Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608869 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 ... 116 B


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:38:09

711. Muoz ibn Jabal (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) qulimdan tugab: "Ey, Muoz!" - dedilar. "Labbay, yo Rasulalloh!" - dedim. "Men seni yaxshi ko'raman", dedilar. "Xudo haqqi, men ham sizni yaxshi ko'raman", dedim. Ul zot: "Har namozing oxirida o'qiladigan bir duoni o'rgataymi?" - dedilar. "Albatga, o'rgating", dedim. Ul zot: "Ey, Allohim, Sening zikringni qilishda, Senga shukr qilishsa va Senga go'zal bir shaklda ibodat qilishimda mengakuch-quvvat ber", deb ayt", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:38:33

712.  Abu Ayub Ansoriy <r.a.) aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) huzurlarida bir kishi: "Alhamdulillohi hamdan kasiran toyyiban mubarakan fiyhi", dedi. "Bu so'zlar-ni aytgan kim o'zi?" - deb so'radilar Rasululloh (s.a.v.). Jimlik cho'kdi. Bu so'zlarni aytgan kittti gapim Rasululloh (s.a.v.)ga yoqmadi, deb jim bo'lib qolgan edi. Rasululloh (s.a.v.): "Kim aytdi bu gaplarni? Kim bo'lsa ham haq va to'g'ri aytdi", dedilar. Shundan keyingina boyagi kishi: "Men edim, bu so'zlarim bilan faqatgina yaxpshlikni tilayman", dedi. Ul zot: "Jonim qo'lida bo'lgan Zotga qasamki, o'n uchta farishta ushbu so'zni Alloh azza va jallaga olib chiqishga shosha-yotganlarini kurdim", dedilar".

Duoning mazmuni: Ey, maqtovli Parvardigor, odamlar uchun yoqimli va muborak narsalarni ko'paytirgin

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:39:02

713. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) hojatxonaga kirmoqchi bo'lsalar: "Allohim, Sendan yaramas, chirkin narsalardan panoh so'rayman", der edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:39:24

714.  Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) qachon hojatxonadan chiqsalar "g'ufronaka", derdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:39:41

715.  Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ushbu duoni bizga xudtsi Qur'ondan bir sura o'rgatgandek o'rgatdilar: "Ey, Parvardigor, jahannam azobi-dan panoh ber, qabr azobidan panoh ber, Masihi Dajjol fitnasidan panoh ber, hayot va o'lim fitnalaridan panoh ber va qabr fitnasidan panoh ber".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:40:07

716. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men xolam Maymuna (r.a.)ning2 uylarida tunab qoldim. Rasul-ulloh (s.a.v.) turib hojatga chiqtsilar, so'ng qo'llari va yuzlarini yuvib, yotib uxladilar. Birozdan keyin uyg'onib meshning og'zini bo'shatdilarda, o'rtacha tahorat oldilar, lekin tahoratni mukammal qildilar. So'ngra namoz o'qidilar. Men ham turdim. Ul zotdan yashirin kerishib oldimda, tahorat qilib, Payg'ambarimiz (s.a.v.) namoz o'qishga turganlarida u kishining chap tomonlariga turdim. Ul zot qo'limni tutib o'ng tomonlarida turishimni istadilar. Payg'ambarimiz
(s.a.v.)ning (tungi) namozlari 13 rak'at bo'ldi. So'ng u kishi o'ranib uxladilar va hatto xurrak tovushlari kela boshladi. Ul zot uxlaganlarida xurrak otar edilar. Bilol (r.a.) namozga azon aytganlaridan so'ng Rasululloh (s.a.v.) namoz o'qidilar, lekin tahorat qilmadilar . O'shandagi duolari ushbu edi: "Ey, Allohim, qalbimda bir nur qil, qulog'imda bir nur qil, o'ngimda bir nur qil, so'limda bir nur qil, ustimda bir nur qil, ostimda bir nur qil, oldimda bir nur qil, ortimda bir nur qil va mening nurimni oshirgin".

1 Ibn Abbos (r.a.)dan riyuyat qilingan bu hadisning boshqa muqobili ham bor: "U kishi Rasululloh sollallohu 'alayhi vasalamning sajda qilgan hodtsa uxlab qolganlarini ko'rdi. "Hatgo xurillay boshladilar yoki pishillay boshladilar. Keyin turib namoz o'qvdilar. Shuvda men: "Yo Rasulalloh, Siz haqiqatan uxladintaz-ku?" dedim. Aytdilarki, "Faqat yotib (cho'zilib) uxlagan kishiga tahorat olish lozim bo'ladi, chunki u cho'zilganida bo'g'imlari o'zini qo'yib yuboradi". Ulamolar uyku tufayli bo'ladigan tahorat masalasida ixtilof qildilar. Ko'plari o'tirgan joyida yoki tik turib uxlagan kishiga, to u yotmagunicha, tahorat lozim bo'lmaydi, deb hisoblaydilar. Ba'zilar esa bunday deydi: "Agar akliga hokim bo'lmaydigan darajada uyquga tolsa, tahorat olmosh lozim" (Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Sunani Termiziy. 1-jild. Toshkent, "Adolat", 1999, 120-121-betlar). Mazkurhadis mazmunidan ma'lum bo'ladiki, Rasululloh (s.a.v.) uxlaganlarida fikran uyg'oq bo'lganlar, chunki Bilol Habashiy (r.a.) namozga chaqirishi bilan o'rinlaridan turib namozga kirishganlar. "Mufidu-l-ulum va mubvdu-l-humum" kitobida ham aytilganidek, Rasululloh (s.a.v.) uxlaganlarida tahoratlari buzilmasdi, binobarin, ul zot uyquda ham vahy qabul qilar edilar ("Irfon" taqvimi", №1, 2005)

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:40:32

717-hadis yuqoridagi hadisning aynan takrori.

718.  Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) tunning yarmida namozga turganlarqda shu duoni o'qir edilar: "Ey, Allohim, barcha hamd Senga xosdir. Sen osmonlaru yerni va undagi barcha narsalarning nuridirsan. Senga hamdu sanolar bo'lsin, Sen osmonlaru yerni tutib turuvchi abadiy barhayot Zotdirsan. Senga hamd bo'lsin, Allohim, Sen osmonlaru yerni va undagi barchaning Parvardigori, tarbiyat etuvchisisan. Sen haqdirsan, va'dang haqdir, Senga yo'liqmoqlik haqdir, jannat haq, do'zax haq, qiyomat haqdir. Ey, Allohim, men Senga bo'ysundim, itoat etdim, taslim bo'ldim, Senga imon keltirdim, O'zingga tavakkul qildim, O'zingga yo'naldim, mening avvalgiyu oxirgi, maxfiy va oshkora qilgan gunoxlarimni kechirgin. Sen o'zing mening ilohimsan, Sendan o'zga hech qanday iloh yo'q".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:41:10

719.  Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) shunday deb duo qilardilar: "Ey, Allohim, men Sendan dunyo va oxiratda afv va ofiyat so'rayman. Ey, Allohim, Sendan dinim va axlim uchun ofiyat so'rayman. Parvardigor, aybimni yopgan, qo'rquvimni aritgin, meni oldimdan, orqamdan, tepamdan, o'ngimdan va so'limdan saqlagin. Sendan oyog'im ostidan chiqishi mumkin bo'lgan falokatdan panoh so'rayman".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:41:44

720. Ubayd ibn Rofi'ning otasi aytdi: "Uxud g'azoti kuni edi. Mushriklar chekinib, qocha boshlagach, Rasululloh (s.a.v.): "Saflaringizni tekislang, men Ulug' va Oliy Parvardigorimga hamdu sano aytayin", dedilar. Sahobiylar ul zotning orqalarida saflanishgach: "Ey, Allohim, barcha hamdlar Senga xosdir. Allohim, Sen yoyib, yozib qo'ygan narsani yig'uvchi, siquvchi yo'qtsir. Sen uzoq qilib qo'yganni yaqinlashtiruvchi yo'q, Sen yaqin qilsang, uzoqpashtiruvchi yo'q, Sen to'sib man' qilsang, bera oluvchi kimsa yo'q, Sen bersang to'sqinlik qiluvchi yo'qdir. Allohim, ustimizga barakoting, rahmat-marhamating, fazling va rizqingni keng qilib qo'ygin. Allohim, Sevdan ketib qolmaydigan va zavol topmaydigan doimiy ne'mat so'rayman. Allohim, Sendan zoriqqan kunimda ne'mat berishingni va xatarli damda omonlik berishingni tilayman. Parvardigoro, bizga ato etgan narsalarning ham, man' etgan narsa-larning ham yomonligqdan, shumligidan panoh bergin. Allohim, bizlarga imonni sevdir, uni qalblarimiz ziynati qilgin, bizlarga kufr, buzg'unchilik va isyonni yomon ko'rsat hamda bizlarni to'g'ri yo'ddagilar qato-rida qilgin. Allohim, bizlarni musulmon holatda o'ldirib, musulmon holatda tiriltir va bizni sharmanda bo'lmagan, fitnalarga uchmagan holatda solixlar qatoriga qushgin. Allohim, payg'ambaringni yolg'onchiga chiqargan, odamlarni haq yo'lingdan to'sgan kofirlarni halok qil hamda ularga jazo va azobingni tushirgin! Allohim, Yo Ilohal haq, ahli kitob kofirlarni halok qil!" - deb duo qildilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:42:50

292-bob. Qayg'u va g'amganliqda o'qiladigan duolar

721. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) g'amgin vaqtlarida: "Ulug', halim Alloxdan o'zga iloh yo'q. Osmonlar va yerning Rabbisi, buyuk Arshning Rabbisidan o'zga iloh yo'q", der edilar".

Qayd etilgan