Rahm - qarindoshlik va bir-biriga bog’lanadigan nasab silsilasi .
51. Alloh taoloning: "Qarindoshga, miskin va yo’lovchiga (xayr-ehson qilish bilan) haqlarini ado eting"(17:26) - degan oyati haqida. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) bu oyatni shunday tafsir qilganlar: "Bunda Alloh taolo haqlarning eng zarurini berishga buyurdi. Mablag’i bo’lsa, amallarning eng afzali bo’lgan qarindoshlarga, miskin va yo’lda qolgan musofirlarga berishga da'vat qildi. Agar mablag’i bo’lmasa, yuqoridagi kishilarga qanday muomala qilish kerakligini o’rgatib, "Agar Siz Rabbingiz (tomoni)dan bo’ladigan marhamatdan umidvor holingizda ulardan (qarindosh, miskin, yo’lovchilardan) yuz o’giradigan (yordam bermaydigan) bo’lsangiz, u holda ularga yumshoq so’z ayting!" (17:28), ya'ni mana. mol kelib qolar, inshoalloh, mol kelishini kutib turibman kabi so’zlar bilan yaxshi va'da qil, deydilar. "Qo’lingni bo’yiningga sirtmoqlab qo’yma", ya'ni hech narsam yo’q deb, berishdan qo’lingni tortma."Qo’lingni juda yozib ham yuborma", ya'ni bor-yo’qingni berib ham yuborma. "U vaqtda malomatga qolasan", chunonchi keyin kelganlarga bera olmaganing uchun seni malomat qiladi. "Toliqib, qiynalib o’tirasan", ya'ni berib qo’ygan kishilaring seni mashaqqatga solib qo’ygan bo’ladi.
Qo’lni bo’iishta sirtmoqlash - baxil bo’lishiga kinoya.
Bu oyatning ikkinchi tafsiri: "Muhammad (a.s.)ning dinidan yuz o’girib, johiliyat zamonidagi kabi buzuqlikka yo’l qo’yish va qavm-qarindoshlar bir-biri bilan urishib, qarindoshlikni batamom uzib yuborganliklari kabi holga qaytmag’ingizni tilaysizmi .