Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610040 marta o'qilgan) Chop etish



Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:33:51

605-bob. Farzand tug'ilganda uni duo qilish haqida

1291.  Muoviya ibn Qurra (r.al.) aytdilar: "Iyos tug'ilganda bir necha sahobiylarni chaqirib, ziyofat berdim, ular duo qilishdi. Men: "Sizlar duo qildingiz.

Allohtaolo (molimga) barakot berdi. Etstsi men duo qila-man, sizlar "Omin", deb turing!" - dedim. Uning dini, akli va boshqalariga ko'p duo kdotsim. Men uni o'sha kun-gi duodan tanib olaman".

Ya'ni farzandim ulg'ayganda duolarim mustajob bo'lganini ko'ra-man, demoqchi.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:34:00

606-bob. Bola sog'lom tug'ilsa, Xudoga shukr qilish haqida

1292.  Hz. Oyisha (r.a.) biron oilada farzand tug'il-sa, o'g'il yoki qizligini so'ramas edilar. Balki: "Sog'lommi?" -deb so'rar, "Ha", deyilsa, "Olamlarning Parvardigori Allohga shukr", derdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:34:15

607-bob. Kindik osti tuklarini olib yurish haqida

1293.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Beshta narsa fitratdandir: mo'ylabni qisq-artirish, tirnoqni olish, kindik osti va qo'ltiq osti tuklarini olib yurish va misvok qilish", deb marha-mat qilganlar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:34:26

608-bob. Tuklarni olishning muddatlari haqida

1294.  Ibn Umar (r.a.) har 15 kunda tirnoqlarini va har oyda badanlaridagi tuklarini tozalardilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:34:36

609-bob. Qimor haqida

1295.  Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Johiliyat davri-da odamlar: "Tuya qimorbozlari qaerda?" - derdilar. Shunda o'n kishi bir joyga yig'ilib, yangi sutdan chiq-qan o'nta bo'taloqqa bir tuya sotib oladilar. So'ng qimor o'qlarini aralashtirib bir xaltaga soladilar, ulardan biriga bo'sh o'q chiqquniga qadar xaltadan o'qni sug'urishda davom etaveradilar. Qolganlari esa quruq qoladilar. Bo'taloqlar tugagunicha ismi yozig'liq o'q chiqqan kishi hissasini olib ketaveradi. Mana shu qimordir".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:34:44

1296.  Ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Maysir qimordir".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:34:55

610-bob. Xo'roz ustidagi garov haqida

1297. Rabi'a ibn Abdullohdan rivoyat qilindi: "Hz. Umar (r.a.) xalifalik yaqglarida ikki kishi ikki xo'rozdan garov o'ynadi. Hz. Umar r.a.) xo'rozlarni so'yib yuborishni buyurdilar. Shunda ansorlardan bir kishi: "Allohga tasbih aytib turgan jonivorni o'ldirasiz-mi?" - dedi. Hz. Umar (r.a.) xo'rozlarni qo'yib yubor-dilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:35:08

611-bob. Do'stiga: "Kel, garov o'ynaymiz", deyish haqida

1298. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Sizlardan kimki qasam ichib, qasamida "Lot va Uzzo haqqi", deb yuborsa, "La ilaha illaloh", desin. Kimki do'stiga: "Kel, garov o'ynaymiz", desa, sadaqa bersin", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:35:22

612-bob. Kaptar qimori haqvda

1299.  Abu Hurayra (r.a.)ning oldilariga bir kishi kelib: "Biz bir-birimiz bilan ikki kaptardan garov o'ynaymiz", dedi. Abu Hurayra (r.a.): "Bu yosh bolalar-ning ishidir, tezda bu ishingizni tashxang", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:35:38

613-bob. Ayollarning tuyalarini haydab borish haqida

1300. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Baro ibn Molik xirgoyi qilgan holda erkaklarning tu-yalarini haydab borardi. Anshaja esa, ayollarning (tu-yalarini) haydardi. U xushovoz edi. Rasululloh (s.a.v.) unga: "Ey, Anshaja, ayollar (tuyalarini) ohista yurg'iz", dedilar.

Qayd etilgan