Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609990 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 116 B


Muslima_subh  28 Sentyabr 2006, 18:02:22

132-bob. Ko’ngillarning yaqinligi haqida

263. Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki mo’min banda bir-birini ko’rmay turib, ularning ruhlari bir kunlik yo’lda uchrashadi", dedilar".

Qayd etilgan


Muslima_subh  28 Sentyabr 2006, 18:09:41

264.  Abdulloh ibn Abbos,(r.a.) aytdilar: "Ne'matlar (yaxshiliklar) inkor qilinishi va rahmdillik uzilib qo’yilishi mumkin, ammo ko’ngillarning bir-bi-riga yaqinligidek narsani biz ko’rmadik", dedilar.

Qayd etilgan


Muslima_subh  28 Sentyabr 2006, 18:18:52

265.  Umayr ibn Ishoq (r.a.) aytdilar: "Odamlardan eng avval ko’tariladigan narsa ko’ngillarning yaqinligidir", deb o’z oramizda gapirishib yurar edik".

Qayd etilgan


Muslima_subh  28 Sentyabr 2006, 18:58:35

133-bob. Hazil haqida

266.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) (bir kun) xotinlarning oldiga kirib qoldi-lar. Shunda ularning yonida Ummu Sulaym (r.a.) ham o’tirgan edi. Rasululloh (s.a.v.): "Ey Anjasha, shishalarni sekinroq hayda", dedilar.

Abu Kuloba (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.) "Shishalarni hayda, degan so’zni so’zladilar, agar birortangiz shunday so’zni aytsa, uni albatta ayblagan bo’lardingiz", dedilar".Arablar ayollarni nozik, ko’ngillarining tez o’zgarib turishi va irodalari mustahkam emasligi uchun shishaga o’xshatadilar. Mazkur hadisda Rasululloh (s.a.v.) Anjashaga: Xotinlar oldida tovushingni pastroq qilib so’zla! Ularning ko’ngliga keladi, demoqchi bo’lsalar kerak .

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:15:17

267. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Sahobiylardan ba'zisi Rasululloh (s.a.v.)ga: "Yo Rasululloh! Siz bizlar bilan hazil ham qilishasiz", deganda Rasululloh (s.a.v.): "To’g’ri, hazil qilishaman, lekin mening hazilim aslida chin bo’ladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:16:49

268. Bakr ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Sahobiylar hazil qilishar va bir-birlariga qovun-tarvuzlarni otishardi. Ammo haqiqiy ishlarda ular chin er sifatlarida turishardi".

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:16:59

269-hadis. Ibn Ali Mulayka (r.a.) aytdilar: "Hz. Oyisha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida bir hazil qildilar. Hz, Oyishaning onalari buni eshitib: "Yo Rasululloh! Oyisha Kinonadan tarqalgan bu elning ba'zi hazillaridan qilib qo’ydi", degandi, Rasululloh (s.a.v.): "Balki bu shu elimizning o’zida bo’lib turadigan hazildan qildi", dedilar" .

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:17:05

270. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir kishi minadigan ulov so’rab keldi. Rasululloh (s.a.v.) unga: "Minish uchun sizga urg’ochi tevaning bolasini beraman", dedilar. U kishi: "Yo Rasululloh! Men urgochi tevaning bolasini nima qilaman?" - deganida, Rasululloh (s.a.v.): "Axir, katga tevalarni urgochi tevalar tuqqan emasmi?" - dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:47:36

134-bob. Go’daklar bilan hazillashish haqida

271. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) bizning hazillarimizga ham aralashar edilar. Hatto mening Abu Umayr kunyalik kichik ukamga: "Hoy Abu Umayr, maynachang (yoki bulbulchang) nima bo’ldi?" - deb hazillashib yurar edilar, dedilar". Abu Umayrning mayna yoki bulbuli bo’lib, u o’lib qolganda juda xafa bo’lib yurardi. Rasululloh (s.a.v.) bolaning gapini eshitish va ko’nglini ko’tarish uchun shu hazillarini qilar edilar. Abu Umayr Abu Talhaning o’g’li bo’lib, Anas ibn Molikning ona bir, ota boshqa shshsi edi, Abu Talha Anas ibn Molikka o’gay ota bo’ladi.

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:47:43

272. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Hasanni yoki Husaynni (Alloh ulardan rozi bo’lsin) qo’lidan tutib, oyoqlarining ustiga chiqarib, "Qani, turchi!", dedilar".

Qayd etilgan