281-bob. Rasululloh nomlari zikr etilganda salavot aytmagan kishi haqida
659. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) minbarga chiqayotib, uning birinchi pog'onasiga chiqqanlarida "Omin", dedilar. Keyin ikkinchi pog'onaga chiqdilar va yana "Omin", dedilar. So'ng uchinchi pog'onasiga chiqib yana "Omin", dedilar. Jobir: "Ey, Allohning Rasuli, nima uchun uch marta "Omir" dedingiz?" - deb so'radi. Ul zot javob berdilar: Minbarning birinchi pog'onasiga chiqqanimda Jabroil (a.s.) kelib: "Bir banda Ramazon oyiga yetishsa, Ram-azon o'tib ketgunicha gunohlaridan poklanib ololmasa, u xor bo'lsin!" - dedi. Men ham "Omin",
dyodim. So'ngra: "Ota-onasining yoki ulardan birining keksalik davrida roziligini olib jannatga erisholmagan banda xor bo'lsin!" - dedi. Men ham "Omin", dedim. Keyin Jabroil (a.s.): "Sizning ismingiz aytilganda, sizga salovat aytmagan banda ham xor bo'lsin!" - dedi. Men ham "Omin", dedim".
Abu Hurayradan rivoyat qilingan 660-hadisda 658-hadisning mazmuni aynan takrorlangan. Abu Hurayra rivoyat qilgan 661-hadis Jobir ibn Abdulloh rivoyat qilgan 659-hadisning aynan takroridir.