Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608714 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 ... 116 B


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:07:25

795. Jobir ibn Abdulloh aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) Ji'irrona mavzesida Hunayn g'azotida tushgan o'ljalarni taqsimlayotgan edilar. Oltinlar Bilol (r.a.)ning quchog'ida edi.Ul zot huzurlariga bir kishi kelib: "Siz adolat qilmayapsiz, adolat qiling!" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Holingga voy bo'lsin sening, men adolat qilmasam, kim qiladi?" - dedilar. Shunda hazrati Umar: "Ey, Allohning Rasuli, izn bering, bu munofiqning bo'ynini uzib tashlay!" - dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Bu va buning do'stlari Qur'onni o'qiydilar, lekin u bo'g'izlaridan nariga o'tmaydi, kamondan o'q qanday otilib chiqsa, ular ham dindan shunday chiqib ketadilar", deb marhamat qildilar.

"Zahm" kulfat, ozor ma'nosida, "bashir" esa, xushxabar keltiruvchndir.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:07:37

796.  Bashir ibn Ma'bad Sadusiydan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.) undan: "Isming nima?" - deb so'radilar. "Zahm", deb  javob qildi u. Ul zot: "Yo'q, sening isming Bashir bo'lsin", dedilar.
Bashir aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) bilan qabriston oralab ketayotgan edik. Ul zot mushriklarning Qabri yonidan o'dalar, 3 marta: "Bular ko'p xayrli ishlarni qo'ldan boy berdilar", derdilar. Musulmonlar qabri yonidan o'gayotganda esa: "Bular ko'plab ezguliklarga erishdilar", derdilar uch martadan. Tasodifan Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning qabristonda poyafzali bilan yurgan kishiga ko'zlari tushib qolib: "Ey, sabtiyali, sabtiyangni tashla", dedilar. U odam Payg'ambar (s.a.v.)ni ko'rgach, oyoq kiyimlarini yechibotib yubordi.

Sabtiya - oshlangan teridan tayyorlangan poyabzal.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:08:31

334-bob. Uy qurish haqida

797.  Muhammad ibn Hiloldan rivoyat qilindi. U kishi Payg'ambar (s.a.v.) ayollarining hujralari xurmo daraxti shoxlaridan qurilgan bo'lib, yung latta-lari bilan qoplanganini ko'rgan edilar. Ibn Hilol aytdilar: "Men Oyishadan uylari haqida so'radim. U: "Uyning eshigi kun botar tomonga qaratilgan edi", dedi. "Eshik bir tabaqalimidi yo qo'shtabaqalimidi?" - deb   so'radim. U: "Bir tabaqali eshik edi", dedi. "Eshik nimadan yasalgandi?" - deb so'radim yana. U: "Qora archadan yoki sajdan* edi", deb javob berdi.

*Janubiy mintaqalarda o'sadigan siyoh rang daraxt yog'ochi

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:10:05

798.  Abu Hurayra aytdilar: Rasululloh "Odamlar uylarini rasmlar bilan bezatmagunlarigacha qiyomat qoyim bo'lmaydi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:10:48

335-bob. "Otang haqi", deyish haqida

799.  Abu Hurayradan rivoyat qilindi: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) oldilariga kelib: "Ey, Allohnng Rasuli, eng ko'p ajru savobga ega bo'ladigan sadaqa qaysi?" - deb so'radi. Ul zot: "Otang haqi, buni senga bayon qilinadi. Sen sog' paytingda, kambag'al bo'lib qolishdan qo'rqib baxillik qilgan va boylikni orzu qilgan paytingda sadaqa qilishing kerak. Sadaqani kechiktirib, joning xalquminga kelganda "Falonchiga muncha, pistonchiga shuncha" deb qolmaginki, u pay-tda sen aytmasang ham (mol-dunyoing) "falonchilar"ga qoladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:11:36

336-bob. Kishi birovdan kichik narsa so'rashi va uni maqtamasligi kerak

800.  Abdulloh ibn Umar aytdilar: "Sizlar birovdan zarur bo'lib qolgan narsa so'rasa kichikroq, ahamiyatsizrog'ini so'rasin, zero unga taqdirida belgilangani nasib qiladi. Sizlardan hech kim do'stining oldiga borganda uni maqtamasinki, belini sindirib qo'yadi".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:11:45

801. Abu Izzat Yasor ibn Abdulloh Huzaliydan rivo-yat qilindi: Nabiy muhtaram (s.a.v.) aytdilar: "Agar Alloh taolo bir bandaning jonini biror yerda olishni xoxlasa, uni o'sha yerga keltirib qo'yadi yoki u banda uchun o'sha yerdan bir ehtiyoj chiqarib qo'yadi".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:12:45

337-bob. "Senga qasd qilgan past bo'lsin!" deyish haqida

802. Abu Abdulaziz aytdilar: "Abu Hurayra biznikida bir kecha qoldilar. To'g'rida ko'ringan yudduzga qarab: "Abu Hurayraning joni qudrat qo'lida bo'lgan Allohga qasamki, ba'zi qavmlar dunyoda ish boshi bo'lshpni va rahbarlik qilishni orzu qiladilar. Agar ular osmondan oyoklarini uzatib tushgan bo'lsalar ham, (boshqaruvga kelgandan so'ng mas'uliyat og'irligidan) koshki ish boshi bo'lmasaydik, koshki rahbar bo'lmasaydik", deb qoladilar". Abu Hurayra menga yaqin-lashib: "Senga qasd qilgan past bo'lsin, axir, sharq xalklari boshidan bu hodisalar o'tgan-ku! Men: "Allohga qasamki, shunday",-dedim. Abu Hurayra: "Alloh ularning yuzlarini qora qilsin va tuzoqlariga o'zlarini tushirsin. Abu Hurayraning hayoti qo'lida bo'lgan Allohga qasamki, ular odamlarga rahbarlik qilishda jahldan chehralari qatlangan qalqonday bujmayib, qizarib ketadi. Hatgo dehqon dalasiga, cho'pon podasyushng oldiga ketib qoladi".

Ya'ni shaharga kelib yashab qolgan qishloqlik odamlar ushbu rahbar odamlarning zulmidan qo'rqib, o'z maskanlariga qaytib ketadilar.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:13:27

338-bob. Kishi "Alloh va falonchi" demasligi haqida

803.. Ibn Jurayj (r.a.) aytdilar: "Mug'isdan eshitdimki, Ibn Umar undan xojasi kimligini so'rabdilar. U: "Alloh va falonchi", deb javob beribdi. Ibn Umar: "Unday demagin, Alloxdan keyin falonchi degin", debdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:13:54

339-bob "Alloh va sen xohlasang" demaslik haqida

804. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasu-lulloh (s.a.v.)ga: "Alloh va siz xohlasangiz", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Allohga meni barobar qilib qo'yding. Yagona Allohning o'zi xohlaydi", deb uning gapini tuzatib qo'ydilar".

Qayd etilgan