Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609732 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 ... 116 B


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:16:38

648.  Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishiga "Basradan duoingizni olgani bir.qancha birodarlaringiz kelishibdi", deyishdi. Anas ibn Molik o'sha kunlarda Zoviyada edilar. "Allohim, bizlarni mag'firat et va bizga rahm qil, bizga bu dunyoda ham bir yaxshilik, oxiratda ham bir yaxshilik ato et hamda bizlarni do'zax azobqdan saqlagin", deb duo qildilar. Kelgan kishilar yana duo so'rashgan edyu u kishi  yana xuddi shunday duo qilib: "Agar ushbu narsalar sizlarga berilsa, dunyo va oxirat saodati bershggani shudir", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:16:54

649.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) bir navdani ushlab, silkitib qoqdi-lar, dekin navdadan hech narsa tushmadi, yana qoqdilar, yana tushmadi, keyin yana qoqdilar, shunda ham Hech narsa tushmagach: "Subhanalloh, valhamdulilloha la ilaha illalloh, Allohim xato-yu kamchiliklarimizni daraxt bargini to'kkandek to'ksin", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:17:02

650.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga ayollardan biri kelib, muhtojlikdan yoki ba'zi ehtiyojlari borasida shikoyat qildi. Shunda ul zot: "Men sizlarga bundanda yaxshiroq, xayrliroq narsani o'rgataymi? Uyquga ketishdan oldin 33 marta tahlil, 33 marta tasbih va 34 marta hamd ayting, shunda 100 bo'ladi va bu dunyo hamda undagi barcha narsalardan xayrlidir", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:17:11

651.  Anas ibn Molik(r.a.)dan rivoyat qilindi: Ra-sululloh (s.a.v.) dedilar: "Bir kishining 100 marta taxlil, 100 marta tasbih va 100 marta takbir aytishi 10 ta qul ozod qilishdan va 10 ta jonliqni qurbonlik qilishdan ko'ra afzalroqdir".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:17:24

652. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga bir kishi kelib: "Ey, Allohning Rasuli, duolarning eng afzali qaysi?", deb so'radi. "Al-lohdan dunyo va oxiratda ofiyat berishini tilashingdir", deb javob berdilar. Ertasiga u kshpi yana ul zot oldilariga kelib: "Ey, Alloxning elchisi, qaysi duo afzal?", deb so'radi. "Allohdan dunyo va oxiratda ofiyat berishini so'rashingdir. Agar dunyo va oxiratda senga ofiyat berilsa, shubhasiz, najot topasan", dedilar".

Ko'pgina nashrlardagi mavjud duolar takroran tarjima qilinmadi, o'sha nashrlarga murojaat qilish mum-kin, masalan, "Duolar qo'rg'oni" ("Mepush" nashri, 2003, 1-kitob, 2005, 2-kitob) kitoblarini tavsiya qilamiz.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:17:33

653.  Abu Zarr G'iforiy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Alloh taologa eng yoqimli so'z, bu "Subhanallohi lo sharika lahu, lahul mul-ku va lahul hamdu va huva 'ala kulli shay'in qodir va la havla va lo quvvata illa billoh va bihamdihedir.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:17:42

654. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) mening oldimga bir yumush bilan keldilar. Men namoz o'qiyottandim, yonlariga bir oz kechikib bordim. Ul zot: "Ey, Oyisha, barcha duolaringni mujassamlashtirgan duoni o'qi", dedilar. Men ul zotdan uzoqlashib: "Barcha duolarni o'zida mujassam etgan duo qaysi, ey, dllohning Rasuli?" - deb so'ra-dim. "Mana bundoq deb duo qilgan: "Allohim, Sendan o'zim bilgan yoki bilmagan, shoshilinch (naqts, tezda) yoki keyinroq bo'ladigan barcha yaxshiliklarni so'rayman. Ey, Allohim, hozirda yoki keyinroq (yo'li-qishim mumkin bo'lgan) o'zim bil-gan va bilmaydigan yomonliklarning barchasidan panoh tilayman. Sendan jannatni va unga yaqinlashtiruvchi so'z va amallarni so'rayman. Do'zaxdan va unga olib boradigan barcha so'z va amallardan Sening panohingga o'taman. Muhammad (s.a.v.) Sendan so'ragan barcha narsalarni men ham so'rayman va Muhammad (s.a.v.) Sendan panoh so'ragan barcha narsadan men ham panohingga o'taman. Men uchun taqtsir qilgan har bir narsaning oqibatini to'g'ri yo'lga yo'naltirgin", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:17:52

280-bob. Rasulullohga salavot aytish haqida

655.  Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Qaysi bir musulmon sadaqa berishga qodir bo'lmasa, duosida ushbu so'zlarni aytsin: "Allohumma solli 'ala Muhammad 'abdika va rasulik va solli 'ala-l-mu'minina va-l-muslimot". Bu o'sha musulmon uchun sadaqa o'rniga o'tadi", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:18:00

656. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohumma solli 'ala Muhammad va 'ala ali Muhammad kama sallayta 'ala Ibrohima va ali IbroHim, va barik 'ala Muhammadin va 'ala ali Muhammad kama borakta 'ala Ibrohima va ali Ibrohim va tarahhum 'ala Muhammadin va 'ala ali Muhammad kama tarahhimta 'ala Ibrohima va ali Ibrohim" desa qiyomat kuni men u(ning musulmonligi)ga guvohlik beraman va uni shafoat qilaman", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:18:35

657. Anas bilan Molik ibn Avs (r.a.)lardan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) hojat uchun tashqariga chiqdilar, o'zlari bilan birga borishga hech kimni to-polmadilar. Bir ozdan so'ng hz. Umar obdasta kutarib Rasululloh (s.a.v.)ning ortlaridan bordilar va ul zotni yo'pda sajda qilib turganlarini ko'rib to'xtadilar va chekkaga o'tib kutab turdilar. Rasululloh (s.a.v.) saj-dadan boshlarini ko'tarib: "Barakashgoh, ey Umar! Mening sajdada turganimni ko'rib, yo'l cheti-da kutib turganing to'g'ri bo'ldi. (Chunki o'sha paytda) Jabroil (a.s.) kelib: "Kimki sizga bir marta salovat aytsa, Alloh taolo unga 10 ta rahmat yozadi va uning darajasini 10 barobar ko'taradi", dedi", deya marhamat qildilar".

Hojat uchun tashqariga chivdilar - u zamonlarda har kimning uyida hojatxonasi bo'lmaodi, hojat chiqarish uchun tashqariga, odam-lar yashaydigan joqdan uzoqrokda borib kelinardi.

Qayd etilgan