826. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Baqiy qabristonining yonidan to'g'riga ketayotgan edilar, men ham orqalaridan borardim. "Ey, Abu Zarr!" - dedilar menga yuzlarini o'girib. "Labbay, ey Rasulalloh, amringizga muntazirman", dedim. "Mollarini faqat boylik uchun ko'paytirganlar qiyomat kuni ajr ololmaydilar, mollarini ko'paytirib, haq yo'lda sarf qilganlar bundan mustasnodir", dedi-lar. Men: "Alloh va uning rasuli buni yaxshi biladi", dedim.
Rasululloh (s.a.v.) bu so'zlarini uch karra takror qildilar. So'ngra oldimizda Uhud tog'i ko'rindi. "Ey, Abu Zarr!" - dedilar Rasululloh (s.a.v.). "Jonim sizga fido bo'lsin. ey, Rasulalloh, buyuring!" - dedim. "Uhud tog'ining Muhammad oilasi uchun oltinga aylanishi yoki dinor - pul bo'lib qolishi meni baxtiyor qilmaydi", dedilar. So'ngra bir vodiyga chiqqach, panaroq joyga burildilar. Men bir hojatlari bo'lsa kerak, deb bir chetga borib o'tirdim. Rasululloh (s.a.v.) bir muddat o'tgach, og'ir-og'ir qadamlar bosib men tarafga kela boshladilar. Ul zotning bunday qadam tashlashlaridan ajablandim. Ajabki, bir odam bilan gaplashganday bir narsalar deb gapirib kelardilar. Nihoyat boshlarini tik qilib to'g'ri oldimga keldilar. Men: "Ey, Rasulalloh, kim bilandir pichirlashib gaplashdingiz shekilli?" - deb so'radim. "Buni sezdingmi?" - deb so'radilar Rasululloh (s.a.v.). "Ha", dedim. "Ul zot Jabroil (a.s.) edilar, - deb javob berdilar Rasululloh (s.a.v.). - Ummatlarimdan Allohga shirk keltirmagan mo'min jannatga tushadi, degan xabarni yetkazib kelibdilar". "Zino qilsa ham, o'g'irlik qilsa hammi?" - deb so'radim. "Ha", dedilar Rasululloh (s.a.v.).
Bu hadisdan zino va o'g'rilik kabi katta gunohlarni sodtsr ish mum-kin ekan, degan ma'no chiqmaydi. Balki ul zot (s.a.v) bu hadisi shariflari orqali Allohga shirk keltiryup eig og'ir gunoh ekani, undan o'zga har qanday gunohni qilgan banda qayta qilmaslik sharti bilan tavba qilsa, Alloh kechirishi mumkinligini bildirmoqdalar. Umu-man, G'azzoliy kabi ulamolarning fikrlaricha, xoh kichik, xoh katta gunohlar uchun istig'vor aytish va qayta shu gunohni qilmaslikka qasd qilinsapsha uning kechirilshptsdan umid kdlish mumkin.