Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610042 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 ... 116 B


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:43:16

722. Abdurrahmon ibn Abu Bakra otalariga: "Ota-jon, har kuni ertalab va kechqurun 3 martadan: "Allohim, jismimni salomat qil, Allohim, qulog'imni salomat qil, Allohim, ko'zimni salomat qil. O'zingdan boshqa hech qanday iloh yo'q", deganingizni va yana: "Allohim, kufr va faqirlikdan panoh ber, Allohim, qabr azobidan panoh ber", deb aytayotganingizni eshitganman", dedilar. Shunda otala-ri: "To'g'ri, bolam, men bularni Rasululloh (s.a.v.) aytayotganlarini eshitganman. Men ul zotning sun-natlariga ergashishni yaxshi ko'raman", dedilar. Va yana dedilar: "Rasul-ulloh (s.a.v.) g'amgin odam o'qiydigan duoni ham o'rgatganlar, u duo ushbudir: "Ey, Allohim, rahmatingdan umidvorman. Meni bir lahza ham o'z holimga tashlab qo'yma. Mening butun ishlarimni, sha'nimni o'nglagin. Sendan o'zga hech qanday iloh yo'qdir".

Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilingan 721-hadis 723-hadisda ham takrorlangan.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:44:55

293-bob. Istixora duosi haqida

724. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bizga Qur'ondan bir sura o'rgatgandek istixora duosini o'rgatib: "Kimki biror ishga niyat qilsa, ikki rak'at nafl namoz o'qisin va shunday duo qilsin: "Ey, Allohim! Sen bilganing uchun o'zim haqqimda xayrlisini menga bildirishingni so'rayman. Qudratingdan quvvat istayman, Sening buyuk karamingni tilayman. Chunki, Sening har bir ishga kuching yetadi, qodirsan, men qodir emasman. Sen barcha narsalarni biluvchisan, men bilolmayman. g'ayb narsalarning bilimdoni o'zingsan. Allohim, agar bu ish mening dinimda, turmushimda, ishimning oqibatida, bugunim va kelajagimda xayrli, deb bilsang uni menga nasib et va muyassar ayla. Yo'q, agar bu ish dinimga, turmushimga, ishim oqibatiga, bugunim va istiq-bolimga zararli, deb bilsang, uni mendan, meni undan uzoqpashtir. Xayr qaerda bo'lsa uni menga taqdir qil va muyassar et. Meni u bilan mamnun qilgin". So'ngra hojatini aytsin", degandilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:45:04

725.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Fath masjidida dushanba, seshanba va chorshanba kunlari duo qildilar. Duolari chorshanba kuni ikki namoz o'rtasida ijobat bo'ddi". Jobir aytdilar: "Mening boshimga qachon biror mushkul ish tushsa, chorshanba kuni ikki namoz o'rtasidagi o'sha soatda Allohdan duo qilib so'raganimda doim duoim qabul bo'lganini bilaman".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:45:17

726. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edim, bir kishi: "Ey, osmonlar va yerni ajoyib tarzda yaratgan ijodkor! Ey, abadiy barhayot Zot! Ey, butun borliqni qudra-ti bilan tutib turgan Zot! Men Sendan so'rayman-ki...", deyotgan edi. Shunda ul zot: "Bu odam nima deb duo qilayotganini bilayapsizmi? Jonim qo'lida bo'lgan Zotga qasamki, agar Allohning mana shu is-mlari bilan duo qilinsa, albatta ijobat bo'ladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:45:26

727.  Abu Bakr Rasululloh (s.a.v.)ga: "Menga bir duo o'rgatingki, uni namozlarimdan so'ng o'qib yurayin", dedilar. Rasululloh: "Allohim, men o'zimga o'zim ko'p zulm qilib qo'ydim. Gunohlarimni faqatgina Sen kechira olasan. O'z dargohing mag'firati bilan gunohlarimni kechirgin, zero Sen G'ofur (kechirimli) va Rahim (mehribon) Zodan", deb duo qiling", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:47:31

294-bob. Zolim hukmdordardan qo'rqqanda nima deyish kerakligi haqida

728. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Sizlardan birortangaz boshlig'ining kibridan yoki zulmidan qo'rqsa: "Osmonlaru yerni va Ulug' Arshning Parvardigori Allohim, bandalaringda falon ibn falon va uning to'dasining menga hurmatsizligi va adolatsizligidan o'zing himoya qilgin. Sening himoyang qudrat-li va madhing ulug'vordir. Sendan o'zga iloh yo'qtsir", desin".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:47:47

729.  Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi; "Biror ishni amalga oshirish uchun hukmdorning huzu-riga kirganda ushbu duoni o'qinglar: "Alloh buyukdir. Alloh yaratilgan barcha narsalardan qud-ratlidir. Alloh men qo'rqadigan va cho'chiydigan barcha narsalardan kuchlidir. Falon quling-ning sharridan va uning jin va insonlardan tashkil topgan askarlarining sharridan O'zidan boshqa iloh bo'lmagan Allohga sig'inaman. Yeru osmonlarni tutib turgan Uning o'zidir. Allohim! Meni ular-ning sharridan o'z panohingga olishingni so'rayman. Yolg'iz Sening madhing yuksak-dir. Sening panohingdan qudratli panoh yo'q. Sening isming muborakdir, Sendan o'zga iloh yo'q". Uch karra o'qiladi".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:52:13

730.  Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Kimning boshiga biror tashvish, g'am tushsa yoki sultondan qo'rqsa, ushbu so'zlar bilan duo qilsa, duosi ijobat bo'ladi: "Ey, Allohim, Sendan o'zga iloh yo'qligi, yetti qavat osmonning Parvardigori, Ulug' Arshning Rabbi ekanliging haq-hurmati so'rayman, Uzingdan boshqa ibo datga loyiq Zot yo'qshgi hurmatidan so'rayman, Zero Sen har ishga qodirsan". So'ngra hojatini Allohdan so'rasak".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:52:57

295-bob. Duo oxiratda ajru savob sifatida zohir bo'lishi haqvda

731-hadis. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: "Rasu-lulloh (s.a.v.) aytganlar: "Biror bir musulmon gunoh ish qilmagan va qarindosh-urug'chilik aloqalarini uz-magan holda duo qilsa, unga 3 narsadan biri aniq beriladi: yo so'ragani tezda beriladi yoki uni oxiratga zaxira qilinadi yoki bo'lmasa, o'sha qilgan duosi ba-robarida undan biror yomonlik daf qilinadi". "Bo'lmasa duoni ko'paytiramiz", deyishdi. "Alloh ko'paytirguvchiroqdir", dedilar Rasululloh (s.a.v.)".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:53:53

732.  Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Bir mo'min qo'llarini ko'ta-rib Allohga chin dildan duo qilsa, tilagini yo shu dunyoning o'zida beriladi yoki oshig'ich muddatcha oxiratga zahira qilinadi". "Yo Rasulalloh! "Oshig'ich" ni-madir?" - deb so'rashdi sahobiylar. "Men Allohga duo qildim, duo qildimu qabul bo'lganini ko'rmadim", deyishdir", deb marhamat qildilar.

Qayd etilgan