Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610185 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:55:41

528.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Uch narsa bor, ularning hammasini bajarish har bir musulmon kishining vazifasidir. Bemor kishini borib ko'rish, vafot etgan kishining janozasiga borish va aksa urgan kishi: "Alhamdulilloh" desa, unga "Yarhamakalloh" ("Senga Alloh taolo rahm qilsin"), deb javob qaytarish", dedilar".

235-bob "Bemorga shifo tilamak haqida" bo'lib, unda (529-hadis) 227-bobdagi 507-hadis mazmuni takrorlangan, ammo bu hadis Sa'd ibn Abi Vaqqosning uch o'g'lidan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:55:57

236-bob. Bemorni ziyorat qilish savobi

530. Abu Asmo' (Amr ibn Murshid Rahbiy) aytdilar: "Kim bir birodarining betobligini so'ragani borsa, u jannatning bog'ida bo'ladi". Abu Asmo' bu hadisni Savbondan, u kishi esa Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilganlar. Bu hadis boshqa sanad bilan ham Rasululloh (s.a.v.)ning o'zlaridan rivoyat qilingan.

531-hadis Hubayb ibn Sobitdan rivoyat qilingan bo'lib, yuqoridagi hadisning takroridir.
237-bob. Betob ziyoratida hadis rivoyat qilmoq

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:56:07

532. Ja'far ibn Abdulloh ibn Hakam (r.a.) aytdilar: "Abu Bakr ibn Juz' va Muhammad ibn Munkadirlar masjid ahllaridan bir necha kishilar bilan Umar ibn Hakam ibn Rofi' Ansoriyning betobliklarini so'rash uchun borib, unga: "Ey, Umar! Bizga bir hadis aytib bering", deb so'rashganda, u kishi: "Men Jobir ibn Abdullohdan eshitdim. Hz. Jobir Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Bir kishi betob odamni borib ziyorat qilsa, Allohning rahmatida yuradi, agar u bemor yonida o'tirsa, rahmati ilohiyada joy olgan bo'ladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:56:34

238-bob. Bemor oldida namoz o'qigan kishi haqida

533-hadis. Ato ibn Abi Raboh (r.a.) aytdilar: "Umar ibn Safvon betobligimni so'rash uchun keldilar. Shunda namoz vaqti bo'ldida, Abdulloh ibn Umar ular bilan to'rt rak'atlik namozni ikki rak'atlik qilib o'qidilar va "Bizlar musofirmiz", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:56:46

239-bob. G'ayrimuslimning betobligini so'rash haqida

534. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Yahudiylarning bir bolasi Rasululloh (s.a.v.)ga xizmat qilib yurar edi. U betob bo'lib qolganda Rasululloh (s.a.v.) ko'rga-ni uyiga bordilarda, boshi tomonida o'tirib: "Sen Islom dinvni qabul qil", deb taklif qiddilar. Shunda bola tepasida o'tirgan otasiga qaradi. Ogasi esa: "Abulqosimga itoat qil. Islom dinini qabul qil", deganidan keyin, bola musulmon bo'dtsi. Rasululloh (s.a.v.): "Bu bolani do'zax o'tidan qutqazgan Alloh taologa hamdlar bo'lsin", deb bolaning uyidan chiqib ketdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:57:39

535.  Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Madinai munavvaraga kelgan vaqtlarida Abu Bakr Siddiq bilan Bilol (Habashiy)ni isitma-bezgakushladi. Men ikkalalarining ham huzurlariga kirib: "Otajon! O'zingizni qanday his qilayotabsiz? Yo Bilol! Siz ham o'zingizni qanday sezayotabsiz?" - deb ahvollarini so'radim. Otam Abu Bakrni bezgak tutgan paytda: "O'lim erta bilan O'z ahyai ayoli orasida o'tirgan kishiga ham kelaveradi. O'lim kishiga o'z oyoq kiyimlarini bog'laydigan itstsan ham yaqinroqdir", degan she'rni o'qidilar. Ammo hz. Bilol bezgaklari pasaygan vaqtda ovozlarini chiqarib: "Koshki biror kecha Makkada bo'lib, atrofimda izxiru jalil degan o't-o'lanlarni ko'rish, Majna suvlariga tushish, Shoma va Tufayl tog'larini ko'rish menga muyassar bo'lganini bil-sam edi", mazmunidagi ikki bayt she'rni o'qirdilar. Men bu holatlarini ko'rib, Rasululloh (s.a.v.)ga kelib aytgan edim, Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Alloh! Bizlarga Madina-ning Makka kabi yoki undan ham ko'proq muhabbatini ko'nglimizga sol, undagi kasallarni tuzat, uning so' va maddlariga bizlar uchun barakot ber va uning bezgagini Juhfaga yubor",  deb duo qildilar".

Vodiy deb Makka shahri iroda qilindi. Izxir - xushbo'y o'simlik, jalil ham hovlilarda tikka o'sadigan nozik o'simlik. Majna - ilga-ri bozor joy bo'lgan, u Makkadan bir necha mil maso-fada joylash-gan. Shoma va Tufayl Makka yaqinidagi ikki tog' yoki buloq nomi. Juhfa - Misr, Shom va mag'riblnklar hajga kelganda ehrom bog'laydigan joylarning nomi. Juhfada Rasululloh (s.a.v.) da'vatlari-ning rivojiga qarshi kishilar bo'lgan bo'lsa kerak. Shuning uchun: "Ma-dina bezgagini juhfaliklarga yubor", deb duo qildilar

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:57:55

536.Abbos (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.) xastalnib qolgan bir a'robiyni ziyorat qilib, shunday dedilar: "Sening uchun xavfli bir narsa yo'q. Inshoalloh, bu xastaliging tufayli gunohlaring yuvilib ketsin", "Aksincha, mening isitmam zo'r. Bunga chidashim qiyin", dedi a'robiy. "O'ylab gapir!" - dedilar Rasululloh (s.a.v.), bu bilan agar bu xastalikni sabr va bardosh bilan qarshilamasang, gunohlaring to'kilmagay, demoqchi bo'ldilar.537. Nofi' (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Abdullohibn Umar (r.a.) kasal ko'rgani borganlarida bemordan doimo: "Ahvoling qalay?" - deb so'rar edilar va qaytganlarida: "Alloh dardingni yengillatsin", deb duo qilar va shundan ortiqcha so'z aytmas edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:58:06

241 -bob. Betobning javobi

538-hadis. Ishoq ibn Said ibn Amr ibn Said otalaridan rivoyat qildilar: "Yusuf ibn Hajjoj urushda jarohatlangan Abdulloh ibn Umar (r.a.)ni ko'rgani kirdi va: "Qalaysan?" - deb so'radi. U: "Durust", deb javob qildi. So'ng Hajjoj: "Senga kim musibat yetkazdi?" - deb so'ragan edi. Abdulloh (r.a.): "Qurol taqish halol emas kunda uni taqishga amr qilgan shaxs", deb javob qiddi (Bu Hajjojning o'zi edi)".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:59:18

242-bob. Fosiq ziyorat qilinadimi?

539.  Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.): "Mast qiladigan ichimliklar ichuvchi kishilar betob bo'lib qolganda ularni borib ko'rmanglar", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:01:32

243. Betob erkakni ayollar ko'rishi haqida

540. Horis ibn Ubaydulloh Ansoriy aytdilar: "Men Ummu Dardoni ko'rdim. U zotning mingan ulovlari ustida parda yo'q edi. U zot ansorlardan masjidga qatnab turadigan bir betob kishini ziyorat qilishga borayotgan edilar".

Qayd etilgan