Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610244 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 ... 116 B


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:30:28

699. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, Sendan faqirlik, yetishmovchilik, xorlikdan panoh so'rayman hamda biror kimsaga zulm qilib qo'yishdan va birovdan zulm ko'rishdan panoh tilayman", der edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:30:43

700.  Abu Umoma (r.a.) aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) huzurlarida o'tirgan edik, ul zot juda ko'p duo o'qidilar, lekin eslab qololmadik. "Siz ko'pgana duo o'qidingiz, ammo biz eslab qololmadik, ey Allohning Rasuli", dedik. Shunda ul zot: "Sizlarga kerakli barcha narsani o'zida jamlagan bir duoni aytaymi? Ey, Allo-him, Biz payg'ambaring Muhammad (s.a.v.) so'ragan barcha narsani so'raymiz va payg'ambaring Muhammad (s.a.v.) Seqdan panoh tilagan barcha narsalardan o'zingga sig'inamiz. Ey, Allohim, yordam so'rab sig'iniladigan Zot faqat o'zingsan va Sening yordaming bilangina xayrga erishilur. Kuch va qudrat faqat Alloh bilandir".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:30:50

701. Amr ibn Shu'ayb otasi va bobosidan rivoyat qilib, Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini xabar qildi: "Allohim! Yelgonchi Masihi Dajjolning fitnasi-dan, jahannamning fitnasvdan sendan panoh so'rayman".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:31:22

702.  Ato ibn Soib (r.a.)dan rivoyat qilindi: Ibn Abbos (r.a.) "Allohim, menga bergan rizqingda qano-atli qilgin, uni men uchun barakotli qilgin va bar-cha yo'qotganlarim o'rnini xayrlisi bilan to'ldirgin", deya duo kdlardilar.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:31:29

703. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Ra-sululloh (s.a.v.): "Allohim! Bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham ezgulik ato et, bizni jahannam azobidan saqla", deb duo qilar edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:31:40

704. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.)-' "Ey, qalblarni aylantiruvchi Allohim, qal-bimni dining uzra sobit, barqaror qil", degan duo-ni ko'p takrorlardilar.

Abdulloh ibn Abu Vafodan rivoyat qilingan 705-hadis mazmuni yuqori-dagi hadis kabidir.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:32:09

706.  Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.)ning o'qib yuradigan duolaridan biri ushbu edi: "Ey, Allohim, ne'matingni zavolidan, ofiyatingni o'zgarishidan, nogahon keluvchi azobingdan va barcha g'azabingdan o'zingga sig'inaman, o'zingdan panoh tilayman".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:35:44

289-bob. Yomg'ir yog'ayotgan paytda duo qilish haqida

707.  Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Osmonda biror bulutni qo'rsalar, darhol ishlarini tashlardilar, garchi (nafl) namozda bo'lsalar ham. So'ngra bulutga qarab turardilar: agar Alloh bulutlarni tarq-atib yuborsa, Unga hamd aytardilar, agar yomg'ir yog'sa: "Allohim, bu yomg'irni foydali qilgin", der edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:36:29

290-bob. O'lim istab duo qilish haqida

Rasululloh sharorat va fitnalar zamonida, Islom ko'rsatmalariga binoan yashash imkoni qolmagan paytdagana o'limni tilashga ruxsat berganlar, Hadisdagi "yomonlik"dan murod ana shu fitnalardir,

708.  Qays (r.a.) aytdilar: "Men Xabbobning uyiga bordim. U qorin og'rig'y kasaliga duchor bo'lib, bardosh bilan chidagan, kasalligi uzaygandan-uzaygach, bardoshi tugab, zerikkan edi. Xabbob aytdi: "Rasululloh (s.a.v.) bizni o'z o'limini tilab duo qilishdan qaytarmaganlarida edi, men albatta shunday duo qilgan bo'lardim".

Bu o'rinda shu narsani anglab olish lozim: ajal yetib kelmaguncha insonning o'ziga o'lim tilashidan qaytarilgan. Ammo omonat topshirish payti kelganiga ko'zi yetgan solih bandaning Allohga bo'lgan muhabbati uni huzuri Ilohiyga yo'liq-ishga undaydi. Ko'pgina sahobiylarning erishgan ajrlari nuqson topib qolmasligi va dunyo nopokliklari bilan ifloslanib qolmaslik uchun o'zlariga o'lim tilab duo qilganlari rivoyat qilinadi. Qaysning rivoyatida esa: "Sizlardan biringiz dunyoda boshiga tushgan biror zarar tufayli o'limni orzu qilmasin", deyiladi. Lekin agar diida biror fitnaga duchor bo'lishdan qo'rqqan inson uchun bu joiz.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:37:14

291-bob. Rasululloh o'qib yurgan duolar haqida

709. Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) ushbu duoni o'qib yurar edilar: "Parvardigoro, gunohimni, bilimsizligimni, butun ishlarimdagi isrofimni va mendan o'zing yaxshiroq biladigan barcha yomonliklarimni kechirgin. Ey, Allohim, bilib-bilmay qilgan barcha gunohlarimni, hazillarimni kechirgin. E'tirof qilaman, bularning barchasi menda mavjud. Allohim, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni - yashirin qilganimni ham, oshkora qilganimni ham kechirgin. Sen Muqaddam va Muaxxar Zodan. Shubhasiz har ishga qodirsan".

Abu Muso Ash'ariydan rivoyat qshshngan 710-hadis 709-hadisnjg takrori.

Qayd etilgan