Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609831 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:08:06

185-bob. Amalga oshirolmaydigan narsani va'da qilish haqida

399.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Birodaring bilan janjallashma va hazil qilishma hamda ijro etolmaydigan narsani unga va'da qilma", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:08:18

186-bob. Nasablar to'g'risida ta'na qilish haqida

400.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Ikkita narsa bor, ummatlarim shu ikkita narsani tark qilolmayaptilar, biri O'lgan kishi uchun ovoz chiqarib yig'lash, ikkinchisi nasablar haqida bir-birlariga ta'na qilish".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:09:20

187-bob. Kishi o'z qavmini sevishi haqida

401.  Fasida degan xotinning otasi aytdi: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan bir kishi o'z qavmiga zulm qilishga yordam bersa, bu asabiyatdan hisoblanadimi?" - deb so'radim. Rasululloh (s.a.v.): "Ha, asabiyatdan hisoblanadi", dedilar".

Asabiyat - ota tomonidan bo'lgan qarindoshlarni himoya va mudofaa qilish.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:10:25

188-bob. Araz haqida

402. Hz. Oyisha (r.a.)ningjiyaBlari (akalariningo'g'illari) Avf ibn Horis rivoyat qildi: Hz. Oyisha bir narsa sotganlari yoki xayr-ehson qilganlari uchun Abdulloh ibn Zubayr (r.a.): "Oyisha bunday qilishdan tiyilsin, bo'lmasa men unga hajr qilaman", deb qasam ichdilar. Bu gap hz. Oyishaga yetkazildi. Shunda hz. Oyisha: "Abdulloh ibn Zubayr shunday degan bo'lsa, men u bilan aslo gaplashmaslikni o'zimga nazr qildim", deb so'zlashmay yurdilar. Hz. Oyishaning so'zlashmay yurishlari uzoqqa cho'zilgandan keyin, Abdulloh yarashtirib qo'yish uchun muhojirlarni vosita qilsa ham Oyisha: "Bu to'g'rida hech kimning vositachiligini aslo qabul qilmayman va o'z-o'zimga olgan nazrimni ham sira buzmayman", deb qasam ichdilar. Bu holat yana davom etavergach, Abdulloh Bani Zahra qabilasidan bo'lgan Musavvar ibn Mahrama (r.a.) bilan Abdurrahmon ibn Asvad ibn Yag'us (r.a.)larga murojaat kdlib, hz. Oyisha huzuriga kirishlarini iltimos qildilar va mendan aloqani uzaman, deb nazr qilmoq Oyishaga durust emas, dedilar. Shunda Musavvar bilan Abdurrahmon ikkovlari Abdulloh ibn Zubayrni o'z ridolariga o'raltirib hz. Oyisha huzurlariga kelib salom berib: "Kirsak mumkinmi?" - deb ruxsat so'rashdi. Hz. Oyishaularga: "Kiringlar", degan edilar, ular: "Hammamiz kiraveraylikmi?" - deyiishdi. Hz. Oyisha oralarida Abdulloh ibn Zubayr ham borligini bilmay qolib: "Hammangiz kiraveringlar", dedilar. Ich-kariga kirish bilan Abdulloh ibn Zubayr Oyishaga ro'baro' bo'lgach, u kishini quchoqlab yig'layverdi. Shu paytda Musavvar bilan Abdurrahmonlar: "Endi siz Ab-dulloh ibn Zubayr bilan yarashmasangaz bo'lmaydi. Uning uzrini qabul qiling, Rasulullohning: "Kishi uch kundan ortiq o'z birodari bilan arazlashib yurmog'i durust emas", degan so'zlarini o'zingiz yaxshi bilasiz", deyishdi. Bular ko'p yalinaverganlaridan keyin hz. Oyisha: "Men u bilan so'zlash-mayman, deb nazr qilgan edim, nazr masalasi og'ir", deb yig'ladilar va oxiri u bilan so'zlashdilar, qilgan nazrlaridan qutilish uchun qirqta qulni ozod qildilar. Keyingi vaqtda hz. Oyisha bu voqeani eslab yig'lar, hatto ko'z yoshlari bilan ro'mollarini ho'l qilib yuborgan edilar.

Birovning qobiliyatsizligi, aqliga xalal yetganligi yoki yoshi kichikligi tufayli savdo-sotiq ishlariga bevosita aralashishdan man qilib qo'yish istilohda hajr deyiladi.Nazr qilmoq - niyat, va'da, avd qilmoq.Bani Zahra qabilasi Rasululloh (s.a.v.)ga ona tomonidan qarindosh bo'lgani uchun hazrat Oyisha ularni juda sevardilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:12:27

189-bob. Musulmonning arazlab yurishi haqida

403. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi:Rasululloh (s.a.v.): "Bir-biringiz bilan achchiqdashmang, hasad qilmang, teskari qarab ketmang. Ey,Alloh taoloning bandalari! Bir-birlaringiz bilan aka-uka bo'linglar. Hech bir musulmon kishi o'z birodaridan uch kechadan ortiq arazlab yurishi joiz emasdir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:12:35

404. Abu Ayub (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Rasululloh (s.a.v.): "Hech bir kishi o'z birodaridan uch kundan ortiq arazlab yurmog'i halol emas. Ikkalasi to'qnashib, biri u yoqqa, ikkinchisi bu yoqqa yuz o'garishib ketmasin, ularning yaxshirog'i avval salom berganidir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:12:41

405.  Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shun-day deganlarini xabar qildi: "Bir-biringizga yovlik qilmang, dunyo moli uchun bir-biringiz bilan musobaqa qilmanglar. Ey, Allohning qullari! Qardosh bo'linglar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:12:52

406. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki kishi Alloh taolo uchun yoki Islomda bo'lganlari uchun bir-biri bilan do'st tutingan bo'lsa, bittalaridan bir gunoh o'tib qolsa, bu narsa darhol ularning oralarini ajratib yubormasin"*, dedilar".

Ya'ni bunda xato va kamchilikdan holi bo'lmaydi, do'stlari albatta uni kechirmoqlari lozim. Do'stidan kamchilik o'tishi bilanoq ajralib ketadigan do'stning do'stligi haqiqiy emas.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:12:59

407. Anas ibn Molik (r.a.)ning amakivachchalari Hishom ibn Omir (r.a.)dan rivoyat qilindi. Bu kishi: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech bir kishining ikkinchi musulmon birodari bilan uch kechadan ortiq gaplashmay yurishi joiz emas. Shu ikkalasi shunday holatda bo'lgan davrda haq yo'ddan chetlashgan bo'ladilar. Ulardan qaysi biri avval yaxshilik, mehr-shafqat qilish tomoniga o'tsa, gunohida kafforat bo'ladi. Ular shunday gaplashmay yurgan holicha dunyodan o'tsalar, ikkalasi ham jannatga kirmaydi. Agar ulardan qaysi biri salom bersa, ikkinchisi javob qaytarmasa, salom berganiga farishta va javob qaytarmaganiga esa, shayton javob qaytaradi", degan gaplarini eshitdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:13:31

408. Hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi. U zot aytdilar: "Rasululloh menga: "Sening mendan g'azablanganligingni ham, rozi bo'lganligingni ham albatta bilaman", dedilar. Hz. Oyisha: "Uni qanday bilasiz?" - deb so'raganlarida, Rasululloh: "Mendan rozi bo'lgan vaqtingda savolimga: "Ha, Muhammad (a.s.)ning parvardigori bilan qasam ichib aytaman", deysan. Mendan arazlaganingda esa: "Yo'q, Ibrohim (a.s.)ning parvardigori bilan qasamyod qilaman", deysan", dedilar. Hz. Oyisha Rasulullohning to'g'ri aytganlarini tasdiqlab: "To'g'ri, lekin faqat nomingiznigina aytmayman, dedim", deb hikoya qiladilar.Hz. Oyisha (.a.)ning Rasululloh (s.a.v.)ga to'g'ri aytdingiz, deb qo'ya qolganda, albatta Rasulullohga og’ir tuyulardi.

Keyingi so'zlari bilan hamma vaqt ko'nglim sizda, demoqchi bo'ldilar va shu bilan Rasulullohning ko'ngillarini shod qildilar.

Qayd etilgan