Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608798 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 116 B


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:01:54

227. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ga: "E RasulAlloh! Davlati bor kishilar ko’p
savoblarga ega bo’lishadi, chunki ular biz o’qigan namozimizni o’qiydilar, tutgan ro’zamizni ham tutadilar. Buning ustiga ortiqcha mollaridan sadaqa ham qiladilar",deyiladi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo sizlarga ham sadaqa hisoblanadigan ishlarni
bergan emasmi? har bir subhonAlloh, alhamdulilloh deganlaringiz - sadaqa va har biringizning o’z jufti haloli bilan jinsiy aloqa qilib, nafsini qanoatlantiripsh ham sadaqadir", dedilar. Ular: "Yo RasulAlloh! Jinsiy aloqa qilish ham sadaqa hisoblanadimi?" - deyishganda, Rasululloh (s.a.v.): "Agar shahvatni haromga sarflasa gunoh bo’larmidi? Xuddi shunga o’xshash o’z haloliga sarflasa, ajr va savob bo’ladi", dedilar.

228-hadis 227-hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:02:47

116-bob. Ozor beradigan narsalarni chetga olib qo’yish haqida

229. Abu Barza Aslamiy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ga: "Yo RasulAlloh! Menga bir amalni buyuringki, o’shani qilsam jannatga kirishga sazovor bo’lay", dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Yo’ldan odalarga ozor beradigan narsalarni olib tashlasang, jannatga kirasan", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:04:47

230.  Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi ko’chada yotgan bir tikanni ko’rdida,bironta musulmonning oyoqiga ozor bermasin, deb chetga olib tashladi. Mana shu ishi tufayli uning gunohi kechiriladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:05:04

231.  Abu Zarr G’iforiy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ummatlarimning qilgan amallari 
yaxshilari ham, yomonlari ham menga ko’rsatildi. Yaxshi amallar orasida ko’chada odamlarga ozor beradigan narsani chetga olib tashlanganini ko’rdim va yomon amallari orasida masjid ichiga tuflab, keyin ko’milmay ketilgan tuprukni ko’rdim", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:05:23

231. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.al.)ga biror narsa keltirilsa: "Buni falonchi
xotinga eltib beringlar, chunki u xotin Xadichaning do’sti edi, buni faloniy xotinning uyiga
yuboringlar, chunki u Xadichani sevardi", derdilar".

"Go’zal so’z" deb atalgan 117-bobdagi 232-hadis 225-hadisning takrori, ammo bu Abdulloh ibn Yaziddan rivoyat qilingan. 233-hadis 231-hadisning takrori, u Aias ibn Molikdan rivoyat qilingan, 234-hadis Huzayfa (r.a.)dan rivoyat qilingan bo’lib, 225-hadisning takroridir.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:05:43

118-bob. Payhambar so’zlarini zehnga joylash haqida

235-hadis. Amr ibn Abi Kurra Kindiy aytdilar: Ogam Abu Kurra Salmon Forsiy (r.a.)ga o’z sevgilisini xotin qilib olishni taklif qilgan edilar. Salmon uni qabul qilmay, ozod qilgan cho’rilari Buqayrani xotin qilib oldilar. Otamga Salmon bilan Huzayfa (r.a.) oralarida ixtilof borliga eshitildi. Shunda u kishi Salmonni axtardilar. Salmon o’zlarining ko’katzorlariga ketdilar, deyishgavda otam ko’katzor tomonga yo’l oldilar. Yo’dda ko’katlardan zambilga solib, uning bandiga asolarini o’tkazib, yelkalariga ko’targan holda kelayotgan Salmonga uchrashdilarda, u kishidan: "Huzayfa bilan oralaringizda nima gap o’tgan edi? Huzayfa: "Inson shoshilgan mahluq" degan (17:11) oyatni o’qib, kesatib yurgan emish", deb so’radilar. Keyin Salmon otamni o’z uylariga olib bordilar. Otam u kishining eshigida bir sholcha to’shalganini va sholchaning yuqori tomonida bir necha guvala va egar turganini ko’rdilar. Shunda Salmon otamga: "Cho’ringiz o’zi uchun yozib qo’yadigan to’shagi ustida o’tiring", deb taklif
qildidarda, Huzayfa bilan oralaridagi voqeani xikoya qila boshladilar: "Rasululloh (s.a.v.) jahllari
ustida ba'zilarga qilgan koyishlarini Huzayfa gapirib yurardi. Men qavmlar orasida gina-adovat
paydo bo’lib qolishini xoxdamaganim uchun: "Huzayfa aytadigan gaplarini o’zi yaxshi biladi", deya qo’ya qolar edim. Ammo odamlar Huzayfaga borib: "Salmon sizning aytayotgan gaplaringizni tasdiq ham qilmaydilar va sizni yolg’onchi ham qilmaydilar", deb aytishgan ekan. Shuning uchun Huzayfa kelib: "Ey, Salmon, onasining o’g’li Salmon!" - deb kinoya tariqasida menga xitob qildi. Men ham u kishiga: "Ey, Huzayfa, onasining o’g’li Huzayfa! Siz bu gaplarni naql qilib yurishdan qayting, bo’lmasa men Hz. Umar ibn Xattob (r.a.)ga xat yozaman", dedim. Umarga xat yozaman, deb qo’rqitganimdan keyin Huzayfa mendan xafa bo’ldi, Rasululloh (s.a.v.) o’zlari: "Men Hz. Odam (a.s.) bolalaridan bittasiman, ummatlarimdan qaysi birini noo’rin koyigan so’kkan bo’lsam, o’sha koyishim va so’kishimni u kishi uchun rahmatga
aylantirgan, deb Rabbil olaminga iltijo qilaman", degan edilar, dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:06:25

236. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Hz. Umar (r.a.) bir kuni: "Bizni o’z qavmimizning yeriga olib chiqsanglar", dedilar. Bizlar "xo’p" deb chiqdik. Men Ubay ibn Ka'b (r.a.) bilan odamlarning keyinida qoldim. Shuvda to’satdan osmonni bulut bosib, shamol qo’zgaldi. Ubay ibn Ka'b: "Ey, Rabbim, bu shamollik bulugaing zahmatini bizdan nariga ketgazgin!" - deb iltijo qildi. Biz odsin ketganlarga borib qo’shildik, ularning ko’ngan joylari yomg’ir tufayli ho’l bo’lib qolgan edi. Ular: "Bizga kelgan qiyinchilik sizlarga kelmaganga o’xshaydi", deganlarida, men "hamrohim Ubay ibn Ka'b: "Bu bulutning zararini bizdan nariga ketgazgin!" - deb Allohdan so’radi", dedim. Shunda Hz. Umar: "O’zlaringiz  qatorida bizlar uchun ham duo qilsalaringiz bo’lmasmidi?" - deb o’kindilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:06:37

119-bob. Ekinzorga chiqish haqida

237-hadis. Abu Salama (r.a.) aytdilar: "Men qadrdon do’stim Abu Said Qudriy oldilariga borib: "Bizlar bilan xurmozorga chiqib kelmaysizmi?" - dedim. Abu Said: "Xo’p" deb junli qora kiyimlarini ustilariga tashlab xurmozorga chiqdilar", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:09:45

236-hadis. Ummu Muso Hz. Alidan rivoyat qildi: "Rasululloh (s.a.v.) bir daraxtga chiqib, undan bir meva keltirishni Abdulloh ibn Mas'udga buyurdilar. Abdulloh daraxtga chiqqan vaqtida boldirining ingichkaligidan ba'zilar kulishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Nima uchun kulayotibsizlar? Abdullohning oyoqi qiyomat tarozusida Uxud toqidan ham og’irroq bo’ladi", dedilar".

Bu o’rinda gap oyoq haqida emas. Abdulloh o’z zamonasining peshqadam muhaddis va faqih olimi sifatida mashhur edi. Janobi Payhambar (s.a.v.) shunga ishora qilganlar shekilli.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:10:02

120-bob. Musulmon musulmonning ko’zgusidir

239.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "har bir mo’min banda o’z birodarining ko’zgusidir. U birodarida bir aybni ko’rsa, o’zida bo’lgan shunday aybni tuzatishga harakat qilishi kerak".

Qayd etilgan