Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608546 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 ... 116 B


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:15:27

167-bob. Yoshi ulug'larni ishboshi qilish haqida

366. Qays ibn Osim ibn Sinon (r.a.) o'lim oldida bolalariga vasiyat qildilar: "Alloh taolodan qo'rqinglar. Yoshi kattaroklaringizni o'zlaringazga boshliq qilinglar. Qaysi qavmga yoshi ulug' kishi boshliq bo'lsa, o'sha ota o'rniga o'tadi. Kichikroqlari boshliq bo'lsa, o'z tengdoshlari o'rtasida uyat va haqoratga qoladi. Molni topish va uni rasamadi bilan ishlata bilish harakatida bo'linglar, chunki mol saxiylar darajasini ko'taradi va baxillarga muxtoj qilmaydi. Kishilardan biror narsa so'rashdan o'zingazni sakdang, chunki so'rashlik kishining eng oxirgi noilojlik holatidir. Men vafot etganimda ovoz chiqarib yig'lamang, chunki Rasululloh (s.a.v.)ga ham ovoz chiqarib yig'lanmadi. o'lganimda Bakr ibn Voil qabilasi qabrimni bilmasin, chunki men johiliyat zamonida ular1 g'aflatdaliklaridan foydalanib mol-mulklarini talagan edim".

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:19:33

168-bob. Pishgan mevalardan atrofdagi go'daklarga berish haqida

367. Abu Hurayra aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ga yangi pishgan xurmodan olib kelinsa: "Ey, Alloh! Madina ahllariga va ularning rizqi ro'ziga barakot ber va ularning katta-kichik o'lchovlariga ham ko'p-ko'p baraka bergil", deb duo qilib, keyin atroflaridagi bolalardan kichikroqlariga shu xurmodan berar edilar".

169-bobdagi Amr ibn Shu'aybdan rivoyat tsilingan 368-hadis 358, 359, 360, 361-hadislarning takrori.

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:21:31

170-bob. Go'dakni sevib quchoqlash haqida

369.  Ya'lo ibn Murra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi hikoyat qiddilar: "Biz Rasululloh  (s.a.v.) bilan mukallif   bo'lgan joyga borish uchun uydan chiqdik. Sayyiduno Husayn ko'chada o'ynab yurgan ekan. Rasululloh (s.a.v.) unga tomon chopib, quchoq ochdilar, bola esa u yoq-bu yoqqa qochar va Rasululloh (s.a.v.) esa kulib bolani quvardilar. Oxiri uni tutib oldilar va bir qo'llari bilan qulog'idan, ikkinchi qo'llari bilan boshidan ushlab quchoqladilarda: "Husayn mendan (mening bolam) va men Husayndan (uning bobosiman). Husaynni yaxshi ko'rgan kishini Alloh taolo yaxshi ko'radi. Husayn yaxshi nabiralardan biridir", dedilar".

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:21:59

171-bob. Qizaloqni o'pish haqida

370.  Abdulloh ibn Ja'far (r.a.) Umar ibn Abi Salmaning ikki yoshga to'lar-to'lmas qizchasi Zaynabni o'payottanini ko'rdim, dedi Mahramaning otasi Bakkir (r.a.).

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:23:33

371.  Hasan Basriy (r.al.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Xotining yoki qizchangdan bo'lak bola-chaqalaringdan birortasining sochiga ham qaramaslikning uddasidan chiqa olsang, qarama", dedilar.

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:24:05

172-bob. Go'dakning boshini silamoq haqida

372.  Yusuf ibn Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) menga Yusuf ismini berdilar, quchoqlariga olib, boshimni silab erkaladilar".

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:24:27

373.  Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning yonlarida qo'g'irchoqlarim bilan andarmon bo'lardim. O'rtoqlarim ham men bilan o'ynardilar. Ra-sululloh (s.a.v.) uyga kirib kelsalar, ular qochib chiqib ketishardi. Rasululloh (s.a.v.)ning o'zlari o'rtoqlarimni mening oldimga yuborardilar va ular ham kelib, men bilan o'ynardilar.

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:24:55

173-bob. Begona bolani o'g'ilcham, desa bo'ladimi?

374. Abu Ajlon Mahoribiy (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) ning askarlaridan biri edim. Amakivachcham vafot etdi. U vafotidan ilgari o'z tevasini Alloh yo'liga sadaqa qilinsin, deb vasiyat qilgan ekan. Men shu amakivachchamning o'g'liga: "Tevani menga ber, chunki men Abdulloh ibn Zubayrning lashkarida xizmat qilib turibman", deganimda, u: "Abdulloh ibn Umar huzuriga borib, bu haqda u kishidan so'raymiz", dedi. Shu bilan ikkimiz Abdulloh ibn Umarga borib, voqeani aytdik. Abdulloh ibn Umar amaki-vachchamning o'g'liga qarab: "Ey, o'g'ilcham, qilinadigan har bir yaxshi ish Allohning yo'liga deb hisoblanadi. Otang o'z tevasini Alloh yo'liga sadaqa qilinsin, deb vasiyat qilgan bo'lsa, qachonki musulmonlar mushriklar bilan g'azot qilayotganini ko'rsang, tevalarni shularga beraver. Ammo bu Abu Ajlon va uning sheriklari Abdulloh ibn Zubayr yo'lidadir. Bular har qaysisi mehr
qo'yishni istaydigan kishilardan", dedilar".

Mehr qo'yish - buyruqlari amalga   oshirilishi zarur bo'lgan boshliq deyilmoqchi .

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:25:47

375.  Jarir (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning: "Marhamatsiz kishiga Alloh taolo ham marhamat qilmaydi", degan gaplarini eshitdi.

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:26:06

376.  Hz. Umar (r.a.) dedilar: "Marhamatsiz kishiga Alloh taolo ham marhamat qilmaydi. Boshqalar aybini yashirib yurmaydigan kishining ham aybini yashir-maydi. Boshqalar gunohini kechirmaydigan kishining ham gunohi kechirilmaydi va sirni saqlamaydigan kishi saqlanmaydi, dedilar.

Ya'ni yomon ishlardan saqlanib tavba qilmaydigan kishini Alloh taolo o'zining azobidan saqlamaydi, degan ma'noda

Qayd etilgan