Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610135 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 116 B


Umarbek  13 Avgust 2006, 01:10:58

25. Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning qizlari Asmo' (r.a.) aytdilar: "Onam biror narsa umidida huzurimga keldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)dan: "Onam kelib qoldi. Unga silai rahm qilib biror narsa bersam bo’ladimi?" - deb so’radim. "Ha, silai rahm qilsang bo’ladi", dedilar". Ibn O’yayna (r.a.) aytdilar:"Alloh taolo: "Din to’g’risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o’z yurtingizdan (haydab) chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishingiz va ularga adolatli bo’li-shingizdan Alloh sizlarni qaytarmas" (60:8), degan oyatni tushirdi".

Asmo'ning onasi Qayla bint Abdu-l-Izzi Islomni qabul qilmagan edi .

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 01:12:53

26. Abdulloh ibn Umar (r.a.)aytdilar: "Otam Hz. Umar ibn Xattob (r.a.) ipakdan ikki qavat
tikilgan bir kiyimni sotib olshpni janob Rasulullohga tavsiya qilib: "Yo Rasulalloh, buni jum'a
kunlari va atrofdan elchilar kelganda kiyib chiqasiz", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) otamning takliflarini qabul qilmay: "Bunday kiyimni oxiratdan nasibasi yo’q kishilar kiyadi", dedilar. Shundan keyin Rasululloh (s.a.v.)ning o’zlariga shunday kiyimlardan qanchasi hadya sifatida kelib qoldi-da, undan bittasini otamga yubordilar. Otam: "Yo Rasulalloh, buni men nima uchun kiyaman, axir o’zingiz bunday kiyimni oxiratdan nasibasi yo’q kishilar kiyadi", degan edingizku, deganlarida, Rasululloh: "Men sizga kiyasiz deb emas, balki sotib, aqchasini biror hojatingizga yaratarsiz yoki biror kishiga kiydirarsiz, deb yubordim", dedilar. Hz. Umar (r.a.) o’sha kiyimni hamon musulmon bo’lmagan bir birodarlariga yubordilar".

Boshqa sahobiylar may aql va boylikni ketkazuvchi ofat ekanidan Payg’ambar (a.s.)ga shikoyat qilganlaridan keyin "Baqara" surasining mazkur oyati (219-oyati) vahiy qilingan. Ikkinchi bosqich-Abdurrahmon ibn Avf mast holda imomlik qilganlarida, oyatni qo’pol ravishda buzib qiroat qilgan.Shundan keyin "Niso" surasining 43-oyatida mast holatda namozga yaqinlashmaslik buyurilgan. Uchinchi va oxirgi bosqich - Atbon ibn Molik degan sahobiyning uyida ziyofat paytida mast bo’lib qolgan mehmonlar o’zaro janjallashib qolganlar. Shundan keyin Umar ibn Xattob (r.a.) Allohga iltijo bilan:"Ey, xudoyim, may to’g’risida keskin bir hukm nozil et!" - deb duo qilganlarida "Moida" surasining 90-oyati bilan may ichish qa’tiy ma’n etilgan" (shayx Abdulaziz Mansur, "Qur'oni karim ma'nolarining tarjimasi va tafsiri, "Toshkent Islom universiteti matbaa-nashriyot birlashmasi, 2004, 34-bet).

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 01:18:27

14-bob. Ota-onani so’kmaslik haqida

27.  Abdulloh ibn Amr Oss (r.a.) aytdilar: "Rasululloh: "Kishi o’z ota-onasini so’kishi katta gunohdir",dedilar. Sahobiylar: "Yo Rasulalloh, kishi o’z ota-onasini ham so’kadimi?" - deb so’rashganda, Rasululloh: "U kishi bir odamni so’kadi, u odam am avval so’kkan kishining otasini ham, onasini ham so’kadi", dedilar".
Demak, kishi birovni so’ksa, keyin o’sha odam uning ota-onasini ham so’kadi, shu bilan u bilvosita o’z ota-onasini so’kkan bo’ladi.

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 01:19:14

28. Abdulloh ibn Amr (r.a.): "Kimki otasining so’kilishiga sabab bo’lsa, Alloh taolo oldida katta
gunohga qoladi". dedilar.

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 01:20:21

15-bob. Ota-onaga oqq bo’lishning uqubati haqida

29. Abu Bakr (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh(s.a.v.): "Azob-uqubat
qiyomat kuniga asrab qo’yilgandan tashqari, shu dunyoning o’zida ham insonning o’ziga jabr yetkazadigan gunoh - kishilarga zulm qilish va qavm-qarindoshlarga qilinadigan silai rahmni uzib qo’yishdir",dedilar.

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 01:23:17

30. Imron ibn Husayn (r.a.) aytdilar: "Rasululloh sahobiylardan: "Zino qilish, mast qiladigan
ichimliklarni ichish va o’g’rilik qilish haqida nima deysizlar?" - deb so’radilar. Ular: "Bularning
hukmini Alloh taolo va uning Rasuli biladilar", deb javob berdilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.):
"Bular o’ta-ketgan qabohat ishlar bo’lib, oxiratda ham, bu dunyoning o’zida ham ularning uqubati, jazosi belgilangandir. Men sizlarga gunohlarning eng kattalarini aytib beraymi?" Ular: "Alloh rabbilolamiynga shirk keltirish va ota-onaga oqq bo’lish", dedilarda, suyanib o’tirgan holatlarini o’zgartirib tiz cho’kib oldilar va "hamda yolg’on so’zlash" , deb qo’shib qo’ydilar.

Qayd etilgan


Umarbek  25 Avgust 2006, 21:10:23

16-bob. Ota-onaning yig'lashi haqida

31. Abdulloh ibn Umar (r.a) "Ota-onaning yig'lashi boladan norozi bo'lganliklari-
dan dalolat beradi va bu esa katta gunoh pardadir", dedilar.

Qayd etilgan


Umarbek  26 Avgust 2006, 06:23:53

17-bob. Ota-oaning duosi haqida

32.  Abu Hurayra aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Uch toifa kishilarning duosi hech shubhasiz Alloh taolo qoshida maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi", deganlar".

1 Har qanday zulm haqsizlik, deb anglashilgani kabi musulmon tuzumiga qarshi borish ham zulm, deb tushuniladi .
2 Rasululloh (s.a.v.)ning: "Al kazzabu lo ummati", ya'ni yolg’onchi mening ummatim emas, degan hadislari mashhurligini muqaddislarning aksariyati rivoyat qiladilar.

Qayd etilgan


Umarbek  26 Avgust 2006, 06:25:01

33. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan quyidagi hadislarni eshitdim: "Bibi Maryamning o’g’illari Hz. Iyso (a.s.) bilan Jurayjga so’zlagan boladan bo’lak hech bir bola beshikdaligida gapirgan emas", dedilar. Sahobiylar: "Yo Rasulalloh, Jurayj va unga so’zlagan bola kim edi?" - deb so’rashganda, Rasululloh (s.a.v.) rivoyatni aytib berdilar: "Jurayj o’z ibodatxonasida ibodat bilan mashg’ul bir rohib bo’lib, ibodatxonasi atrofida bir podachi sigirlarni o’tlatib yurar edi. Shu ibodatxona joylashgan qishloqda turadigan bir xotin podachi yoniga kelib-ketib turardi. Jurayj bir kuni namoz o’qib turgan vaqtida onasi chaqirdi. Jurayj ancha xayolga cho’mdi: namozida davom etaversinmi yoki uni buzib, onasiga javob qilsinmi? U o’ylanib-o’ylanib, oxiri onasiga javob qaytarmadi va namozida davom etaverdi. Onasi ikkinchi va uchinchi martaba chaqirganda ham u javob qaytarmagach: "Alloh taolo seni fohisha xotinlarga yo’liqtirsin", deb duoyibad qilib, qaytib ketdi. Shundan keyin o’sha podachi oldiga kelib yuradigan xotin bir bola tug’ib qo’ydi. Uni podshoh oldiga keltirib so’roq qilinganda: "Bu bola ibodatxonadagi rohibdan bo’lgan", deb da'vo qildi. Podshoh: "Uning ibodatxonasini buzib, o’zini mening xuzurimga olib kelinsin", deb buyruq qildi. Podshohning buyrug’iga asosan ibodatxona buzilib, Jurayjning qo’lini arqon bilan bog’lab, podshoh huzuriga keltirdilar. Uni olib kelayotganlarida yo’lda tomosha qilib turgan fohisha xotinlarga ko’zi tushdida, bir kulib qo’ydi, Keyin podshoh undan so’roq qilib: "Bu xotin tug’ilgan bolani sendan bo’lgan, deb da'vo qilayotibdi", dedi. Jurayj xotinga qarab: "shundaymi?   - dedi. Xotin: "Ha, shunday", dedi. Shunda Jurayj onaning bag’rida turgan chaqaloqqa qarab: "Ey, bola, sening otang kim?" - deb so’radi.Chaqaloq tilga kirib: "Otam podachi", deb javob berdi, uning gapini hamma eshitdi. Podshoh Jurayjga uzr aytib: "Endi ibodatxonani biz yangidan qurib beramiz", dedi. Jurayj buni qabul qilmagach: "Bo’lmasa kumushdan quraylikmi?" - dedi. Jurayj buni ham qabul qilmay: "Uni avvalgi holiga keltirib berilsa kifoya", dedi. Podshoh: "Xo’sh, menga aytchi, qo’lingni bog’lab olib kelayotganlarida nima uchun kulding?" - deb so’raganda, u: "Yuz bergan voqeani ko’zim bilan ko’rib kulgim qistadi, u ham bo’lsa onamning menga qilgan duoyibadi edi", dedi-da, bo’lgan voqeani podshohga va atrofdagi kishilarga hikoya qilib berdi.

Qayd etilgan


Umarbek  26 Avgust 2006, 06:27:29

18-bob. Nasoro onani Islomga da'vat qilish haqida

34. Abu Hurayra (r.a.) shunday hikoya qildilar: "Mening nomimni eshitgan har bir kishi, hatto yahudiy va nasroniy bo’lsa ham, meni yaxshi ko’rmay qolmaydi. Men onamning Islom dinini qabul qilishini istab yurardim, lekin u qabul qilmasdi. Bir kuni unga Islomga kirishni taklif qildim. U qabul qilmagach, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib: "Yo Rasululloh, onam haqida bir duo qilsangiz", deb iltimos qildim. Rasululloh duo qildilar. Shundan keyin onam oldiga borsam, u eshikni qulflab olgan edi, meni ko’rishi bilan: "O’g’lim! Men Islom dinini qabul qildim", dedi. Men buni Rasululloh (s.a.v.)ga borib aytdim va ona-bola ikkalamiz haqimizga duo qiling, deb yana so’raganimda, Rasululloh (s.a.v.):"Ey, Alloh, bandang Abu Hurayra va onasining muhabbatini kishilar ko’ngliga solgin", deb duo qildilar".

Qayd etilgan