Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608713 marta o'qilgan) Chop etish



Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:36:11

614-bob. Ashula haqida

1301.  Ibn Abbos Alloh taoloning: "Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan....behuda so'z(lar)ni sotib olurlar..." (31:6) oyatidagi (behuda so'z)ni "ashula va shunga o'xshash narsalardir", deganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:36:18

1302.  Baro ibn Ozib aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Salomni oshkora beringlar. Dilxushlik zarardir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:36:25

1303.  Fuzola ibn Ubayddan rivoyat qilindi: Bir jamoa ichida o'tirgandilar, odamlarning nard o'ynayotganlari haqida xabar keddi. U kishi nihoyat daraja-da g'azablanib, o'rinlaridan turib ketdilar. So'ng: "Uning qimoridan (keladigan narsani) yeyish uchun o'ynaydigan odam xuddi chuchqaning go'shtini yeb, qoni-ga cho'milgan kabidir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:36:33

615-bob. Nard o'ynayotganlarga salom bermagan kishi haqida

1304.  Fuzayl ibn Muslim otalaridan rivoyat qildilar: Hz. Ali (k.v.) bino eshigidan chiqib, nard o'ynayotganlarni ko'rsalar ulardan uzoqlashardilar hamda ularga salom bermaslikka buyurardilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:36:42

616-bob. Nard o'ynaganning gunohi haqida

1305. Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh: "Kimki nard o'ynasa, Alloh va rasuliga osiy   bo'libdi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:36:49

1306.  Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.): "Ushbu ikki ni-shonli, man qilingan kubdan saklaning, zero u qimordir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:36:58

1307.  Burayda (r.a.)ning rivoyat qilipshariga ko'ra Rasululloh shunday demishlar: "Kimki nard o'ynasa, qo'lini cho'chqaning etiga va qoniga botiribdi".

1308-hadis 1305-hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:37:09

617-bob. Nard o'ynovchilarning ahvoli haqida

1309.  Nofi' (r.a.) aytdilar: "Abdulloh  ibn Umar (r.a.) agar xonadonlarida biror kishi nard o'ynayot-ganini ko'rib qolsalar, uni urib, nardni sindirib tashlar edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:37:16

1310.  Oyisha onamizdan rivoyat qilindi: Uylarida yashovchi axli baytda nard borligini xabari yetib kel-di. Hz. Oyisha darhol ularga odam jo'natib: "Agar nardni tezda chiqarib tashlamasangiz, o'zingizni uydan chiqarib yuboraman!" - dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:37:31

1311.  Abdulloh   ibn Zubayr o'z xutbalarini shuvday dedilar: "Ey, Makka ahli, menga yetib kelgan xabarga ko'ra. Quraysh kishilari nard degan o'yin o'ynayotgan zmish-lar. Bu juda muammodir. Alloh taolo: "Albatga, may va qimor..." degan. Men Alloh nomi bilan qasam ichib ayta-manki, kimki bu o'yinni o'ynasa, oqibati sochi va terisigadir. (ya'ni, oqibati juda yomon bo'ladi) hamda uning butun molshsh u haqda xabar keltirganga olib beraman!"

Qayd etilgan