Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609040 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 ... 116 B


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:36:42

313-bob. Mehmon mezbonni zeriktirm asligi haqida

764.  Abu Shurayh Ka'biy (r.a.) aytdilar: Rasulul-loh (s.a.v.) dedilar: "Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshi gap gapirsin yo jim tursin. Kim Al-lohga va oxirat kuniga ishonsa mehmonini muddati bilan ikrom qilsin. Muddati bir kecha-kunduzdir. Mexmondorchilikuch kundir. Bundan oshig'i sadakdtsir. Mehmonning mezbonni zeriktirar darajada uning uyida turshpi o'zi uchun xalol emas".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:36:58

314-bob. Agar mehmon mezbon uyining tashqarisida tong ottirsa...

765.  Miqtsom Abu Karim (r.a.) aytdi: "Payg'amba-ri-miz (s.a.v.): "Mehmonning tunab qolishi har bir musulmon zimmasidagi hakdir. Kimki mezbonning uyidan ta-shqarqtsa tong otgarsa, mehmonnavozlik qarzi bo'ynida qoladi, xoxlasa o'taydi, xohlasa tark etadi". dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:37:10

315-bob. Mehmonga iltifot ko'rsatilmasa...

766.  Uqba ibn Omir (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Ey, Allohning Rasuli, siz bizni bir qavm huzuriga jo'nadantaz, o'sha qavm bizni mehmon qilmasa, qanday yo'l tushshni buyurasiz?" - deb so'radim. Rasulul-loh (s.a.v.): "Agar biror qavm oddiga mexmon bo'lib bor-sangaz, mexmon uchun lozim narsalarni buyursalar, qabul qiling. Agar bunday qilmasalar, ular o'tashlari lozim bo'lgan mexmondorchilik haqqini talab qiling", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:37:53

316-bob. Kishi mehmonga o'zi xizmat qilishi haqida

767. Abu Usayd Soidiy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ni to'yiga taklif qildi. O'sha kuni ayoli kelin bo'la turib o'zi xizmat qildi. U ayol: "Bilasizlarmi, men Rasululloh (s.a.v.) uchun qanday ichimlik tayyorladim? - deb so'radi. - Men ul zot uchun kechki xurmodan bir idish sharbat tayyorladim".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:38:16

317-bob. Mehmonga taom quyib, o'zi namozga turgan kishi haqida

768.  Na'im ibn Qa'nab (r.a.) aytdi: "Men Abu Zarr (r.a.)ning uyiga bordimu uni topa olmadim. Ayolidan: "Abu Zarr qaerda?" - deb so'radim. "Ishdalar, hozir ke-lib qoladilar", deb javob berdi ayoli. Men uylarida o'tirib turgavdim, ikki tuyani haydab Abu Zarr kelib qoldi. Tuyalarni bir-biriga orqama-orqa bog'lagan, ular-ning har biriga bitgadan mesh ortilgandi. Abu Zarr ularni yerga olib qo'yib, kelib men bilan so'rashdi. Men: "Ey, Abu Zarr, ijari uchratgan odamlarim ichida men uchun sendan sevimlirog'i ham, sendan yomonrog'i ham bo'lma-gan", dedim. U: "Xo'sh, bu gapingni qanday tushunishim kerak?" - deb so'radi. "Men johiliyat davrida go'dak qizim-ni tiriklay ko'mgan edim, "Sen uchun tavba yo'li ham yo'q, najot ham!" - deysan deb senga yo'liqib qolishdan qo'rqdr-dim. Hamda "Tavba qilsang tavbang qabul bo'ladi va sen uchun najot yo'li bor", deyishingdan umid qilardim", dedim. Abu Zarr: "Johiliyatdan qaytib, haq yo'lni top-dingmi?" - dedi. "Ha", dedim. U: "Alloh taolo Islomga kirgandan keyin oldingi gunohlarni kechiradi", dedi va ayoliga: "Bizga taom keltir!" -deb buyurdi. Ayoli kuloq solmadi. Abu Zarr unga yana qaytardi, ayoli bu safar ham quloq solmadi va hatgo ikkovlari janjallashib qolish-di. Abu Zarr: "Haqiqatda siz ayollar Rasululloh (s.a.v) aytganlaricha bor ekansiz!" - dedi. Men: "Rasululloh (s.a.v) ular haqida nima deganlar?" - deb so'radim. Abu Zarr: "Ul zot: "Ayol kishi qovurg'a suyagi kabidir, sen uni to'g'rilamoqchi bo'psang sindirib ko'yasan. Agar uni boshqara bilsang, ro'zg'oring but bo'ladi", degandilar", dedi. Shundan keyin ayoli burilib kelib, kaklik-nikiga o'xshash sho'rva qo'yib ketdi. Abu Zarr: "Menga e'tibor bermay sen olaver, men ro'zadorman", dedi va namozga turdi. U ruku'larni yengil (tez-tez) qildi. So'ng namozini tamomlab, ovqat yeya boshladi. Men: "Yo tavba, meni addaysan, deb o'ilamagandim!" - dedim. U: "Nega endi, men seni uchrat-ganimdan beri aldaganim yo'q", dedi. "Axir ro'zadorman, Demabmiding?" - dedim. U: "Shunaqa dedim. Men bu oy Hisobidan uch kun ro'za tutdim, menga uning ajri yozildi va ovqatlanish halol bo'ldi", dedi.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:38:55

318-bob. Kishi oilasi nafaqasini ado etishi haqida

769.  Savbon (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Dinor (ya'ni pul)larning eng af-zali kishining o'z ahli ayoliga, Alloh yo'lidagi biro-darlariga va Alloh uchun atagan jonivor-hayvonla-riga sarflangan pulidir".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:39:13

770.  Abu Mas'ud Badriy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki ahli ayoliga savob umidida nafaqa qilsa o'sha qilgan nafaqasi uning uchun sadaqadir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:39:20

771. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: "Yo, Rasululloh, menda bir qancha dinor bor", dedi. "O'zing uchun sarf qil", dedilar ul zot. "Menda undan ortiqchasi bor", dedi u kishi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Unda ularni xizmatkoringga yoki bolangga sarfla", dedi-lar. "Menda undan-da ortiqchasi bor", dedi yana u kishi. Rasululloh (s.a.v.): "Unda ularni Alloh yo'lida saq-la, bu (savob yuzasidan) eng oz bo'lganidir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:39:27

772.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.): "Sening to'rt dinor puling bo'lsa, 1 dinorni miskinga bersang, 1 dinorni qul ozod qilish uchun bersang, bir dinorni Alloh yo'lida sarflasang, yana bir dinorni ahli ayoling nafaqasiga ishladang, shulardan eng afzali ahli ayolingga sarf qilganing hisoblanadi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:48:04

319-bob. Barcha sarfdan savob olish haqida

773.  Sa'd ibn Abi Vaqqos (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) u kishiga: "Bilginki, na faqat Allohning roziligini istab qilgan ehsoning-ga, bal-ki ayolingning og'ziga solgan bir luqma taoming uchun ham albatga ajr-mukofot olasan", dedilar.

Qayd etilgan