Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610023 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 109 110 111 112 113 114 115 116 B


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:42:17

1337.  Hasan (r.a.) aytdilar: "Hz. Usmonr.a.) jum'a xutbasqtsa faqat (daydi va quturgan) itlarni o'ldi-rish va kaptarlarni so'yishni buyurardilar".

1338-hadis yuqoridagi hadisning takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:42:27

630-bob. Hojati tushgan odamning oldiga o'zi borishi kerakligi haqida

1339.  Zayd ibn Sobit (r.a.)dan rivoyat qilindi: Hz. Umar (r.a.) bir kuni uning eshigiga kelib, kirshp uchun izn so'radilar, Zayd izn berdi. Boshi joriyasining qo'lla-ri orasida, joriya uning sochini tarayotgan edi. (Umarni ko'rib) boshini tortib oldi. Hz. Umar (r.a.): "Qo'y, so-chingai tarayversin", dedilar. "Chaqirtirsangiz o'zim borardim-ku, ey, mo'minlar amiri", dedi Zayd (r.a.). Hz. Umar (r.a.): "Mening senga hojatim bor edi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:42:39

631-bob. Odamlar oldida balg'am tashlash haqida

1340.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Kishi odamlar oldvda balg'am ko'chgan paytda kafti bilan to'sib (odam-lar yo'q) yerga tashlasin. Agar ro'zador bo'lsa, o'zini yog'la-sin toki unda ro'za ekanidan asar  qolmasin".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:43:35

632-bob. Birovga tegmaydigan qilib gapirish haqida

1341.  Habib ibn Sobit aytdilar: "Sahobiylar bosh-qa kishiga tegmaydigan qilib umumiy tarzda gapi-rishni yaxshi ko'rishar edi".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:44:23

633-bob. Birovning uyida alanglab qarayverish haqida

1342.  Ibn Abil Huzayl aytdilar: "Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) bir kishini ko'rgani bordilar. U bilan do'stlaridan yana bir kishi bor edi. Uyga kirishgach, do'sti alanglayverdi. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) unga: "Xudo haqi, buvdan ko'ra ko'zingning o'yilib tushgani yaxshi edi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:45:40

1343.  Iroqliklardan bir guruh Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning huzuriga keldi. Xizmatchilarning bo'yinla-rida oltin bezak bor edi. Ibn Umar ularga qarab: "Yovuz-lik uchun bunchalar chaqqon bo'lmasangiz!" - dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:45:58

634-bob. Ortiqcha so'zlash haqida

1344.  Abu Hurayra dedilar: "Ortiqcha gapda yaxshilik yo'q".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:46:14

1345. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ummatimning yomonlari bekorchi, nojo'ya gaplarni tinmay javraganidir, ummatimning yaxshila-ri esa eng go'zal xulklilaridir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:48:19

635-bob. Ikkiyuzlamachilik haqida

1346.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Odamlarning yomonlaridan biri ikkiyuzala-machidir, bularga bir yuzi bilan borsa, ularga boshqa yuzi bilan keladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:49:12

636-bob. Ikki yuzlamachilikning gunohi haqida

1347.  Ammor ibn Yosir (r.a.) aytdilar: "Men Rasu-lulloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini eshitdim:"Kim dunyoda ikkiyuzlamachi bo'lsa, qiyomat kuni uning tili olovdan bo'ladi". Bir gavdali odam o'tib qolgan edi, ul zot: "Bu o'shalardandir", dedilar".

Qayd etilgan