borligi sabab u yerga kirolmaymiz", dedilar".

601-bobdagi 1285-hadis 1281-hadisnjg takrori, faqat unda Ummu-l-Muhojirning hz.Usmon (r.a. xizmatlarida qolganligi aytilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:31:36

602-bob. Yoshi ulug'lar xatnasi haqida

1286. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Ibrohim (a.s.) 120 yoshlarida1 xatna qildirildilar. Shundan keyin 80 yil yashadilar. Said ibn Musayyib aytdilar: "Ib-rohim (a.s.) birinchi xatna qidtsirilganlar, birin-chi mehmonnavozlik qilganlar, birinchi bo'lib muylovlarini qisqartirganlar, birinchi bo'lib tirnoq olganlar va birinchi bo'lib sochlari oqargan. Ibrohim (a.s.) (buni ko'rib): "Bu nima, ey, Parvardigorim?" - deb so'radilar. Alloh: "Viqor", dedi. Ibrohim (a.s.): "Parvardigorim, viqorimni ziyoda qilgin", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:31:44

1287. Solim ibn Abu Zayyol aytdilar: "Men Hasan Bas-riy (r.al.)ning: "Molik ibn Munzirning qilgan ishiga taajjublanmaysizlarmi? Musulmon bo'lgan Kaskar ahli keksalarini xatna qildirishga buyurdi. Holbuki, u paytDa qish edi. Aytishlaricha, ulardan ba'zilari o'lganmish. Payg'ambarimiz (s.a.v.) davrida habashliklar va rumlikyaar Islomga kirishganda, ularni bu borada hech

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:31:55

1288. Ibn Shihob aytdilar: "Kishilar Islomga kirgach, garchi yoshlari katga bo'lsa ham xatna qiddirardilar".

1 Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan 1280-hadisda ham xat-na haqida gap borib, unda Rasululloh (s.a.v.)ning tillaridan Ib-rohim (a.s.)ning 80 yoshida xatna qilinganlari gapirilgan, val-lohu a'lam, o'sha 1280-hadis ishonchliroqtsir.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:32:05

603-bob. Farzand tug'ilganda ziyofatga chaqirish haqida

1289.  Bilol bin Ka'b aytdilar: "Biz Ibrohim, Ad-ham va Abdulaziz ibn Qarir bilan Muso ibn Yasor, Yahyo ibn Hasan Bakriy filastiniylarni ko'rgani qipshoq-lariga bordik. Oldimizga ovqat olib kelishdi. Muso yemadi, ro'zador ekan. Yahyo aytdi: "Mana shu masjidtsa bizga 40 yil imomlik qilgan Payg'ambar (s.a.v.) sahobiylarvdan Bani Kanonalik bir odam bo'lardi. Uni Abu Qursofa deyishardi. U odam bir kuni ro'zador, bir kuni tutmas edi. Otam farzand ko'rganlarida, u odamni ziyo-fatga chaqirdilar, o'sha kuni ro'zador ekan, lekin ro'za-sini buzdi". Keyin Ibrohim o'rnidan turib, kiyimini tozaladi. Muso ro'zasini ochdi". Abu Abdulloh aytdilar: "Abu Qursofaning ismi Jandora ibn Xayshana edi".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:33:35

604-bob. Go'dakning tanglayini ko'tarish haqida

1290.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Men Abdul-loh ibn Abu Talha tug'ilgan kuni ko'tarib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib   bordim. Rasuli akram (s.a.v.) abolariga o'ralib tuyalarini ovqatlantirayotgan ekanlar. Mendan: "Xurmoing bormi?" - deb so'radilar. Men: "Ha", deb xurmo uzatdim. Tuya xurmoni kavshay boshladi. So'ngra chaqaloqqa ham xurmodan bo'lib, og'ziga soddilar. Go'dak maza qildi. Shutstsa Rsululloh (s.a.v.): "Ansor xurmoni sevadi", dedilar va go'dakni Abdulloh deb nomladilar".

Qayd etilgan