Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608863 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 116 B


Umarbek  26 Avgust 2006, 06:29:08

19-bob. Ota-ona o’lgandan keyin ularga yaxshilik qilish haqida

35.  Abu Ubayd (r.a.) hikoya qildilar: "Biz Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida edik, shu vaqtda bir kishi: "Yo Rasululloh, ota-onamning hayot vaqtlarida qilgan yaxshiliklarimdan tashqari ularning vafotidan keyin yana nima qilsam shu yaxshiligim davom etadi?" - deb so’radi. Rasululloh (s.a.v.): "To’rtta narsani qilib yursang, ularga qiladigan yaxshiliging davom etavergan bo’ladi. Ularning birlamchisi, ota-onang haqiga duo qilasan va gunohlarini kechirmakni Alloh taolodan so’raysan, ikkilamchisi, ularning nasihat va shar'iy vasiyatlarini amalga oshirasan, uchlamchi, ularning do’stlarini hurmatlaysan va to’rtlamchi qavm-qarindoshlar bilan ular tufayli qaror topgan qarindoshlik aloqalarini uzmaysan", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Sentyabr 2006, 06:39:52

36.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Kishi o’lgandan keyin yana nima uchundir uning nufuzi ko’tarilib qoladi. Shunda u taajjublanib: "Ey, Rabbim! Bu darajamning ko’tarilishi nimadan hosil bo’ldi?", deb so’radi. Alloh taolo tomonidan: "Ey, bandam, orqangda qolgan bola-chaqalaringning men uchun qilgan  istig’forlarining natijasidir", deyiladi.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Sentyabr 2006, 06:40:20

37.  Muhammad ibn Sirin (r.al.) aytdilar: "Kechalarning birida biz Abu Hurayra (r.a.) yonlarida bo’ldik.Shunda Abu Hurayra (r.a.) o’zlari: "Ey, Alloh! Abu Hurayraning ham, onasining ham gunohlarini kechirgin va ikkimiz uchun istig’for etgan kishilarning ham gunohlarini kechirgin", deb duo qildilar. Abu Hurayra (r.a.)ning shu duolariga kirib qolish uchun biz o’sha ona-bola (Abu Hurayra bilan onalari) haqiga istig’for etib yuramiz", deydi.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Sentyabr 2006, 06:40:30

38. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Banda vafot etgandan keyin undan uchta narsadan bo’lak amallari uzilib qoladi: sadaqai joriya; odamlarga manfaati tegsin, deb yozib qoldirgan ilmiy asarlari va o’zi  haqiga duo qilib turadigan solih farzandlar", dedilar.
Sadaqai joriya - yo’q bo’lib ketguncha xalqlar foydasiga xizmat qiladigan (ko’prik, masjid, madrasa, yo’l va boshqa binolar, shuningdek, foydasi tegadigan kitoblar kabi) narsalardan iborat.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Sentyabr 2006, 06:40:37

39.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.): "Yo Rasululloh! Mening onam hech narsani vasiyat qilmay vafot etib ketdi.Endi men onam uchun sadaq-ehson qilsam unga savobi yetadimi?" - deb so’radi. Rasululloh (s.a.v.): "Ha, uning uchun sadaqa qilsang, savobi albatta tegadi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Sentyabr 2006, 06:41:08

20-bob. Ota-onaning do’stlariga yaxshilik qilish haqida

40. Abdulloh ibn Dinor (r.a.) aytdilar: "Qaysi bir safarda bir a'robiy Abdulloh ibn Umar (r.a.)
yonlariga kelib: "Sen falonchining o’g’li emasmisan?" - deb so’radi. Shu a'robiyning otasi Hz. Umar ibn Xattob (r.a.) bilan do’st bo’lgan edi. Abdulloh (r.a.) a'robiyga: "Ha, otang do’sti Umarning o’g’liman", dedilarda, o’zlarining tevalari ketida olib yurgan eshakni va boshlaridan sallani yechib a'robiyga berdilar. Shunda yonidagi kishilardan bittasi: "Bu kishi bir a'robiy, unga ikki dirham bersangiz ham kifoya qilardi, siz eshakni ham, sallani ham berib yubordingiz", degan edi, Abdulloh (r.a.): Rasululloh (s.a.v.): "Otang do’st tutgan kishilarning do’stligini sa?la, ular bilan aloqani uzma! Agar aloqani uzsang, Alloh taolo sening nuringni o’chirib qo’yadi, degan edilar, deb javob berdilar".

Ya'ni bu dunyoda topgan savoblaringni yuvib yuborasan, degan ma'noda bo’lsa kerak.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Sentyabr 2006, 06:41:25

41. Yana Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Otaga qilinadigan
yaxshiliklarning eng afzali u sevgan kishilar bilan aloqani mustahkamlab, ularga xayrixohlik
qilishdir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  25 Sentyabr 2006, 06:49:26

21-bob. Silai rahm natijasi

42.  Sa'd ibn Uboda (r.a.) hikoya qiladilar: "Men Hz. Usmon (r.a.)ning o’g’illari Amr ibn Usmon ibn Affon bilan Madina masjidida o’tirgan edim. Shu vaqt Abdulloh ibn Salom (r.a.) o’z ukasining o’g’liga suyanib orqasiga qayrildida, Amrga qarab: "Ey, Amr, mayli, sen istaganingni qilaver, Muhammad (a.s.)ni chin payg’ambar qilib yuborgan Alloh taolo nomi bilan qasamyod etaman-ki, Allohning kitobida (bu so’zni ikki martaba qaytardi): "Otangga yaqin bo’lgan kishidan aloqani uzma, agar uzsang, nuring o’chadi", deyilgan, deb aytdi.Amr ibn Usmon Abdulloh ibn Salomga yaxshi iltifot qilmaganlari uchun bo’lsa kerakki, unga kinoya
bilan "Istaganingai qilaver", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Sentyabr 2006, 06:49:40

22-bob. Sevgi nasliydir, degan hadis haqida

43. Abu Bakir ibn Xazm (r.a.) bir sahobiydan rivoyat qildilar. U sahobiy Rasululloh (s.a.v.)ning:"Do’stlik albatta meros bo’lib (nasldan naslga) o’tadi", degan hadislarini rivoyat qilib bersam, senga etarli nasihat qilgan bo’laman", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Sentyabr 2006, 06:49:54

23-bob. Otani ismi bilan chaqirmaslik haqida

44.  Abu Hurayra (r.a.) ikki kishini ko’rib, ulardan bittasiga: "Bu kishi senga kim bo’ladi?" - deb
so’radilar. U: "Bu - otam bo’ladilar", degan edi, Abu Hurayra (r.a.): "Unday bo’lsa otangni ismini aytib chaqirma, yurishda undan ilgari yurma va undan yuqori joyda o’tirma", deb nasihat qildilar.

Qayd etilgan