Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609802 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 116 B


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:18:58

177. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Kim o’z qulining yuziga ursa yoki qilmagan gunohi uchun unga tanbih bersa, bu ishining kafforoti o’sha qulni ozod qilishdir", degan so’zlarini eshitdim, dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:19:14

178. Muoviya ibn Suvayd rivoyat qildilar: "Bir qulimiz bor edi. Men uning yuziga urgan edim, u qochdi.Otam meni ham, uni ham chaqirib, qulga shunday dedi: "Gapning qisqasi shulki, biz Muqarrin o’g’illari yetti birodar edik va bizning birgina qulimiz bor edi, birodarlarimizdan biri uning yuziga shapaloq tortib yubordi. Rasululloh (s.a.v.) bundan xabar topib shunday marhamat qilgan edilar: "Ularga ayting, qulini ozod qilib yuborsinlar". Ul zotning bu gaplarini eshitgan ashoblar: "Yo Rasululloh! Ularning shu birgina xizmatchisi xolos, boshqa xizmatchilari yo’q", deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Mayli, u holda uni ishlataversinlar, ammo uning ishiga ehtiyojlari qolmagach, albatta, ozod qilsinlar", demishlar".

179-hadis yuqoridagi hadisning takrori. ammo bu hadis Sho’badan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:20:51

180. Zazan ibn Umar aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning huzurlarida edik. Bundan bir necha kunlar ilgari bir sabab bilan kuyib qolgan qulini chaqirdi. Kuylagini ko’tarib kuygan joyini ko’rdi va: "Ancha azoblandingmi?" -deb so’radilar. "Ha", dedi qul. Shundan keyin Abdulloh qulni ozod qildilar.So’ngra yerdan oir cho’p olib, bu qulni ozod qilishdan men uchun mana shu chup og’irligida ham savobi yo’q, dedi. Men u kishidan: "Ey, Abu Abdurrahmon! Nega bunday deyapsiz  deb so’radim. Ibn Umar (r.a.): "Men Rasululloh (s.a.v.)ning: "Kimningki quli ish paytida badanidan jarohat olsa yoki xojasi uning yuziga ursa, o’sha qulni ozod qilsin", deganlarini eshitganman".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:21:01

94-bob. Qulning qasos olishi haqida

181.  Ahmad ibn Yasir (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Kim o’z quliga zulm qilib uni noo’rin ursa, qiyomat kuni albatta undan qasos olinadi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:21:31

182. Abu Layla rivoyat qildi: "Salmon Forsiy (r.a.) uyidan chiqdi. Og’ilxonaga qarasaki, mollarga yetarli yem berilmagan. U qulini chaqirib: "Agar men oxiratdagi qasosdan qo’rqmaganimda senga tanbih bergan bo’lardim", dedi".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:21:37

183.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.): "Qiyomat kuni zimmangizdagi haqni albatta o’z egalariga topshirasizlar, hatto shoxsiz qo’y uchun shoxlik qo’ydan ham o’ch olinadi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:21:44

184.  Ummu Salama ummul-mo’minin (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) u zotning navbatida uylarida bo’lib, o’zlarining cho’rilari yoki Ummu Salamaning cho’risini chaqirdilar. Cho’ri (darhol kelmay) ta'xir qilgani uchun Rasulullohning muborak yuzlarida g’azab alomati ko’rindi. Shunda Ummu Salama (yo’lakdagi) parda tomonga bordilar, cho’ri o’sha yerda o’ynab o’tirgan edi. Rasululloh (s.a.v.) qo’llaridagi misvokni ko’rsatib: "qiyomat kunida o’ch olish xavfi bo’lmaganda edi, men seni shu misvok bilan urgan bo’lardim", dedilar. Muhammad ibn Hasan bu hadisga: "Cho’ri bir uy hayvoni bilan o’ynashib o’tirgan edi. Cho’rini Rasululloh huzurlariga olib kelib: "Yo Rasulalloh! Cho’ri sizning chaqirganingizni eshitmadim. deb qasam ichayapti", degan jumlani qo’shdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:22:11

185. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s a v.): "Kim kimni ursa yoki nimani ursa, qiyomat kuni undan qasos olinadi", dedilar".

186-hadis 185-hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:23:52

95-bob. Qullarni o’zingizdek kiyintiring, degan hadis haqida

187. Uboda ibn Somit aytdilar: "Men otam Valid ibn Uboda bilan ilm talab qilib ansorlarning mana shu ovuliga chiqdik. Bu voqea ularning halok bo’lishidan ilgari bo’lgan edi. Shunda birinchi yo’liqqan kishi Rasulullohning sahobiylaridan bo’lgan Abul Yusr (r.a.) bilan uning yonidagi quli bo’ldi. Abul Yusr burda bilan muofira kiygan va quli ham aynan shunday kiyingan edi. Men: "Ey, amaki! Unga  maofiringizni bersangiz yoki uning maofirini olib o’zingizdagi burdani unga bersangaz, har  ikkovingizda ham bir juftdan kiyim bo’lardiku", dedim. Shunda Abul Yusr boshimni silab: "BarakAlloh", dedilarda: "O’g’lim! Mening shu ikki ko’zim Rasululloh (s.a.v.)ni ko’rgan va qullaringizga o’zingiz yegan taomdan yediring va o’zingiz kiygan kiyimdan kiydiring, degan so’zlarini shu ikki qulog’im eshitgan va ko’nglim uni o’ziga joylagan. Men bu qulimga dunyo matolaridan berganim qiyomat kuni u savoblarimni olib qo’yganidan yaxshiroqdir", dedilar".

Burda - kishi ustiga tashlab yuradigan yo’l-yo’l kiyim yoki to’rtburchak ma'nosida va maofira Yamandagi Maofir degan qabilaga mansub bo’lgan bir xil kiyimdir (t.).
Ya'ni bu kiyimlarning narxi - qiymatida farq bo’lmasa ham birimizda bir xil, ikkinchimizda boshqa
xil bo’lgani uchun qulimning ko’ngliga kelmasin, agar u bu ishimni ko’ngliga og’ir olsa, qiyomatda men Alloh oldida javobgar bo’lib qolishimdan qo’rqib shunday qildim, demoqchi bo’lsalar kerak .

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:26:32

96-bobdagi 188-hadis mazmuni va 96-bobdagi 189-hadis mazmuni ham 186-hadisda o’tdi. Faqat bu hadislarda Rasululloh (s.a.v.)ning "Sizlar ularga og’ir keladigan ishlarni buyurmang", degan so’zlari keltirilgan. 188-hadis Jobir ibn Abdullohdan, 189-hadis Murur ibn Suvayddan rivoyat qilingan.

97-bob.Qullarga yordam berish haqida

190.  Bir sahobiydan rivoyat qilinishiga ko’ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat qilgan ekanlar: "Qullaringaz sizlarning qardoshlaringizdir. Ularga yaxshilik qiling. Kuchingiz yetmagan ishlarda  ulardan yordam oling va ularning ham kuchlari yetmagan ishlarda yordam bering".

Qayd etilgan