Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609479 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 116 B


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:53:21

43-bob. Qaytib kelgan qizni tarbiya qilgan kishining fazilati haqida

80. Rasululloh (s.a.v.) Suroqa Ju'shum (r.a.)dan: "Senga sadaqa-ehsonlarning eng kattasini aytib
beraymi?" - deb so’radilar. Suroqa: "Yo Rasululloh, aytib bering!" - dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Eridan  chiqib senikiga qaytib kelgan va sendan bo’lak qarovchisi bo’lmagan qizingga qiladigan xayru ehsoning  ehsonlarning eng kattasidir", dedilar.

81-hadis 80-hadisning takrori, faqat u Muso ibn Suroqa (r.a.)dan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:54:03

82.   Miqdom ibn Ma'di Karib (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi Rasululloh (s.a.v.)dan: "O’zing yeganing, bolalaringga, xotiningga va xizmatchilaringga yedirganlaring hammasi sening qilgan sadaqang, xayr-ehsoning hisoblanadi", degan so’zlarini eshitdilar.

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:54:58

44-bob. Qizining o’limini orzu qilishning makruhligi haqida

83.  Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: bir nechta qizi bo’lgan bir kishi Abdulloh (r.a.)
huzurlarida bo’lgan vaqtida ularining o’lishini orzu qildi. Shunda Abdulloh u kishiga qattiq g’azab bilan: "Qizlarning rizq-ro’zini sen o’zingning rizqingdan berasanmi?" - deb koyigan edilar.

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:55:20

45-bob. Bolalar ota-onaning baxil va qo’rqoq bo’lishlariga sababchidirlar

Ya'ni ota-ona "Bolalarimga bo’la qolsin", deb faqir va miskinlarga sadaqa bermay ziqnalik qiladi, Hatto tilanchining qo’lini qaytaradi va ularni tarbiya qilish bilan mashg’ul bo’lib, safarlarga chiqishdan (bu o’rinda Hijrat) qo’rqadi. Qaysi masalada bo’lsin, bolalari ko’z oldiga kelib, bir ish qilmoqqa jur'at qilolmaydi.

84.  Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Otam Abu Bakr Siddiq (r.a.) bir kuni "Men Alloh taolo nomi bilan qasamyod qilib aytamanki, yer yuzida Umar ibn Xattobdan ko’ra menga suyumliroq kishi yo’q", dedilar. Keyin eshikka chiqib keldilarda, menga qarab: "Qizim Oyisha! Men qanday qasamyod qildim?" - deb  so’radilar. Men qasam iboralarining aynan o’zini qaytarib aytganimda, otam: "Yo’q, suyumliroq emas, azizroq, deyish kerak", deb avvalgi so’zlariga o’zgartirish kiritdilarda,  "Bolalar yurakka yaqinroqdir", degan jumlani ham qo’shdilar".

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:57:17

85.Ibn Abi Na'im (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Abdulloh ibn Umar (r.a.) oldiga kelib, chibinning qoni to’g’risida savol qilayotganida men ham bor edim. Shunda Abdulloh ibn Umar unga qarab: "Sen qaerliksan?" - deb so’radilar. U kishi: "Men Iroq ahlidanman", degan edi, Abdulloh: "Bu kishini ko’ringlar! Ular (iroqliklar) o’zlari payg’ambari xudoning o’g’lilarini o’ldirib, endi menga kelib chibinning qoni haqida savol berayapti. Men nabiy muhtaram (s.a.v.)dan: "Bular ikkalasi bu dunyodagi  mening rayhonimdir", degan so’zlarini eshitgan edim", dedilar".

U kishi Makkai mukarramaga kirish uchun ehrom bog’lagan odam pashsha, chibinni o’ldirsa, bu gunohdan  qanday qilib qutiladi, deb so’ragan edi. Odam qoshshi, boz ustiga Rasulullohning "Bular mening bu dunyodagi rayhonlarimdir", deb aytganlari nabiralarini qatl etgan odamlarning vakili chibin qoni haqida so’rashi Abdulloh ibn Umar (r.a.)ga g’alat tuyulgan .

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:29:22

46-bob. Go’dakni yelkaga mindirish haqida

86. Barro ibn Ozib (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning imom Hasanni
elkalariga mindirib: "Ey, Rabbim! Men buni sevaman, sen ham uni sevgin!"- deb kelayotganlarini ko’rgan edim", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:29:59

47-bob. Solih farzand ko’z nuri ekanligi haqida

87.   Jubayr ibn Nufayr (r.a.) aytdilar: "Bir kuni biz Miqdom ibn Asvad (r.a.) yonlarida o’tirgan edik. Shu vaqtda bir kishi kelib, u janobga "Rasululloh (s.a.v.)ning muborak yuzlarini ko’rgan bu ikki ko’z qanday baxtli ko’zdir, bizlar ham koshki siz ko’rganlarni ko’rgan va bo’lgan yerlaringizda bo’lgan bo’lsak edi", dedi. U kishining bu gapidan Miqdomning achchiqlari chiqqandek bo’ldi. Men u zotning jahllari chiqqanidan hayron bo’ldim, chunki u kishining qilgan orzusi juda yaxshi bo’lib, undan xafa bo’lishga hech o’rin yo’q edi. Keyin Miqdom u kishiga qarab: "Alloh taolo nasib qilmagan va o’tib ketgan ishlarni orzu qilishga kishini nima majbur qiladi? U orzu qilayotgan ishlarga erishgan taqdirda holi  nima bo’lishini o’zi bilmaydi-ku! Men Alloh taolo nomi bilan qasamyod qilib aytamanki, Rasululloh (s.a.v.)ni ko’rgan ba'zi kishilarni Alloh taolo do’zaxiylardan qildi, chunki ular Rasululloh (s.a.v.)ga itoatsizlik qildilar va da'-vatlarini qabul qilmadilar. Alloh taolo sizlarni dunyoga keltirish bilanoq uni tanib, payg’ambari olib kelgan din va shariat qonunlarini tasdiq qildingiz, boshqa odamlar tortgan musibat va qiyinchiliklarni siz tortmadingiz. Mana shular uchun Allohga tashakkur
aytmaysizmi? Boshqa payg’ambarlarga nisbatan bizning payg’ambarimiz eng og’ir holda va
payg’ambarlik uzilib, johiliyat davri rivoj topgan va butlarga cho’qnishdan yaxshiroq din yo’q, deb e'tiqod qiladigan kishilar zamonida payg’ambar bo’ldilar. U zot haq bilan nohaqni ajratib beruvchi va ota bilan bolani ham bir-biridan ayirib ko’yuvchi qur'on-i karimni va Islom dinini olib keldilar. Alloh taolo dilining qulfini iymon bilan ochgan bir banda o’zining otasi yo bolasi yoxud aka-ukalarining kofir bo’lib, o’lgandan keyin do’zaxga borishini bilgani sababli, ularni chin ko’ngil bilan sevmadi. Mana shunday kishilar haqida Alloh taolo: "Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko’z quvonchini baxsh et!" (25:74) - deb so’raydigan kishilar-dir, - deb madh qildi, dedilar Miqdom ibn Asvad (r.a.)".

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:30:19

48-bob. O’z kishisini duo qilish haqida

88. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: "Bir kuni onam va xolam Ummu Hirom (r.a.) bilan Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bordik. Shunda Rasululloh (s.a.v.) keldilarda: "Sizlar bilan birgalikda bir namoz o’qib olsak", dedilar. Ammo bu vaqt namoz vaqti emas edi". Shu voqeani so’zlab turgan vaqtda Anas (r.a.)ga bir kishi: "Sen namoz o’qiyotganingda Rasululloh (s.a.v.)ning qaysi tomonlarida eding?" deb so’radi. Anas (r.a.): "Men Rasululloh (s.a.v.)ning o’ng tomonlarida bo’ldim.Rasululloh (s.a.v.) bilan namozni o’qib bo’lganimizdan keyin, "Bularning dunyo va oxiratini obod  qilgin!" - deb bizning xonadonimiz haqiga duo qildilar. Shundan keyin onam: "Yo Rasululloh, bu kichik xodimchangiz Anas haqiga yana bir duo qilsangiz", deb so’radilar. Rasululloh (s.a.v.) men uchun hamma yaxshiliklarni Allohdan so’rab va oxirida: "Ey, Alloh! Anasning moli va farzandlarini ko’paytir va uni barakatlik qil!" - deb duo qildilar".

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:30:37

49-bob. Ona mehr-shafqatlidir

89.  Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Hz. Oyisha (r.a.)ga bir xotin (tilanchi) keldi. Hz. Oyisha (r.a.) unga uchta xurmo bergan edilar, u yonida olib kelgan ikki bolasiga undan bittadan berdida, bittasini o’zi uchun olib qoldi. Bolalar xurmolarini yeb bo’lib, yana onalariga qarashdi. Ona qo’lida ushlab turgan  xurmosini ikkiga bo’ldida, yarimtadan bolalariga uzatdi. Rasululloh (s.a.v.) kelganlarida Hz. Oyisha (r.a.) bu voqeani u janobga hikoya qilib bergan edilar, "Sen nega bundan ajablanasan? Ikki bolasiga  marhamat, mehr-shafqat qilgani uchun Alloh taolo ham unga marhamat qiladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:30:50

50-bob. Yosh bolalarni o’pish haqida

90.  Hz.   Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir a'robiy kelib: "Sizlar yosh
bolalaringizni o’pasizmi? Bizlarda bunday odat yo’q", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo sening ko’nglingdan rahmatini tortib olgan bo’lsa, uni men qanday qilib sening ko’nglingga joylay olaman", dedilar".

Qayd etilgan