Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609057 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 116 B


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:48:13

135-bob. Yaxshi xulqlik bo’lish haqida

273.  Abu Dardo (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilishicha, Rasululloh (s.a.v.): "Yaxshi axloqdan ko’ra tarozuni bosadigan hech narsa yo’qdir", deb marhamat qilganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:49:14

274.  Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) foqish ham, mutafahhish ham emas edilar va "Sizlarning yaxshilaringiz - axloqi yoqimli bo’lganlaringizdir", der edilar".

Fohish - muomalada yoqimsiz kishi. Mutafahhish esa, shunday badxulqlikni qasddan qiluvchi kishi .

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:49:21

275.  Abdulloh ibn Shu'ayb otasining Rasululloh (s.a.v.)dan shunday bir gapni eshitganini rivoyat qildi: Rasululloh (s.a.v.): "Men uchun eng sevimli bo’lganingiz va qiyomat kuni menga eng yaqin bo’luvchilaringiz kimligini aytib beraymi?" - deb so’raganlarida, Sahobiylar jim turishdi. Rasululloh (s.a.v.) bu savollarini ikki yo uch martaba qaytarganlaridan keyin, ular: "Yo Rasulalloh! Aytib bering", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Ular axloqda (xalqqa) yoqimliroq bo’lganlaringizdir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:49:35

276. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilishdi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Men yaxshi xulqlarni kamolotga yetkazish uchun payhambar bo’lib keldim", dedilar".

Rasululloh (s.a.v.)ga birov ozor bersa, unga yomon jazo berish o’rniga insof, tavfiq so’rab haqiga duo qilar ekanlar. Ammo Alloh taolo qaytargan ishlarni qilinsa yoki buyruqlarini bajarilmasa, shariat qonuni bo’yicha jazo berar edilar.

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:51:15

277. Hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.)ga dunyoviy ikki ishdan birini ixtiyor qilish kerak bo’lganda, albatta ulardan gunohga oid bo’lmasa, yengilroqini ixtiyor qilardilar. Ammo u gunohga oid bo’ladigan bo’lsa, albatta undan o’zlarini uzoq tutardilar. O’z nafslari uchun hech kimdan o’ch olmaganlar. Lekin Alloh taoloning qudrati va hurmati poymol qilinadigan bo’lsa, u vaqtda albatta Allohu azza va jalla uchun o’ch olardilar".

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:51:23

278.  Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Alloh taolo azalda rizklaringizni taqsim qilib qo’ygani-dek, xulqlaringizni ham taqsim qilgandir. Alloh taolo bu dunyoda xohlagan va xohlamagan kishilariga ham davlat beraveradi. Ammo imonni faqat o’zi xoxlagan bandasiga beradi. Kim davlatni sarf qilishga qizg’ansa, dushmanga qarshi jihod qilishdan qo’rqsa va kechalari (ibodat qilishdan) cho’chisa, "Lo iloha illAlloh va subhonAlloh valhamdu lilloh vallahu akbar"   kalimalarini ko’p aytib yursin, dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:51:41

136-bob. Ko’z to’qligi haqida

279. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar. "Rasululloh (s.a.v.): "Boylik molning  ko’pligi bilan emas, balki (chin) boylik nafsning boyligidir", deganlar".

Nafsning boyligi topgan moliga qanoat qilish, uning barakotini Alloh taolodan so’rash, odamlarning qo’lidagi boyligidan tama' qilib, rabbil olamindan haram bo’lishdan panoh so’rashdan iborat.
280-hadis mazmuni 164-hadisda bor.

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:51:49

281. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) marhamatlik kishi edilar. U zotdan kim nima so’rab kelsa, darhol berar edilar, u narsa qo’llarida bo’lmasa, (falon kuni beraman deb) va'da qilardilar. Bir kun xufton namozini o’qish uchun muazzin takbir aytdi, shu vaqtda bir a'robiy keldida, Rasululloh (s.a.v.)ning kiyimlaridan ushlab: "Sizga aytadigan hojatimdan ozginasi qoldi, uni hozir aytmasam, unutib qo’yaman, deb qo’rqaman", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) u bilan chiqib, hojatini bitirib keldilarda, keyin namozga shuru' qildilar, deb xabar qiladilar".

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:51:57

282.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) har bir ishga "Xayr!" deguvchi edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:52:04

283.  Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) aytdilar: "Men Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning ikkala qizlari  Hz. Oyisha (r.a.) va Hz. Asmo' (r.a.)dan ko’ra saxiyroq xotinlarni ko’rmadim. Lekin bularning saxovati ikki xil edi. Hz. Oyisha (r.a.) ehson qilish uchun narsalarni yig’ib-yig’ib borardilarda, ular ko’paygandan keyin bir yo’la hammasini faqir miskinlarga ulashar edilar. Ammo As-mo (r.a.) esa qo’llariga nima kelsa, ertasini kutmay, shu kunning o’zidayoq tarqatib yuboraverar edilar".Hz. Oyisha (r.a.) narsa ko’payganda sadaqa qilsam hammaga bemalol kifoya qiladi, degan fikrda bo’lsalar, Asmo' (r.a.) Rasululloh (sa.v.)ning "Ehson qiladigan narsangni to’plab yurma!" degan hadislariga amal qilgan edilar.

Qayd etilgan