Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610067 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:06:12

249-bob. Kishi birovni yaxshi ko'rsa, uni surishtirib yurmasin

555.  Muoz ibn Jabaldan rivoyat qilindi, u kishi: "Bir birodaringni yaxshi ko'rsang, u bilan janjallashma, har ikkala tomonga yomonlikni qo'zg'atadigan hara-katni ham qilma va uning haqida suriishtirma, chunki surishtirgan kishing uning dushmani bo'lsa, yo'q narsalarni gapirib oralaringazni buzib qo'yadi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:06:37

556. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo yo'lida bo'lgan bir birodarini Alloh uchun yaxshi ko'rsa va uning o'ziga "Men seni Alloh uchun yaxshi ko'raman", degan bo'lsa va ikkalasi ham jannatga kirishga muvaffaq bo'lsa, Alloh yo'lida bo'lgani uchungina yaxshi ko'rganning darajasi ikkinchisining darajasiga nisbatan yuqoriroq bo'ladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:06:52

250-bob. Aql qalbda bo'ladi

557.  Ayyod ibn Xalifadan rivoyat qilindi, u kishi Hz. Ayai (k.v.)dan: "Aql - yurakda, rahmdillik - jigarda, mehr-shafqat taloq (qora jigar)da va nafas olish-chiqarish esa, o'pkada joylashgandir", degan gaplarini eshitdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:07:19

251-bob. Takabburlik haqida

558. Abdulloh ibn Amr aytdilar: "Bizlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida o'tirgan edik. Shu paytda sahroda yashaydiganlardan ipakli kiyim kiygan bir kishi kelib, Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida tik turgan holda bizlarga qarab: "Sizlarning birodaringiz (ya'ni Muhammad (a.s.) ot ustida yurishni yaxshi biladigan, aqlli va tajribakor kishilarning darajasini pastga tushirdi (ikkinchi rivoyatda: tushirmoqchi) va har bir podachining obro'sini ko'tarmoqchi bo'ldi", dedi. Shun-da Rasululloh (s.a.v.) uning kiyimlaridan ushlab turib: "Ustingda aqlsiz bir kishining kiyimini ko'rayo-tibman", dedilarda: "Alloh taoloning payg'ambari hz. Nuh (a.s.) o'lish vaqtlarida o'g'lilariga xitob qilib: "Men senga vasiyat qilaman, ikki narsaga buyurib, ikki narsadan qaytaraman. Birinchi - "Lo iloha il-lalloh" kalimasini aytib yurishingga buyuraman, chunki butun yetti qavat osmon va yetti qavat yerlarni torozining bir pallasiga va "Lo iloha illalloh" kalimasini ikkinchi pallasiga qo'yilsa, bu kalima qo'yilgan palla albatta og'ir keladi. Agar yetti qavat osmon va yetti qavat yerlar hammasi zich bir halqa bo'lsa, "Lo iloha illalloh" kalimasi ularning hammasini mayda-mayda qilib yuboradi. Ikkinchidan, "Subhonallohu va bihamdihi" kalimasini aytib yurishingga buyura-man, chunki bu kalima hamma maxluqotning aytadigan virdidir va shu kalimani aytishlari tufayli Alloh taolo hammalarining rizqini yetkazadi", dedilar. Yana hz Nuh (a.s.): "Seni ikki narsadan, ya'ni Alloh taologa shirk keltirishdan va kibrlanishdan qaytaraman", dedilar. Shunda men aytdim: "Yo Rasulalloh! Bu shirk keltirish nimaligani biz bilganmiz, ammo kibr nimadir? Bir kishida ichki-tashqi kiyimi bo'lib, ularni kiyib yursa, kibr  bo'ladimi?" - deb so'raganda, Rasululloh (s.a.v.): "Io'q", dedilar. "Bo'lmasa bir kishida chiroyli tasmalik bir juft kovushi bo'lib, uni g'irchillatib kiyib yursa, kibr bo'ladimi?" Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q", dedilar. "Ot, xachir, teva kabi ulovi bo'lib, uni minib yursa kibr bo'ladimi?" Rasu-lulloh (s.a.v.) yana: "Yo'q", dedilar. "Bir kishining yaxshi suhbatdosh do'stlari bo'lib, ular bilan suhbatlashib o'tirsa, bu kibr bo'ladimi?" Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q, bularning hech biri kibrga qo'shilmaydi", dedilar. "Yo Rasulalloh! Endi bo'lmasa kibr nimadan iboratdir?" Rasululloh (s.a.v.): "Haqiqatni, to'g'ri so'zni tan olmaslik va boshqa kishilarni o'zidan past hisob-lashlik kibr bo'ladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:07:37

559-hadis yuqoridagi 558-hadisning aynan takrori.

560.  Abdulloh ibn Umar (r.a.) Rasuli akram (s.a.v.) dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim o'zini boshqalardan katga deb hisoblasa yoki yurish-turishlarida boshqalarni pisand qilmay kibrlanib yursa, qiyomat kuni Allohu azza va jalla huzuriga borganda Alloh taolo unga g'azab nazari bilan qaraydi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:08:05

561.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim o'z xizmatkori bilan taom yesa, ko'cha va bozorgohlarda eshak minib yursa va qo'y-echkilarni bog'lab, ularning sutini sog'aversa, bu kishida kibrlik qolmagan bo'ladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:08:55

562.  Kiyimfurush Solih o'z buvisidan rivoyat qildi, u ayol aytdi: "Hz. Ali bozordan bir dirhamga xurmo sotib  olib, uni o'zlari ustlariga tashlab yuradigan chodirlariga o'rab ko'tardilar. Shunda men: "Ey, amir almo'minin! Bu yukingizni men ko'tarib boray", deganimda, hz. Ali: "Yo'q, ayolmand kishi o'zi ko'tarishi kerak", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:09:06

563.  Abu Said Xudriy va Abu Hurayradan rivoyat qilindi. Bularga Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh taolo izzat, qudrat - mening pastki kiyimim va kat-talik esa, yelkamga tashlab yuradigan ridoimdir. Mana shu ikki libosni kiyishga kim men bilan sherik bo'lmoqchi bo'lsa, men uni azobga solaman, dedi".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:09:17

564. Haysam ibn Molik Toiy aytdilar: "Men Nu'mon ibn Bashirdan minbar ustida turib: "Shaytonning ov qiladigan to'r va tuzoqlari bor. Uning to'r va tuzoqiari - kishi Alloh taoloning bergan ne'matlari uchun shukr qilish o'rniga tug'yonga ketishi, yo'ldan ozishi va Allohning bergan mol-mulklarini o'zim topdim, deb faxrlanishi va Allohning bandalaridan o'zini yuqori hisoblashi va nafsning xohishiga berilib, Alloh taoloning yo'lidan boshqa yo'llarga kirib ketishidir", degan so'zlarini eshitdim".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:09:26

565. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasuli amin (s.a.v.): "Jannat bilan do'zax da'volashishdi. Do'zax: "Menga zolimlar, o'zlarini katta oluvchi mutakabbirlar kiradi", dedi. Jannat esa: "Menga zaif va ojizlar, faqir bo'lgan kishilar kiradi", dedi. Shunda Alloh rabbil olamiyn jannat-ga xitob qilib: "Ey, jannat! Sen mening rahmatim-san, xohlagan bandalarimga marhamat qilib, sen bi-lan birga qilaman", dedi. Do'zaxga ham xitob qilib: "Ey, do'zax! Sen mening azobimsan, istagan kishi-larimni sen bilan azoblayman va ikkalangizni ham loyiq kishilar bilan to'ldiraman", dedi".

Qayd etilgan