Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608715 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 116 B


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:12:47

87-bob. Xizmatkor gunoh qilsa

166. Osim ibn Luqayt ibn Sahra (r.a.) aytdilar: "Men Paygambari Xudo huzurlariga yetib keldim. Shu vaqtda podachi bir qo’zichoqni orqasidan itarib qo’yxonaga kiritayotgan edi. Rasululloh (s.a.v.): "Sen men uchun qo’y so’yildi, deb hisoblama! Bizda yuzta quy bor, ko’payib ketishini istamaymiz, qachon cho’pon yangi tugilgan qo’zichoqni olib kelsa, o’rniga bir qo’yni so’yamiz", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:13:22

88-bob. Qulga topshirilgan narsani muhrlab berish haqida

167.  Abu Oliya (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bizlar xizmatchilarimiz yomon odatga o’rganmasin va o’zimiz badgumon bo’lmaylik, deb ularga buyurilgan narsani muhrlab, o’lchab va sanab berishga da'vat etilganmiz".

Bu o’rinda garchi qulga topshiriladigan ish haqida gap borsada, ammo sharti umumiydir. Boshqalarga ish topshiradigan har bir kishi azbaroyi badgumon bo’lishdan xalos bo’lmoq uchun va birovlarni aybdor qilib qo’yish gunohidan forig bo’lmoq maqsadida buni o’z turmushida tadbiq etmogi zarurdir .

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:13:39

89-bob. Xizamtkorni siylash haqida

168. Salmon Forsiy: "Xizmatkor menga xiyonat qilib qo’yishidan qo’rqqanim uchun uni go’shtlari shilingan suyaklar bilan hamisha siylab turaman"; dedilar.

169-hadis 168-hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:14:07

90-bob. Xizmatkorga odob berish haqida

170.  Yazid ibn Abdulloh ibn Kusayt (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) o’zlarining gulomlariga oltin yoki kumush berib, uni almashtirib kelish uchun yubordilar.G’ulom esa uni nasyaga almashtirib kelganda, Abdulloh uni qamchin bilan urib: "hozir qaytib borib, pulning o’zini menga qaytarib olib kel!" - dedilar".

Shariati islomiya hukmida oltinni kumushga yoki kumushni oltinga almashtirlisa ikkalasi naqd  va qo’lma-qo’l berilishi shart. Aks holda bu ish ribo hisoblanadi.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:14:37

171. Abu Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Men o’zimning gulomimni urayotgan edim, shu paytda orqamdan: "Ey, Abu Mas'ud! Bilib qo’yki, Alloh taoloning senga qodirligi sening qulingga qodirligingdan albatta zo’rroqdir", degan ovozni eshitdim. Bunday qarasam ovoz egasi Rasuli Xudo ekanlar. Shu onda men: "Yo Rasululloh! Allo? taoloning rizosi uchun bu gulomimni ozod qildim", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Agar buni ozod qilmaganingda, seni albatta do’zax o’ti kuydirar edi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:14:48

91-bob. Birovni yuzi qora bo’lsin, deb qarg’amaslik haqida

172. Abu Hurayra (r.a.) Rasuli akram (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh(s.a.v.: "Falonchining yuzini Alloh   hunuk  qilsin, deb duoibad qilmanglar", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:15:02

173. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Hech kimni Alloh taolo yuzingni va mening yuzimga o’xshagan yuzni xunuk qilsin, deb aslo duoibad qilma, chunki Alloh taolo Hz. Odam (a.s.)ni ham o’z suratida yaratgandir".

Bu "o’z suratida" degan ibora manosida ulamolar har xil fikr bildirganlar. Bazilar suratdan
murod sifatdir, ya'ni Allohning sifatlaridan bazisi: bilish, ko’rish, eshitish kabilar Odam (a.s.)da va uning avlodlarida ham bor. Shuning uchun "Sening yuzishta o’xshagan yuzga ham" deganida, Alloh taologa qarata aytgan bo’ladi, deb talqin qilsalar, ba'zilar "(O’z surati) deb Odam (a.s.)ning suratini iroda qilgan, u vaqtda Odam (a.s.)ni duoibad qilgan bo’ladi", deydilar. Bu haqda yana boshqa e'timodli manbalarga murojaat qilish mumkin .

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:15:40

92-bob. Yuzga urmaslik haqida

174.  Abu Hurayra (r.a.) Payg’ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qildilar. "Rasululloh (s.a.v.): "Qaysi biringiz o’z qulini ursa, yuziga ehtiyot bo’lsin", dedilar".

Yuzda ko’zga tashlanadigan nozik a'zolar bor, ularga musht tegsa inson aybli va xunuk bo’lib qoladi.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:18:36

175.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) belgi qilish uchun yuziga tamg’a bosilgan bir hayvon yonidan o’tib qoldilar. Uning ikki burun teshigidan tutun chiqayotgan edi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) "Shu ishni qilgan kishiga Alloh taoloning la'nati bo’lsin! Hech kim biron maxluqning yuziga tamg’a bosmasin va yuziga urmasin", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:18:51

93-bob. Kim qulining yuziga ursa, uni ozod qilsin

176. Bilol ibn Yasof (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Suvayd ibn Muqarrin (r.a.) hovlisida kiyim-bosh
sotayotgan edik. Bir cho’ri qiz chiqib bir kishiga nimanidir gapirdi, u kishi cho’rining yuziga bir shapaloq urdi. Shunda Suvayd ibn Muqarrin (r.a.) unga qarab: "Cho’rining yuziga urdinga, bizlar yetti aka-uka  bo’lib, xizmatimizda bittagina cho’ri bo’lgan edi. Uning yuziga qaysi birimiz bir shapaloq urganda Rasululloh (s.a.v.) u cho’rini ozod qilib yuborishni buyurdilar", dedi".

Qayd etilgan