Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610019 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 ... 116 B


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:20:01

672. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biringiz gunoh qilmagan va qarindoshlik aloqalarini uzmagan holida duo qilsa yoki sabrsizlik bilan shoshib duo qildim, lekin duoim ijobat bo'lmadi, deb iddao qilmasa, albatta duosi ijobat bo'ladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:21:01

285-bob. Dangasalikdan va qarzdorlikdan panoh so'rash haqida

673. Amr ibn Shu'ayb otasidan, u esa bobosidan rivoyat qilib dedi: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning: "Ey, Allohim, men Sendan dangasalikdan, qarzdorliqdan panoh so'rayman va Masihi Dajjolning fitnasidan panoh so'rayman hamda qabr azobidan panoh berishingni so'rayman", deganlarini eshitdim.

674-hadis 664-hadisning aynan takroridir.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:21:21

286-bob. Duo qilinmasa, Allohning g'azablanishi haqida

675-hadis. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki murodini Allohdan so'ramasa, Alloh unga g'azab qiladi", dedilar".

676-hadis 675-hadisning aynan takroridir. 

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:22:14

677. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohdan biror narsa so'ramoqchi bo'lsangiz, duoingizda qat'iy turing va "xohlasang bergin" demangiz, zero Alloh so'ragan kishini yaxshi ko'radi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:22:26

678.  Hz. Usmon (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki ertalab va kechqurun uch martadan: "Bismillahillazi la yadurru ma'asmihi shay'un fi-l-arzi va la fi-s-samai va huva-s-sami'u-l-'alim", desa, unga hech narsa zarar yetkaza olmaydi", dedilar".

Duo mazmuni: Uning ismi bilan yeru osmonlarda hech narsa zarar keltirlmaydigan Alloh taoloning ismi bilan .

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:22:41

287-bob. Duo qabul bo'ladigan vaqtlar

679.  Sahl ibn Sa'd (r.a.) aytdilar: "Ikki soat borki, o'sha vaqtda osmon eshiklari ochiladi. Kim bu vaqtda duoga qo'l ochsa duosi ijobatdir. Bular azon aytilayottan va Alloh yo'lidagi jihod oldidagi vaqtdir".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:23:52

288-bob. Rasulullohning duolari

680. Abu Sirma (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, Sendan meni va yaqinlarimni badavlat qilishingni so'rayman", der edilar.

681-hadis yuqoridagi hadisning takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:24:01

682.  Shotir ibn Shakil (r.a.) otasidan rivoyat qildi: "Men Rasululloh (s.a.v.)ga: "Yo, Rasulalloh, menga foydali bir duo o'rgating", dedim. Ul zot: "Ey, Allohim, menga qulog'imning, ko'zimning, tilimning, dilimning va nutfamning sharridan ofiyat bergin", deb ayt", dedilar". Bu hadis roviylaridan Vaqi': "Bu yerdagi nutfadan murod zino va buzuqlikdir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:24:09

683.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Allohim, meni kuchli, bardoshli qil. Mening ustimdan birovni g'olib qilma. Menga nusrat ber, meni hech kim yenga olmasin va menga hidoyat yo'lini oson qilib qo'ygin", deb duo qilardilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:24:16

684. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning: "Parvardigoro, meni quvvatli qil, menga qarshi, mening ziyonimga nusrat ber-magin, menga nusrat ber. Meni hech kim yenga olmasin, mening foydamga tadbir qilgin, zararimga qilmagin, menga hidoyat yo'lini osonlashtir, menga jabr qilganlar ustidan meni g'olib qil. Parvardigoro, meni doimo O'zingga shukr qiluvchi, mudom Seni zikr qiluvchi, O'zingdan qo'rquvchi, Senga itoatkor va bo'ysu-nuvchi, faqat O'zingga dardimni aytadigan qilgin. Parvardigoro, tavbamni qabul kdlgin, gunohimni kechirgin, duolarimni ijobat qil, hujjatimni qat'iy qil, tilimni yomon so'zlardan to'sgin va qalbimdagi qoralik, g'uborni aritgin", degan so'zlar bilan duo qilganlarini eshitdim".

Qayd etilgan