Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610071 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 ... 116 B


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:02:10

784. Abdulloh ibn Omir (r.a.) bir kuni Abu Mas'ud (r.a.)dan: "Ey, Abu Mas'ud! Rasululloh (s.a.v.)dan gumon qilish bilan bog'liq biror gap eshitganing bormi?" - deb so'radi. Abu Mas'ud: "Rasululloh (s.a.v.)ning "Gumon qiluvchi odam juda yomon insonning ulovidir". deganlarini eshitganman, yana shunday deb ta'-kidlaganlarini ham eshitganman: "Bir mo'minni la'natlash uni o'ldirmoq kabidir", deb xabar qildilar.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:02:34

327-bob. Bilmagan narsasini "Alloh biladi", demasin

785.  Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Sizlardan birortangiz bilmagan narsasi xususida "Buni Alloh biladi", demasin. Chunki Alloh.bundan boshqa narsalarni ham bilguvchi va u bandalarga bilmagan narsasini o'rgatuvchidir. Shuning uchun bunday deyishlik Alloh huzurida katta gunohdir".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:02:55

328-bob. Kamalak haqida

786. Ibn Abbos aytdilar: Somon yo'li osmon eshiklaridan biridir. Kamalak esa, Nuh (a.s.) qavmi g'arq bo'lgandan keyin insoniyatni g'arq bo'lishdan saqlab kelmoqda.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:05:08

329-bob. Somon yo'li galaktikasi haqida

787.  Abu Tufayldan rivoyat qilindi: "Ibn Kavvo hazrat Alidan somon yo'li haqida so'radi. "U osmonning chiqish teshigidir. Undan daryoday davomli oquvchi suv bilan osmon yuzi ochiladi", deb javob berdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:05:19

788.  Ibn Abbos aytdilar: "Kamalak yer yuzi aholisi uchun g'arq bo'lishdan omonlikdir. Somon yo'li esa, osmonning eshigidir Osmon o'sha somon yo'lidan yoriladi".

'Munajjimlikka oid ilmiy ishlar va entsiklopediyalarda yozilishicha, Somon yo'li Veronika sochlari turkumida bo'lib, osmonni deyarli katga aylana bo'ylab o'rab olgan yorug' yo'l. Islom aqidasiga ko'ra, ana shu aylana osmon qopqasi va u ajralib ketishi ham mumkin.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:05:32

330-bob. "Allohim, meni marhamating qarorgohiga qo'ygin", degan hadis haqida

789.  Abu Horis Kirmoniy aytdilar:"Bir kishi Abu Rajoga: "Senga salom bo'lsin, Allohdan marhamati qarorgohida ikkimizni birga qilishini so'rayman", deganini eshitdim. Abu Rajo unga: "Biror kishi bunga qodirmi? Allohning marhamat qarorgohi nima ekan?" - deb so'radi. Boyagi kishi: "Jannat", degandi, Abu Rajo: "Topolmading", dedi. "Nima bo'lmasa Allohning marhamati qarorgohi?" - deb so'radi u odam. "Olamlarning Parvardigoridir", deb javob berdi Abu Rajo".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:06:32

331-bob. Zamonni so'kmaslik haqida

790. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: Payg'ambar (s.a.v.): "Sizlardan birortangiz "E, bu zamondan ko'nglim qoldi", deb zamonni so'kmasin. Chunki Alloh zamondir.

Boshqa hadislarda "Zamon Allohnikidir", deyilgan. 791-hadis 790-hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:06:53

332-bob. Musulmon musulmonga tik qaramaydi

792.  Mujohid (r.a.) aytdilar: "Musulmon kishi birodariga yov qarash qilishi, uni ta'qib qilishi yoki: "Qaerdan kelding?" "Qaerga ketyapsan?" - deb so'roqqa tutishi makruhdir".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:07:06

333-bob. "Holinga voy bo'lsin", deyish haqida

793. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: Payg'ambarimiz (s.a.v.) bir kishi qurbonlik qilinadi gan tuyani haydab ketayotganyni ko'rib: "Unga min", deb buyurdilar. U odam: "Bu qurbonlik tuyasiku", dedi. Rasululloh (s.a.v.) yana: "Min unga", dedilar. U yana "Bu axir qurbonlikka olib ketilayotgan tuyaku", dedi. Ul zot yana: "Min bu tuyaga", deb buyurdilar. Kishi yana o'sha javobini bergan edi, "Holinga voy bo'lsin sening, min unga", deb buyurdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:07:12

794.  Ibn Abbosdan bir kishi: "Men non va go'sht yegandim. Tahoratimni yangilashim kerakmi?" - deb so'radi. Ibn Abbos: "Holingga voy bo'lsin sening, halol narsa yesa ham tahorat buzilarkanmi?" - dedilar.

Qayd etilgan