Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608342 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 116 B


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:39:10

28-bob. Silai rahm umrni ziyoda qilishi haqida

56. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Rizqi keng va farovon bo’lishni va hayoti uzoqqa borishni yaxshi ko’radigan kishi qarindoshlaridan o’zini uzmasin", dedilar.

28-bobdagi 57-hadis mazmuni aynan 56-hadis mazmuni bo’lib, u Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilingan.
Imom Muslim ham bu hadislarii naql qilgan.

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:40:10

29-bob. Silai rahm qilgan kishini Alloh Sevadi

58. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Kim Alloh taolodan qo’rqsa va qavm-qarindoshlariga yondashsa, ajali ta'xir qilinadi, moli ko’payadi va ahli ayollari uni yaxshi ko’radigan bo’ladi".

59-hadis mazmuni 58-hadisdagidek aynan yana Abdulloh ibn Umar (r.a.) dan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:40:24

30-bob. Yaxshilikni eng yaqin qarindoshdan boshlamoq kerakligi haqida

60. Miqdom ibn Ma'di Karib (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishi Rasululloh (s.a.v.)dan eshitdilar: "Alloh taolo sizlarga onalaringizga yaxshilik qilishni buyurdi". Bu so’zni Rasululloh (s.a.v.) uch martaba takror qildilar. Keyin: "Otalaringizga va undan keyin yaqinroq bo’lgan qarindoshlaringizga ham yaxshilik qilishni buyurdi", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:40:34

61. Hz. Usmon ibn Affon (r.a.)goshg ozod qilgan qullaridan Abu Ayyub Sulaymon (r.a.) aytdilar: "Abu Hurayra (r.a.) payshanbadan jum'aga o’tar kechasi bizga keldilarda, o’z qarindoshlariga yaqindan yondashmagan kishilar bizning oldimizdan albatta turib ketsinlar, dedilar. Lekin hech kim turmadi. Abu Hurayra (r.a.) bu so’zni uch martaba qaytarganlaridan keyin bir yigit turib ketdi. U ikki yildan buyon aloqani uzib yurgan ammasining uyiga borib unga salom berdi. Ammasi taajjublanib: "Seni  bizga qanday shamol uchirib keldi, qancha vaqtlardan buyon kelmay yurib, endi kelib qolishingning sababi nima bo’ldi?" - deb so’radi. U: "Men Abu Hurayradan shunday gaplarni eshitganim uchun keldim",dedi. Ammasi: "Abu Hurayra oldiga qaytib borib, nima uchun u shunday deganining sababini so’ragin",dedi. Yigit Abu Hurayra (r.a.) oldiga borib so’raganda, Abu Hurayra (r.a.): "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: Har payshanbadan jum'aga o’tar kechasi bandalarning qilgan amallari Alloh taologa ayon bo’ladi. Shu  vaqtda o’z qarindoshlariga yondashmagan kishilarning amallarini Alloh taolo qabul qilmaydi", degan
so’zlarini eshitdim", deb aytdilar".

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:40:42

62.  Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: U janob: "Kim Alloh taolodan savob umid qilib, o’ziga qaram bo’lganlarga biror narsa sarf  qilsa, Alloh taolo unga albatta ajrini beradi. Sarf  qilishni avval sen o’zingga qaram bo’lganlardan boshla, ulardan ortiqchasini yaqin qarindoshlarishta, ulardan  ham ortsa, u vaqtda istagan kishilaringga beraverasan", der edilar.

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:44:12

31-bob. Darajasiga ko’ra yainlarga yaxshilik qilmoq haqida

63. Abdullohibn Avn (r.a.) aytadilar: "Rasululloh(s.a.v.): "Oralarida silai rahm qilmaydigan kishi
bo’lgan qavmlarga Alloh taoloning rahmati nozil bo’lmaydi", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:44:56

32-bob. Rahm qilmaydigan kishining gunohi haqida

64.  Jubayr ibn Mut'im (r.a.) Rasulullo? (s.a.v.)ning: "Silai rahm qilmaydigan kishi jannatga
kirmaydi", deganlarini rivoyat qildilar.

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:45:32

65.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat qilganlar: "Rahmon bo’lgan Allohdan insonlarga berilgan qarindoshlik rishtasi shunday der ekan: "Yo Rabb! Zulm ostida qoldim! Yo Rabb! Uzildim. Yo Rabb! Menga nisbatan (shunday-shunday yomon ishlar qilindi). Alloh taolo unga shunday javob berar ekan: "Seni uzganlarni tarqatib yuborasanmi va yaxshilik qilmaganlarga yaxshilik qilmasmisan?"

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:45:43

66.  Sa'd ibn Sam'on (r.a.) aytadilar: "Men Abu Hurayra (r.a.)ning yosh bolalar va aqli yetuk bo’lmagan, engil tabiatli kishilarning amirlik mansabida bo’lib qolisharidan panoh so’rayotganlarini eshitdim. Ibn Hasan Abu Hurayradan "Buning alomati nima?" -  deb so’raganlarida, Abu Hurayra: "Buning alomati   silai rahmning uzilishi, to’gri yo’lga boshlovchi kishiga itoat qilinmay, egri yo’lga boshlovchiga itoat qilinishi", deb javob berdilar".

33-bobdagi 67-hadis mazmuni 66-hadisdagi mazmun takrori bo’lib, hadis Abu Bakra (r.a.)dan naql qilingan.

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:46:28

34-bob. Haqiqiy silai rahm

68. Abdullohibn Amr (r.a.) aytdilar: Rasululloh(s.a.v.): "Avval silai rahm qilgan kishiga keyin silai  rahm qiluvchi bu - haqiqiy silai rahm qiluvchi emas. Chin silai rahm qilish deb silai rahm qilishdan bosh tortgan kishiga silai rahm qilishni aytiladi", dedilar.

Qayd etilgan