Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609713 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 ... 116 B


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:00:41

300-bob. Momoqaldiroq guldiraganda o'qiladigan duo

743.  Ikrima (r.a.) aytdilar: "Ibn Abbos (r.a.) mo-maqaddiroq ovozini eshitsalar: "Men madh etayotgan Zot (Alloh) barcha nuqsonlardan pokdir. Shubhasiz mo-maqaddiroq xuddi cho'pon qo'yning bo'ynidan qanday tutsa, yomgarni ana shunday tutib, olib keladi", der edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:00:57

744.  Omir ibn Abdulloh ibn Zubayr aytdilar: "Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) momaqaddiroq gumburlashini eshitganda, har qanday gapdan va ishdan to'xtab: "Momaqadlroq (ham) Unga hamd bilan tasbih aytur" (13:13), degan oyatni o’qirdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:07:45

301-bob. Allohdan ofiyat so'rash haqida

745. Avsat ibn Ismoil rivoyat qildilar: "Abu Bakr Siddiq (r.a.) Payg'ambar (s.a.v.) vafotlaridan key-in shunday dedilar: "O'tgan yili Rasululloh (s.a.v.) mana shu men turgan joyda turib...", dedilarda yig'lab yubordilar. "So'ng shunday degan edilar", deya Rasululloh (s.a.v.)ning so'z-larini yetkazdilar: "Sizlarga haqiqatguylikni, samimiylikni vasiyat qilaman, zero u yaxshilik bilan birga bo'lib sizlarni jannatga olib boradi. Yolg'ondan saklaning, zero u buzg'unchilik bilan birga va do'zaxga olib boradi. Allohdan ofiyat so'rang, albatta, ofiyatdan ko'ra yaxshiroq narsa ato etilgan emas. O'zaro nizo chiqarmang, bir-biringizga dushman bo'lmang, bir-biringizga hasad qilmang va bir-biringizdan nafratlanmang. Allohning aka-ukadek ahil, inoq bandalari bo'ling!"

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:08:09

746.  Muoz ibn Jabal (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir kishining yonidan o'tayotganlarida u: "Allohim, men Sendan ne'matlarning mukammalini so'rayman", deb duo qilardi. Ul zot undan: "Ne'matlarning mukammali nima, bilasizmi?" -deb so'radilar. So'ng o'zlari: "Ne'matlarning mukammali jannatga kirish va do'zax olovidan qutilishdir", dedilar. Ul zot yana bir odamning yonidan o'tib ketayotsalar, u: "Allohim, men sendan sabr berishingni so'rayman", derdi. Rasululloh (s.a.v.) unga: "Sen Parvardigordan balo so'rading-ku, undan ofiyat so'ragin", dedilar. Yana bir odamning oddidan o'tib ketayotgan edilar, u: "Ey, barcha buyuklik va fazlu karam sohibi!.." deyotganda, unga qarab "So'rang", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:08:17

747.  Abbos ibn Abdulmuttalib (r.a.) aytdilar: "Men: "Yo Rasulalloh (s.a.v.), Allohdan so'rab, duoqirdilar".qilishim uchun biror nima o'rgating", dedim. Ul zot: "Ey, Abbos, Allohdan ofiyat so'rang", dedilar. So'ngra biroz kutib turib yana keldim-da, Allohdan so'rab duo qilishim uchun biror nima o'rgating, yo Rasulalloh, deganimda: "Ey, Abbos, ey, Rasulullohning amakisi, Allohdan dunyo va oxiratda ofiyat so'rang", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:11:22

302-bob. Duoda balo so'rashning makruhligi haqida

748.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida: "Allohim, sadaqa qilay desam, mol-dunyo bermading, endi meni bir baloga yo'liqgirki, unga sabr qilib ajr olay", dedi. Buni eshshtan Rasululloh (s.a.v.): "Subhanalloh! Bun-day demagin. Allohim, menga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilik ato et, demaysanmi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:11:41

749.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir kipshning ziyoratiga bordilar. U xasta-likning qatgiq azobini tortib yotgan ekan. Ko'rinishi xuddi qanotlari yulib tashlangan ramaqijon jo'jaga o'xshardi. Rasululloh (s.a.v.) unga: "Sen Allohdan na-jot so'rab duo qil". dedilar. U kishi: "Allohim! Men-ga oxiratda beradigan ajru mukofotingni shu dunyoda bergin", deb duo qildi. Uning bu duosini eshitib Rasululloh (s.a.v.): "Allohga hamdlar bo'lsin! Oxirat-dagi beriladaigan ajru mukofotga bandaning kuchi yetmaydi, sen buning o'rniga bu dunyoda krm, oxiratda ham bizga ezgulik ato et, jahannam azobidan saqla", demaysanmi?" - dedilar. U kishi Rasululloh (s.a.v.) o'rgatganlaridek duo qilib yotdi, Alloh unga pshfo berdi".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:11:58

303-bob. Qattiq sinovdan panoh so'rash haqida

750.  Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: Bir kishi: "Allohim, Sendan qatgiq sinovdan panoh tilayman", dedi-yu to'xtab qoddi. Agar yana shu duoni aytsa, faqat ichida ulug'lik bo'lgan balo (sinov)dan emas, deb aytsin.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:12:07

751.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) shiddatli sinovdan, ketma-ket keluv-chi baxtsizliqdan, yomon taqdirdan va dushmanlarning hasadqdan panoh tilardilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:12:24

304-bob. Tanbih ma'nosida so'zni takrorlash

752.  Abu Navfal ibn Abu Aqrabning otasi Rasululloh (s.a.v.)dan ro'za tutish haqida (izn) so'radi. Ul zot "Har oyning bir kunida ro'za tut", dedilar. "Ota-onam sizga fido bo'lsin, yana ziyoda qiling", dedim. "Ziyoda qiling, ziyoda qiling, har oyda ikki kun ro'za tut", dedilar ul zot. Men yana: "Ota-onam sizga fido bo'lsin, yana ko'paytirib bering, men o'zimni kuchli his qilayapman", dedim. Ul zot: "O'zimni kuchli his qilayapman, o'zimni kuchli his qilayapman", deya gapimni takrorlaganlaridan endi boshqa orttirishga izn bermasalar kerak, deb o'iladim. So'ng ul zot: "Har oyda 3 kun ro'za tut", dedilar.

Yana kupaytirib bering - ko'proq muddat ro'za tutishimga izn bering, deyilmoqda.Bu hadisdan shu narsa ayon bo'ladiki, Rasululloh (s.a.v.) ummatlariga faqat yengillikni xohlaganlar, shuning uchun ham nafila ibodatlarni me'yorida qilishga ruxsat berganlar.

Qayd etilgan